Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana13.04.2020
Hajmi0,62 Mb.
#44266
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma


37. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Korrupsiyaga 

qarshi 

kurashish to‘g‘risida”gi qonunnining mazmun-mohiyati haqida: 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish 

to‘g‘risida”gi qonuni  

Qonunchilik  palatasi  tomonidan  2016  yilning  24  noyabrida  qabul 

qilingan; 

Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma'qullangan;  

2017 yilning 3 yanvar kuni Prezident tomnidan imzolandi;  

2017 yilning 4 yanvar kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga k irdi.  

Ushbu 

Qonunning 



maqsadi 

korrupsiyaga 

qarshi 

kurashish 



sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  

Qonun  6  ta  bob,  34  ta  moddadan  iborat  bo‘lib,  qonunda  “korrupsiya”, 

“korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik”,  “manfaatlar  to‘qnashuvi”  kabi  asosiy 

tushunchalarga 

izoh 

berilgan. 



Shuningdek, 

korrupsiyaga 

qarshi 

kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan.  



Korrupsiya-  shaxsning  o‘z  mansab  yoki  xizmat  mavqyeidan 

shaxsiy  manfaatlarini  yohud  o‘zga  shaxslarning  manfaatlarini  ko‘zlab 

moddiy  yoki  nomoddiy  naf  olish  maqsadida  qonunga  hilof  ravishda 

foydalanishi,  huddi  shuningdek  bunday  nafni  qonunga  hilof  ravishda 

taqdim etish; 

Korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik -  korrupsiya  alomatlariga  ega 

bo‘lgan,  sodir  etilganligi  uchun  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

qilmish; 

Manfaatlar  to‘qnashuvi-  shaxsiy  (bevosita  yoki  bilvosita) 

manfaatdorlik  shaxsning  mansab  yoki  xizmat  majburiyatlari  lozim 

darajada  bajarishga  ta'sir  ko‘rsatayotgan  yoxud  ta'sir  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lgan 


hamda 

shaxsiy 


manfaatdorlik 

bilan 


fuqarolarning, 

tashkilotlarning,  jamiyatning  yoki  davlatning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlari  o‘rtasida  qarama-qarshilik  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan 

vaziyat. 

Korrupsiyaga 

qarshi 


kurashishning 

asosiy 


prinsiplari 

quyidagilardan iborat: 



 

25 


 

  qonuniylik; 

  fuqarolar  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarining 

ustuvorligi; 

  ochiqlik va shaffoflik; 

  tizimlilik; 

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;  

  korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 

  javobgarlikning muqarrarligi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy 

yo‘nalishlari:  

 

aholining  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish, 



jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;  

 

davlat  va  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  korrupsiyaning 



oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;  

korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarni  o‘z  vaqtida  aniqlash,  ularga  chek 

qo‘yish,  ularning  oqibatlarini,  ularga  imkon  beruvchi  sabablar  va  shart -

sharoitlarni  bartaraf  etish,  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarni   sodir 

etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.  

 

38.  2017-2021  yillarda  O‘zbekistonni  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

Harakat strategiyasi.  

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga  bag‘ishlangan 

tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt 

taraqqiyoti va xalq farovonliginining garovi” nomli ma'ruzasida parlament nazorati 

va  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirish  yuzasidan  taklif  va  mulohazalar  ilgari 

surilgan  

Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va  jamiyat 

rivojini  yangi  bosqichga  ko‘tarish,  hayotning  barcha  sohalarini  liberallashtirish, 

mamlakatimizni modernizatsiya qilish  bo‘yicha eng muhim ustuvor  yo‘nalishlarni 

amalga  oshirish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 

bo‘yicha 

Harakatlar 

strategiyasi 

to‘g‘risida 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining  7  fevral  2017  yildagi  PF-4947-sonli  Farmoni  bilan  tasdiqlandi 

hamda kuchga kirish sanasi 8 fevral 2017 yil deb belgilab qo‘yildi. 

2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, qo‘yidagicha: 

 

demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatimizni  modernizatsiya 



qilishda  parlamentning  rolini  yanada  kuchaytirish,  davlat  boshqaruvi  va  davlat 

xizmatining  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  rivojlantirish,  davlatning  iqtisodiyotni 

tartibga  solish  borasidagi  funksiyalarini  qisqartirish,  “yagona  oyna”  tamoyili 

bo‘yicha  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish  tizimini  keng  joriy  etish,  jamoatchilik 

nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish  va  fuqarolik  jamiyati  institutlari 

hamda  ommaviy  axborot  vositalari  rolini  kuchaytirish  yo‘lida  davlat  va  jamiyat 

qurilishini takomillashtirish; 


 

26 


 

 

sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini,  fuqarolarning  huquqva 



erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  ta'minlash,  yurtdoshlarimiz 

tomonidan  odil  sudlovga  erishish  darajasini  oshirish,  jinoyatchilikka  qarshi 

kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  tizimini  takomillashtirish,  sud 

jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar 

sifatini  tubdan  yaxshilash  uchun  qonun  ustuvorligini  ta'minlash  va  sud-huquq 

tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish; 

 

iqtisodiyotning 



ochiqligi 

va 


raqobatdoshligini 

oshirish, 

iqtisodiy 

mustaqillikni  kuchaytirish,  makroiqtisodiy  barqarorlikni  mustahkamlash va 

iqtisodiy  o‘sish  sur'atlarini  saqlab  qolish,  yetakchi  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini 

modernizatsiya  va  faol  diversifikatsiya  qilish,  moliya-bank  sohasini  tubdan  isloh 

etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy 

aloqalarni  yanada  kengaytirish,  xorijiy  investitsiyalarni  faol  jalb  etish,  turizm 

tarmog‘ini  samarali  rivojlantirish,  qishloq  xo‘jaligida  tarkibiy  o‘zgartirishlarni 

amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 

 

ish  haqi,  pensiya  va  nafaqalar  miqdorini  bosqichma-bosqich  oshirish,  aholi 



bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon 

uy-joylar  bilan  ta'minlash,  uy-joy  va  kommunal  xo‘jaligini,  sotsial  infratuzilma 

ob'ektlarini  modernizatsiya  qilish,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘liqni 

saqlash,  ilm-fan,  ta'lim-tarbiya  tizimini,  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini 

takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish; 

 

davlatning  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  mintaqamizda 



xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini  vujudga  keltirish,  jahon 

hamjamiyatida  mamlakatimizning  ijobiy  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash  yo‘lida 

xavfsizlik,  diniy  bag‘rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  yanada  kuchaytirish 

hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishdur. 



 

Davlat va huquq asoslaridan testlar 

1. “Konstitutsiya” so’zining lug`aviy ma’nosi nima? 

A) “Nizom”, “Qoidalar”  

B) “Belgilash”, “Qonun” 

C) “Qonunlar toplami” 

D) “O’rnatish”, “Nizom” 

2. Suverenitet – bu ... 

A) Davlatning ichki hayoti va tashqi munosabatlarga mustaqilligi 

B) Davlat boshqaruvining o’ziga xosligi 

C) Dunyo mamlakatlari bilan teng hamkorlikka ega bo’lish 

D) Davlatning boshqa davlatlar bilan tengligi 

3. “Xalq hokimyatchiligi” – bu … 

A) Grekcha so’z bolib, “Demokratiya” so’zining tarjimasi 

B) Lotincha so’z bolib, “Hokimyat xalqnikidir” degan ma’noni bildiradi 

C) Ruscha so’z bo’lib, “Gosudarstvo” so’zining tarjimasi 

D) Fransuzcha “Demoye” so’zidan olingan 

4. 1991-yil 31 avgustdan 1992-yil 8 dekabrgacha asosiy qonun vazifasini qaysi 

hujjat bajargan? 

A) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun 

B) Davlat suvereniteti to’g’risidagi qonun 


 

27 


 

C) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Prezident farmoni 

D) O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi 

5. Quyida Konstitutsiyaviy prinsiplardan barini ko’rsating? 

A) Qonun oldida barcha fuqarolarning mutloq tengligi 

B) Oliy Majlis deputatlarining dahlsizlik huquqi 

C) Oliy Majlisning ikki palatali qilib tashkil etilishi 

D) Jamiyatga ko’ppartiyaviylik 

6. Xalqaro huquq – bu … 

A) Xalqaro muloqot ishtirokchilari munosabatlarini tartibga solib turuvchi yuridik 

qoidalar majmui 

B) Mamlakatlar o’rtasida hamkorlik, tenglik garovi 

C) Xalqaro miqiyosda chiqarilayotgan qonunlarning har bir davlatga ustunligi 

D) Dunyo muvozanatini belgilovchi demokratik mezon 



7. 1993-yil 9 aprelda ... 

A) Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 

B) “Ommaviy axborot vositalari tog’risida”gi qonun qabul qilingan 

C) Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risidagi Prezident 

farmoni e’lon qilingan  

D) Navro’z umumxalq bayramini nishonlash to’g’risidagi Prezident farmoni e’lon 

qilingan 

8. Aqli raso jismoniy shaxslar necha yoshdan boshlab har qanday jinoyatlari 

uchun javob beradilar? 

A) 16 yoahdan 

B) 14 yoshdan 

C) 15 yoshdan 

D) 17 yoshdan 

9.  “O’zbekiston  SSR  Prezidenti  lavozimini  joriy  etish  to’g’risida”gi  qonun 

qachon qabul qilingan? 

A) 1990 yil 24 mart 

B) 1990 yil 20 iyun 

C) 1991 yil 31 avgust 

D) 1991 yil 29dekabr 

10.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan 

qabul qilingan qonun necha kun ichida Senatga yuboriladi? 

A) 10 kun ichida 

B) 14 kun ichida 

C) 21 kun ichida 

D) 30 kun ichida 

11. Normativ huquqiy akt – bu ... 

A) Umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga olgan yuridik huquqiy hujjat 

B) Hozirgi kunda eng muhim bo’lgan huquq sohasi 

C) Eng muhim huquqiy hujjatlar majmui 

D) Vazirlar Mahkamasi ko’rsatmalari 

12.  Siyosiy partiyalar to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan? 

A) 1996 yil 26 dekabrda 

B) 1995 yil 14 aprelda 

C) 1994 yil 5 mayda 

D) 1994 yil 26 dekabrda 

13. Nima maqsadda referendum o’tkaziladi? 

A) Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur 

B) Tayyorlanayotgan qonun loyihasini xalq tomonidan tasdiqlatish uchun 

C) Amalga oshirish lozim bo`lgan masala bilan xalqni tanishtirish uchun 



 

28 


 

D) Davlat siyosiy hayotida xalqning faol ishtirok etishi uchun 



14.  Burxoniddin  al-Marg’iloniy  qalamiga  mansub  asarni  va  asarning  yozib 

tugatgan sanasini ko’rsating: 

A) “Hidoya” asari, milodiy 1178 yilda yozilgan  

B) “Kitob al-Fikh” asari, milodiy 1130 yilda yozilgan 

C) “Qonun” deb nomlangan asar, milodiy 1025 yilda yozilgan 

D) “Al-Hidoya” asari, milodiy 980 yilda yozilgan 

15. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari qachondan boshlab kuchga kiradi? 

A) Matbuotda e’lon qilingan kundan 

B) Qaror qabul qilingan kundan 

C) Konstitutsiyaviy sud raisi tasdiqlagandan so’ng 

D) Prezident tasdiqlagan kundan 

16. O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi … 

A) Majoritor  

B) Proportsional 

C) Aralash 

D) Mutanosib 

17.  16  yoshga  to’lgan  voyaga  yetmaganlarga  “Qamoq”  jazosi  qancha 

muddatga qo’llanadi? 

A) 1 oydan 3 oygacha 

B) 1 oydan 6 oygacha 

C) 1 oydan 1 yilgacha 

D) faqat 1 oygacha 

18. Bevosita demokratiya – bu … 

A) Xalqning davlat ishlarini hal qilishda to’g’ridan-to’g’ri o’zi ishtirok etishi 

B) Xalqning o’z suveren huquqlarini saylab qo’yilgan ishonchli vakillari orqali 

amalga oshirishi 

C) Sitosiy huquqlarga egalik qilish huquqi 

D) Demokratik erkinliklardan to’la foydalanish huquqi 



19. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan birini ko’rsating: 

A) Davlat suvirenitetini o’zaro e’tirof etish va hurmat qilish 

B) Qonuniylik 

C) Tenglik 

D) Teng asoslarda iqtisodiy aloqa 

20.  O’zbekison  Respublikasi  Konstitutsiyasida  belgilab  qo’yilgan  shaxsiy 

huquqlardan birini ko’rsating: 

A) Vijdon va diniy etiqod erkinligi 

B) Yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi 

C) Dam olish huquqi 

D) Bilim olish huquqi 

21. Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat? 

A) Fuqarolik pasporti yoki  tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma 

B) Davlat tomonidan berilgan mahsus ruhsatnoma 

C) Notarius tasdig’i 

D) FXDYO tomonidan berilgan istalgan hujjat 

22.  O’zbekiston  fuqarolarning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida 

belgilab berilgan siyosiy huquqlaridan birini ko’rsating? 

A) Davlat organlariga arizalar va shikoyatlar bilan murojat qilish huquqi 



 

29 


 

B) Shaxsning qadr-qimmati himoyasi 

C) Shaxsning ta’lim olishi, erkin axborot izlashi 

D) Shaxsning shartnomalar tuzish huquqi 



23. Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor 

bekor qiluvchi hodisa va harakatlar... 

A) Yuridik faktlar deb yuritiladi 

B) Huquqiy normalat deb yuritiladi 

C) Yuridik munosabatlar deyiladi 

D) Huquqiy harakatlar deyiladi 

24. Davlat organi nima? 

A) Davlatning ichki va tashqi funksiyalarini amalga oshiruvchi tuzilma 

B) Hokimiyatning bolishi prinsipi 

C) Mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlovchi tashkilot 

D) Siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni tartib doirasida tutuvchi organ 

25.  Mehanat  qonuniga  ko’ra  necha  yoshdan  ishga  qabul  qilishga  yo’l 

qo’yiladi? 

A) 16 yoshdan 

B) 15 yoshdan 

C) 17 yoshdan 

D) 18 yoshdan 

26. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilinsa qanday jazo beriladi? 

A) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima yoki 3 yildacha 

ahloq tuzatish ishlari yoki 3 oygacha qamoq jazosi 

B) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima, 3 yildacha ahloq 

tuzatish ishlari, 1 yilgacha qamoq jazosi 

C) 1 oydan 6 oygacha ahloq tuzatiah ishlari 

D) Buning uchun jazo belgilanmagan 

27. Huquqiy layoqat – bu … 

A) Fuqarolarga huquq va burchlarga bo’lish layoqati 

B) Davlat ishlarida ishtirok etish layoqati 

C) Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda to’liq qatnasha olish huquqi   

D) Referendum va saylov jarayonlarida ishtirok eta olish huquqi 

28. Huquqiy me’yorlar deb nimaga aytiladi? 

A) Davlat tomonidan o’rnatilgan, qo’riqlanadigan hatti – harakat qoidalari 

B) Gipoteza, dispozitsiya, sanksiya 

C) Urf – odatlardan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar 

D) Hatti - harakatlarning hamma uchun majburiy elementlari 

29.  15  yoshli  bolaning  ota  –  onasi  fuqaroligini  o’zgartirishsa  bolaning 

fuqaroligi qanday o’zgaradi? 

A) Bolaning roziligi bilan 

B) Ota – onasi roziligi bilan 

C) Xalqaro shartnomalar asosida 

D) Bola voyaga yetgan o’zining roziligi asosida 

30. Quyidagilardan qaysi biri qonunchilik tashabbusi huquqiag ega? 

A) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi 

B) Xalq deputatlari, viloyat kengashlari 


 

30 


 

C) Shahar, tuman prokurorlari 

D) Vazirlar Mahkamasi 

31.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XX  bobi  nimaga 

bag’ishlangan? 

A) Vazirlar Mahkamasiga 

B) O’zbekiston Respublikasi Prokaraturasiga 

C) Mahalliy davlat hokimiyati asoslariga 

D) Saylov tizimiga 

32. Vakolatli tigashi bilan istefoga chiqqan prizizent... 

A) Umrbod senat a’zosi bo’lib qoladi 

B) Umrbod Konstitutsion sud a’zosi bolob qoladi 

C) Umrbod Qonunchilik palatasi a’zosi bo’lib qoladi 

D) Umrbod davlat maslahatchisi bo’lib qoladi 

33.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatning  qarorlarini  kim 

imzolaydi? 

A) Senat raiaisi 

B) Prezident 

C) Spiker 

D) Bosh vazir 

34.  2002  til  27  yanvarda  o’tkazilgan  referendum  yakunlariga  ko’ra 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bo’limiga o’zgartirish va 

qo’shimchalar kiritilgan? 

A) V – bo’limiga 

B) II – bo’limiga 

C) III – bo’limiga 

D) IV – bo’limiga 

35. Fuqaroligi bo’lmagan shaxsning O’zbekiston hududida tug’ilgan bolasi ... 

A) O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi 

B) Bolaning fuqaroligini masalasini ota-onasi hal qiladi 

C) Fuqarolik bo’yicha xalqaro shartnoma asosida hal qilinadi 

D) Bola 17 yoshga to’lganida o’zi hal qiladi 

36. 

Konstitutsiyaviy 

qonun 

qabul 

qilinayotganda 

deputatlar 

va 

senaatorlarning qanchasi ishtirok etishi shart? 

A) Deputatlar va senatorlarning uchdan ikki qismi 

B) Deputatlar va senatorlaning yarmidan ko’pi 

C) Deputatlar va senatorlarning yarmi 

D) Barcha deputatlar 

37.  Qonunchilik  palatasiga  deputatlikka  saylanish  uchun  O’zbekistonda 

necha yil muqim yashash kerak? 

A) 5 yil 

B) 3 yil  

C) 7 yil 

D) 10 yil 

38.  Voyaga  yetmagan  o’spirin  sodir  etgan  jinoyati  uchun  necha  yilgacha 

ozodlikdan mahrum etiladi? 

A) 6 oydan 10 yilgacha 

B) 1 yildan 8 yilgacha 

C) 1 yildan 10 yilgacha 

D) 3 yildan 12 yilgacha 

39.  O’zbekiston  Respublikasi  ning  “Istemolchilar  huquqlarini  himoya  qilish 

to’g’risida” gi Qonun qachon qabul qilingan? 

A) 1996 yil 26 aprelda 

B) 1992 yil 2 sentyabrda 


 

31 


 

C) 1994 yil 5 mayda 

D) 2001 yil 4 aprelda 

40. 14 yoshli, voyaga yetmaganlar haftasiga necha soat ishlashlari mumkin? 

A) 12soat 

B) 24 soat 

C) 30 soat 

D) 36 soat 

41.  Maktab  hovlisidagi  hazonlarning  yoqib  yuborilishi  O’zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasiga hilof? 

A) 50 moddasiga 

B) 49 moddasiga 

C) 51 moddasiga 

D) 52 moddasiga 

42. Dastlabki tergov materiallari kimning ruxsati bilan e’lon qilinadi? 

A) Tergov va prokaratura organlarining ruxsati bilan 

B) Sudning qarori bilan 

C) Oliy sudning qarori bilan 

D) Ichki ishlar vazirligining ruxsati bilan 

43.Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazilganda qanday ma’muriy 

jazo qo’llaniladi? 

A) Eng kam ish haqqining 1 baravaridan 2 baravarigacha jarima 

B) Eng kam ish haqqining 3 baravaridan 5 baravarigacha 

C) Eng kam ish haqqining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima 

D) 3 oygacha qamoq 

44. Quyidagi davlatlardan qaysi biri unitar tuzilish shakliga ega? 

A) Fransiya, Finlyandiya, Portugaliya 

B) Kanada, Braziliya, Misr 

C) Yaponiya, Argentina, Rossiya 

D) Belgiya, Shvetsariya, Pokiston 

45. Fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organlari faoliyati kimning qarori 

bilan to’xtatilishi mumkin? 

A) Fuqarolar yig’ini qarori bilan 

B) Sud qarori bilan 

C) Tuman kengash qarori bilan 

D) Shahar kengash qarori bilan 

46. Quyidagi davlatlardan qaysi birining Konstitutsiyasiga qabul qilingandan 

buyon qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilmagan? 

A) Yaponiya, Daniya  

B) AQSH, Fransiya 

C) Xitoy, Germaniya 

D) Hindiston,  Indoneziya  

47. Fuqarolarga solinadigan jarimalarning eng kam miqdori qancha? 

A) Eng kam ish haqqining ellikdan bir qismi 

B) Eng kam ish haqqining yuzdan bir qismi 

C) Eng kam ish haqqining yarimigacha 

D) Eng kam ish haqqining besh baravarigacha 

48. Haqorat qilganlik uchun qanday ma’muriy jazo qo’llanilishi mumkin? 

A) Eng kam ish haqqining bir barobaridan ikki barobarigacha miqdorda jarima 

solinadi 

B) Eng kam ish haqqining ikki barobaridan uch barobarigacha miqdorda jarima 

solinadi 


 

32 


 

C) Eng kam ish haqqining besh barobaridan o’n barobarigacha miqdorda jarima 

solinadi 

D) 3 sutkadan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo`llaniladi 



49.  Qutida  O’zbekiston  Respublikasi  fuqaroligi  to’g’risidagi  ishlarni 

ko`rituvchi davlat organlaridan birini ko’rsating: 

A) Ichki ishlar Vazirligi 

B) Vazirlar Mahkamasi 

C) Oliy Majlis 

D) Inson huquqlari bo’yicha vakil 

50. Fuqarolar masalalari bo’yicha qarorlar ijrosi ustidan nazoratni kim olib 

boradi? 

A) Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiya 

B) Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi maxsus komissiya 

C) Bosh Prokuror va unga bo’y sunuvchi organlar 

D) Adliya Vazirligi 

51.  “Ozbekiston  Respublikasining  fuqarolik  to’g’risida”gi  Qonun  qachon 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish