Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.04.2020
Hajmi0,62 Mb.
#44266
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma


 

 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA 

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 

“Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

S.B. Shermuxamedova 

 

Davlat va huquq asoslari o`qituvchilari 

uchun metodik tavsiyanoma  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT - 2016 


 

 



 

 

 

 

 

 

Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil 

30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.   

 

 



 

Tuzuvchi: S.B. Shermuxamedova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar  

kafedrasining katta o`qituvchisi 

  

 

Taqrizchilar: 



S.X. Akkulova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta 

o`qituvchisi    

 

M.Yu. Ahmedova – Sergeli tumanidagi 303- maktab o`qituvchisi 



   

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



...Xalqimizning huquqiy madaniyatini  

yuksaltirish davlat siyosati darajasiga  

ko‘tarilishi lozim... zero mustaqillik  

so‘zining zamirida ham katta, ulug‘ hu- 

quqga ega bo‘lish degan tushuncha yotadi. 

 I.Karimov. 

 

 

Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston o‘z oldiga huquqiy 

–  demokratik  davlat  qurish  vazifasini  maqsad  qilib  qo‘ydi.  Bizga  ma'lumki, 

demokratik  davlatning  asosiy  tamoyillaridan  biri,  inson  va  uning  sha'ni,  qadr  – 

qimmatining oliy qadriyat sifatida e'tirof etilishidir. Mustaqil davlatimiz bu tamoyilga 

amal  qilgan  holda  inson  manfaatlari  yo‘lida  bir  qancha  ishlarni  amalga  oshirdi. 

O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan bugungi yoshlarga bog‘liq. Yosh avlodnining 

har  tomonlama  yetuk:  erkin  fikrlovchi,  o‘z  nuqtai  –  nazariga  ega,  jamiyat  hayotida 

faol  ishtirok  etuvchi,  insonlar  dardi  bilan  yashovchi,  o‘z  xalqining  jonkuyar  vakili 

sifatida  katta  hayotga  yo‘nalishida  albatta  ta'lim  tizimining  o‘rni  katta.  Bugungi 

kunda  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  yuqoridagi  talablarga  javob  bera  oladigan 

bo‘lishi uchun ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda 

 

Yosh 

avlodning 

huquqiy 

savodxonligini 

oshirish 

uchun 

nafaqat 

o‘qituvchilarning,  balki  keng  jamoatchilik  a'zolarining  ham  huquqiy  savodxonligini 

oshirish, huquqiy tarbiya ishlariga oila – mahalla – ta’lim muassasalari tizimini keng 

jalb etish zarur. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  1997  yil  29  avgustda  qabul 

qilingan  “Jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish”  Milliy  Dasturida  aholining 

huquqiy  savodxonlik  darajasini  oshirish,  barcha  fuqarolarning  huquqiy  ongli  va 

huquqiy  madaniyatli  bo‘lishlariga  erishish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Buning  uchun 

hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

 

2008  yil  1may  kuni  “Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qabul 

qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Prezident 

Farmonida “Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini 

tanlagan  O‘zbekiston  inson  huquqlari  va  manfaatlarini  jamiyatni  rivojlantirish  va 

davlat  qurilishining,  butun  ichki  va  tashqi  siyosatning  eng  ustuvor  yo‘nalishi  etib 

belgilandi”,- deyiladi.  

 

Ushbu  metodik  tavsiyanoma  umumta'lim  maktablarining  huquqshunos 

o‘qituvchilariga  hamda  huquqiy  savodxonligini  oshirish,  huquqiy  tushunchalarni 

o‘rganishni  maqsad  qilib  qo‘ygan  keng  o‘quvchilar  ommasiga  mo‘ljallangan. 

Tavsiyanomada  davlat  va  uning  tuzilishi  haqidagi  ma'lumotlar,  huquqga  oid 

tushunchalar,  shuningdek,  hayotda  tez-tez  uchrab  turadigan  yuridik  atamalar  va 

tushunchalar,  diyorimizda  qabul  qilingan  ayrim  qonunlar  savol-javob  tariqasida 

tuzildi  va  unda  berilgan  testlar  huquqiy  savodxonlikni  oshirishga  hamda,  huquqiy 

bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi degan umiddaman. 

 

Ushbu  tavsiyanoma  ona  diyorimiz  erkin  fuqarolarining  jamiyat  hayotida  teng 

huquqliligi,  barchaning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilish  hamda  qonun  oldida 

barcha  fuqarolarning  tengligini  ta'minlashga  erishish  yo‘lida,  har  bir  insonning 

huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi degan maqsadida tayyorlandi. 

Muallif. 

 

 



 

1. Jamiyat nima?  

 

Jamiyat  arabcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  “uyushgan,  birlashgan”  degan 

ma'nolarni bildiradi. 



 

Jamiyat – tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy 

munosabatlar mahsuli. 

 

Jamiyat – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning mahsuli bo‘lib, hayotning 

ma'lum  bir  tashkiliyligi,  mohiyati  jihatidan  kishilar  va  ularning  guruhlari 

o‘rtasidagi  turli  xil  (iqtisodiy,  oilaviy,  ma'naviy,  sinfiy,  diniy  va  boshqa) 

munosabatlar va aloqalar yig‘indisidir. 



 

Jamiyat  muayyan  ehtiyoj  va  manfaatlarga  ko‘ra  birlashgan  kishilarning 

ma'lum  tarzda  tashkil  topgan  majmuasidir.  Jamiyat  birlashishga  moyil  bo‘lgan 

birliklar,  ya'ni  guruhlar,  sinflar,  qatlamlardan  iborat.  Ammo  ayrim  hollarda, 

odatda,  iqtisodiy,  siyosiy,  milliy,  diniy  manfaatlar  asosida,  “ajrashish 

kayfiyatlariga”  mubtalo  bo‘ladi.  Davlat  jamiyatning  eng  muhim  tarkibiy 

elementidir.  U  jamiyatda  asosan  siyosiy  funksiyalarni  bajaradi.  Jamiyat  bilan 

davlat aslo bir narsa emas. “Jamiyat” tushunchasi “davlat” tushunchasidan kengdir. 

 

 



2. Fuqarolik jamiyati nima? 

 

Fuqarolik  jamiyati  –  komil  fuqarolardan,  ya'ni  uzviy  bog‘liqlikda  hamda 

ahloqiy  madaniyatga  tayanadigan  huquqiy  va  siyosiy  madaniyatga  ega  bo‘lgan 

odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki 

uning  a'zolari  bo‘lmish  fuqarolarning  o‘zlari  orqali  saqlab  turiladigan  va  qat'iy 

tartib  qaror  topgan  jamiyatdir.  Bunday  jamiyat  o‘zini  –  o‘zi  yuksak  darajada 

tashkil  etishi  bilan  ajralib  turadi.  Fuqarolik  jamiyatiga  davlatning  kuchli  ta'siri 

talab etilmaydi.  

 

Fuqarolik  jamiyatida  davlat  tashkilotlaridan  ko‘ra  jamoat  tashkilotlarining 



faolligi  balandroq  turadi.  Majburlov  apparatiga  kiruvchi  tuzilmalar,  shuningdek, 

vazirliklar,  mahalliy  hokimiyat  idoralari  davlat  tashkilotlari  tizimiga  kiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  o‘zining 

“Bunyodkorlik  yo‘lidan”  asarida:  “…bizning  asosiy  maqsadimiz  –  bir  kishi  yoki 

jamoat  tashkilotlarining  fikri  davlat  tuzilmalarining  fikridan  ustunroq  bo‘ladigan 

fuqarolar jamiyati qurishdan iborat”, - degan edi.  

 

Fuqarolik  jamiyati  o‘zini  -  o‘zi  boshqaradi  va  huquqiy  davlat  siyosatiga, 



undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta'sir o‘tkaza oladi.   

 

Fuqarolik 



jamiyati 

ancha 


yuksak 

darajadagi 

ijtimoiy 

rivojlanish 

ko‘rsatkichidir. 

 

Fuqarolik jamiyati o‘z xususiyati, tabiati va asosiy sifatlari, xususan, erkinlik 



va 

adolatlilikka 

erishish, 

demokratiya 

va 

insoniy 


munosabatlarning 

mustahkamlanishiga  yo‘nalganligi  bilan  huquqiy  davlat  prinsiplarining 

tasdiqlanishiga  yordam  beradi,  unga  moyil  bo‘ladi.  Buni  quyidagi  uchta  omilda 

ko‘rsatish mumkin: 



 

birinchidan,  jamoat  fikrida  huquqning  mavqyei,  nufuzi,  yuridik  institutlar, 

prinsip va normalari mustahkamlanadi va tarbiyalanadi; 



 

 



 

ikkinchidan,  shunday  muhit  yuzaga  keladiki,  unda  huquqiy  talablarni 

nazarga  ilmaslik  va  buzish  g‘ayritabiiy  holat  sifatida  baholanadi,  u  umum  e'tirof 

etgan jamoat tartibiga mos kelmaydi; 

 

uchinchidan, jamiyat orqali yuridik mexanizmni to‘ldiruvchi huquqni amalga 

oshirishning  muayyan  ijtimoiy  mexanizmlari  ishlab  chiqiladi.  Ularga  insonlarda 

fuqarolik  jamiyati  sharoitida  shakllanadigan  shaxsiy  sifatlar  –  ahloqiy  burch, 

fuqarolik  tuyg‘usi,  o‘ziga  nisbatan  talabchanlik,  adolatsizlikka  murosasizlik, 

ijtimoiy faollik kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 

 

 



3. Davlat nima? 

 

Davlat, huquq va jamiyat muayyan aloqadorlikdadir. “Jamiyat” nisbatan keng 



tushuncha.  Davlat  jamiyatning  ichida  mavjud  bo‘ladi.  Davlat  huquqni  keltirib 

chiqaradi, ammo huquq ham davlatni shakllantiradi va yo‘naltiradi. Jamiyat davlat 

va huquq ta'sirida u yoki bu tomonga o‘zgaradi.  

 

Davlat  jamiyat  rivojining  muayyan  bosqichida  yuzaga  kelgan.  Ya'ni 



davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan asosiy omil bu, yirik ijtimoiy mehnat 

taqsimoti  natijasida  mehnat  unumdorligining  oshishi,  natijada  ortiqcha  mahsulot 

paydo  bo‘lib,  hususiy  mulkchilik  va  jamiyatda  mulkiy  jihatdan  tabaqalashuvning 

vujudga kelishi hamda asosiy mashg‘uloti mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi 

kishilarning maxsus guruhlarining yuzaga kelishidir. 

 

Davlat – jamiyat ichidan chiqqan, ommaviy hokimiyatning siyosiy tashkiloti. 

 

Davlat  –  suverenitetga,  boshqaruvning  hamda  fuqarolar  huquq  va 

erkinliklarini  himoya  qilishning  maxsus  apparatiga  ega,  bo‘lgan,  shuningdek, 

huquq  me'yorlari  (qoidalari)ni  yaratishga  qodir  bo‘lgan  ommaviy  hokimiyatning 

siyosiy – hududiy tashkilotidir. 



 

Davlat – bu jamiyatning birligi, yaxlitligini ta'minlaydigan, davlat mexanizmi 

orqali  jamiyat  ishlarini  boshqaradigan  suveren  ommaviy-siyosiy  hokimiyatni 

amalga  oshiradigan,  insonlarning  huquq  va  erkinliklarini,  qonuniylik  va  huquqiy 

tartibotni  kafolatlovchi  umummajburiylik  maqomini  beradigan    siyosiy 

tashkilotdir. 

 

Davlat  –  butun  mamlakat  miqyosidagi  hokimiyatning  maxsus  boshqaruv  va 

majburlov  apparatiga  hamda  barcha  uchun  umummajburiy  qonunlar  chiqaradigan 

va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir. 

 

Davlat  –  jamiyat  siyosiy  tizimining  odamlar,  guruhlar,  sinf,  tashkilot, 

hamkorlikdagi  faoliyat  va  o‘zaro  munosabatni  tashkil  etuvchi,  yo‘naltiruvchi  va 

nazorat qiluvchi asosiy institutdir. 

 

Davlat – hokimiyatning bosh  instituti. Hokimiyat davlat  orqali  o‘z siyosatini 

amalga  oshiradi.  “Hokimiyat”,  “davlat”,  “siyosat”  tushunchalari  bir–biriga  juda 

yaqin bo‘lib, bir–birlarini belgilab beradi. Hokimiyat – o‘zga kishilar xulq – atvori 

va faoliyatini butun jamiyat yoki alohida ijtimoiy guruhlar irodasiga bo‘ysundirish 

qobiliyati.  Siyosat  esa  yunoncha  “polis”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  “davlat  ishlari”, 

“davlatni boshqarish san'ati” degan ma'noni anglatadi. Hozirgi zamonda “siyosat” 

boshqaruv  bobida  oqilona  qaror  qabul  qilish  san'ati  va  qobiliyati,  degan  ma'noni 

bildiradi. 

 


 

 



 

4. Davlatning qanday belgilari mavjud?  

   

Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

1. Chegaralangan  hudud  va  aholining  hududlar  bo‘yicha  uyushganligi.  Davlat 

paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar. 

2. O‘ziga xos ommaviy hokimiyat – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya'ni davlat 

o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun boshqaruv apparatini shakllantiradi. 

3. Suverenitetning  mavjudligi,  ya'ni  ichki  va  tashqi  siyosatni  amalga  oshirishda 

boshqalarning aralashuvisiz mustaqil faoliyat yuritishi.  

4. Huquq  ijodkorligi,  ya'ni  davlat  hududida  yashovchi  barcha  kishilar  rioya 

etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik.  

5. Chegaralarning  dahlsizligi  hamda  aholining  xavfsizligini  ta'minlash  uchun 

armiya va ichki ishlar organlarining mavjudligi. 

6. Davlat xazinasining mavjudligi. Davlat apparatini saqlash hamda aholining kam 

ta'minlangan  qismiga  yordam  berish  uchun  aholidan  olinadigan  soliqlarning 

mavjudligi. 



 

 

5. Davlat funksiyasi deganda nima tushuniladi? 

 

Davlatning  funksiyalari  –  davlatning  maqsad  va  vazifalarini  amalga 

oshirishga  qaratilgan  faoliyatning  asosiy  yo‘nalishlaridir.  Davlat  funksiyalarining 

asosiy belgilari: 

1)  mazmuni – davlat faoliyati bir hil jihatlarining yig‘indisi; 

2)  miqyosi – funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi; 

3)  xususiyati – kompleks, majmua; 

4) 

maqsadi  –  insonning  ijtimoiy  himoyalanganligi,  tashqi  xavfsizlik  va  



boshqalar. 

  Davlat funksiyalari quyidagicha tasniflanadi

  faoliyat doirasiga ko‘ra (ichki va tashqi); 

  faoliyat muddatiga ko‘ra (doimiy va vaqtinchalik); 

  ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra (asosiy va asosiy bo‘lmagan); 

  amalga  oshirishning huquqiy shakllariga ko‘ra (huquqni  ijod qilish, huquqni 

ijro qilish va sud). 

 

Davlatning  ichki  funksiyalari  mamlakat  ichki  hayotini  boshqarishga 

qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘naliishlaridir. 

Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi: 

1)  regulyativ (tartibga solish, boshqarish); 

2)  qo‘riqlash (saqlash, muhofaza qilish). 

 

Regulyativ  funksiya  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohadagi  o‘rnini 



belgilaydi. 

 

Qo‘riqlash  funksiyasi  davlatning  huquq  bilan  mustahkamlangan  va  tartibga 



solinadigan  ijtimoiy  munosabatlarni  ta'minlash  va  himoya  qilishga  qaratilgan 

faoliyatdir. 

Davlatning  tashqi  funksiyalari  bu,  davlatning  xalqaro  maydondagi 

faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. 

Bular: 1) xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; 

           2) mudofaa va milliy havfsizlikni ta'minlash. 



 

 



 

6. Davlatning qanday shakllari mavjud

  Davlatning quyidagi shakllari mavjud: 

 

Boshqaruv  shakli; 

 

Tuzilish shakli; 

 

Siyosiy tartibi

 

Boshqaruv    shakli  deganda,  oliy  davlat  hokimiyati,  uning  idoralari,  aholi 

bilan o‘zaro munosabati, aholining ushubu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish 

darajasi tushuniladi. 

 

Tuzilish shakli davlatning ma'muriy, hududiy tashkil etilishidir. 

 

Siyosiy  tartibi  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish  usul  va  yo‘llarining 

majmui bo‘lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik 

darajasi va shaxsning huquqiy holatini bildiradi.        

 

 

7. Boshqaruvning monarxiya va respublika shakllari bir-biridan qanday 

farqlanadi?  

 

Monarxiya” yunonchadan tarjima qilin bo‘lib, yakka hokimlik degan ma'noni 



bildiradi.  Monarxiya  –  oliy  hokimiyat  yakka  hokim,  davlat  boshlig‘ining  qo‘lida 

bo‘lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir. 



 

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

1) monarx  davlatni  shaxsiylashtiradi,  tashqi  va  ichki  siyosatda  davlat  boshlig‘i 

sifatida maydonga chiqadi; 



2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi; 

3) monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi; 

4) monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir; 

5) muddatsiz va umrbod boshqaruv; 

6) monarx yuridik jihatdan o‘z boshqaruvining natijasi uchun javobgar emas. 

  Monarxiya  mutloq  (cheklanmagan)  va  parlamentar  (cheklangan)  shakllarda 

bo‘ladi. 

 

Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx  (qirol, 



podsho, imperator) amalga oshirsa, bunday monarxiya mutloq monarxiya bo‘ladi. 

Masalan: Saudiya Arabistoni, Qatar, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari. 

 

Agar  monarxning  hokimiyati  konstitutsiya  asosida  amal  qiladigan  biron  bir 



vakolatli  idora  bilan  cheklangan  bo‘lsa,  bunday  monarxiya  cheklangan 

(konstitutsiyaviy,  parlamentar)  monarxiya  bo‘ladi.  Masalan:  Buyuk  Britaniya, 

Daniya, Norvegiya, Shvetsiya. 



 

“Respublika”  yunonchadan  tarjima  qilingan  bo‘lib,  umumiy  ish  degan 

ma'noni  bildiradi.  Respublika  davlat  boshqaruvining  hokimiyat  oliy  idoralari 

muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.  

Respublikaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

1)  hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi; 

2)  hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi; 

3)  hokimiyat  oliy  organlarining  o‘z  qarorlarini  saylangan  muddati  davomida 

qabul qilishi; 

4)  qonunlarning  bajarilishini  nazorat  qiluvchi  organ  bo‘lgan  sudlar  obro‘ining 

ortishi; 


 

 



5)  fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi. 

 

Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko‘rinishida bo‘ladi. 



 

Prezidentlik respublikasida davlatni xalq tomonidan saylangan va juda keng 

vakolatlarga  ega  bo‘lgan  Prezident  boshqaradi.  U  davlat

 

boshlig‘i  bo‘lib,  xalq 



nomidan  ish  olib  borish  vakolatiga  ega  bo‘ladi  (masalan,  O‘zbekiston,  Rossiya, 

Qozog‘iston, AQSh). 



 

Parlamentar  respublikada  Prezident  parlament  tomonidan  saylanadi  va 

nisbatan torroq vakolatlarga ega. U rasman davlat boshlig‘i hisoblanadi va asosan 

vakillik  funksiyalarini  bajaradi.  Parlamentar  respublikada  hukumat  bosh  vazir 

tomonidan  boshqariladi.  Ammo  hukumat  uni  tarqatib  yuborishi  mumkin  bo‘lgan 

parlament oldida javobgardir (masalan, Hindiston, Avstriya, Germaniya, Italiya). 

 

 



8. Unitar davlat bilan federativ davlat o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 

 

Unitar  davlat  –  oddiy,  yaxlit  davlat.  Bunday  davlat  viloyat,  oblast,  okrug, 

rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy – hududiy birliklarga bo‘linadi. 

Mazkur  davlatda  bitta  parlament,  bitta  hukumat,  bitta  Prezident  bo‘ladi.  Unitar 

davlat odatda bir millatli

 

bo‘ladi (masalan: Qirg‘iziston, Fransiya, Italiya ).  



 

Unitar davlat belgilari: 

1) 

butun mamlakat miqyosida bir xil bo‘lgan vakillik, ijroiya va sud organlar  

bo‘ladi; 

2) 

bitta konstitutsiya; 



3) 

yagona qonunchilik tizimi; 



4) 

yagona fuqarolik; 



5) 

yagona pul birligi; 



6) 

barcha ma'muriy – hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan    soliq va kredit 

siyosati; 

7) 

unitar davlatlar tarkibiy qismlari suverenitetga ega emas; 



8) 

yagona armiyaning mavjudligi. 



 

Federativ  davlat  –  murakkab,  ittifoqdosh  davlat.  Odatda,  u  bir  qancha 

davlatlarning  birlashuvidan  hosil  bo‘ladi.  Birlashgach  esa  bu  davlatlar  federatsiya 

a'zolari  yoki  sub'ektlari  bo‘lib  qoladilar.  Ular  shtatlar,  o‘lkalar,  respublikalar  deb 

turlicha atalishi va o‘z ma'muriy – hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin. 

 

Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada 



va  federatsiya  sub'ektlari  darajasida.  Federal  darajada  ham,  federatsiya  sub'ektlari 

darajasida ham prezident, parlament, hukumat bo‘lishi mumkin.  



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish