- 79-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Nurmatova Nargizaning 11-sinf adabiyot fani “Qutadg`u bilig”asari uchun
- TAYYORLAGAN
- MAVZU: “QUTADG’U BILIG” – DIDIAKTIK DOSTON.
- 1. “Qutadg’u bilig” – didaktik doston.
- 2. “Qutadg’u bilig” – obrazlari.
- 3. “Qutadg’u bilig”dostoni – turkiy
- “Shohnoma”.
- “Qutadg’u bilig” dostoni turkiy tilda ilk yirik hajmli adabiy ma’rifiy asar yaratgan Yusuf Xos Hojibga tegishlidir.
- Yusuf Xos Hojib o’z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko’radi: Chin (Xitoy), Mochin Sharqiy Turkiston bo’ylab safar qiladi. U erdagi turli yodgorliklarni o’rganadi. Shuning uchun ham adib asarda turli mavzularni qamrab oladi.
- “Qutadg’u bilig” (“Baxt – saodatga yeltuvchi bilim”) asari hijriy 462 – yil, milodiy 1069 – 70 – yillarda yozilgan. Asarni yozish uchun muallif 18 oy (bir yarim yil) vaqt sarflagan. Asar hajmi 6409 bayt bo’lib, 73 fosl (bob)dan iborat.
- “Qutadg’u bilig” asari haqida dastlab XIX asrning birinchi choragida (1823 yili) frantsuz sharqshunosi Taubert Amadee ma’lumot bergan. Bu asarning 3 nusxasi mavjud:
- “Qutadg’u bilig” pand-noma (didaktik) asar bo’lib, unda tilning fazilati, foyda va zarari, bilim, o’quv – idrok farqi, bir yigitga qirq hunar ozligi, beklikka loyiq bo’lish haqida qimmatli fikrlar keltirilgan.
- Asarda tilga olingan masalalarning ko’lami shunchalik kengki, ularni oddiygina sanashning o’zi ham bir necha sohalarni tashkil etadi. Tasavvurlarimizni aniqlashishi uchun ularning ayrimlarini keltiraylik:
- Etti sayyora va o’n ikki
- burj
- Tilning fazilat va manfaatlari
- Tilning fazilat va
- manfaatlari
- Oyto’ldining baxt haqidagi
- hikoyasi
- Oyto’ldining baxt haqidagi
- hikoyasi
- Ko’rinib turibdiki, “Qutadg’u bilig”da tilga olingan mavzularning qamrovi juda keng. Ammo unda bitta bosh nuqta borki, u butun asardan qizil ip bo’lib o’tadi. Bu INSON masalasidir. Insonnnig ijtimoiy mohiyati, uning hayotidagi o’rni, ijtimoiy vazifasi shoir tomonidan turli yo’nalishlarda tahlil etiladi.
- O’ltirar chog’ida o’rningni bilgin
- Hech kimni past ko’rma, kishilik qilgin.
- Bor ovozni qo’yib kulmagin sira
- Tubanlik bo’lar bu kishilar ora.
- Dostonda voqea tasviri yo’q deb aytish mumkin. To’g’rirog’i muallif qiziqarli bir voqeani hikoya qilib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi. Muallifning markazida 4 timsol turadi. Bular: Kuntug’di, Oyto’ldi, O’gdulmish, O’zg’urmish.
- Biri to’g’rilikka tayanch – ADOLAT
- Biri DAVLAT erur u qutli g’oyat
- Uchinchi – ulug’lik AQL ham ZARO
- To’rtinchi – QANOAT erur bebaho
- Muallifning yozishicha, “Qutadg’u bilig”ni chinliklar – “Adjab ul – muluk” (Podsholar odobi), mochinliklar – “Amin ul – mamlakat” (Mamlakat omonliklari), Sharqda esa “Ziynat ul – umaro” (Amirlar ziynati), eronliklar – “Shohnoma yi turkiy” (Turkiy shoxnoma) turonliklar – “Qutadg’u bilig”, ba’zilari esa Pandnomayi muluk (“Podsholar pandnomasi”) deb atashgan. Abdurauf Fitrat esa uni “Baxtliklanish bilimi” deb tajrima qilgan. Yusuf Xos Hojib esa o’z asarini “Turkiy shohnoma” deb atagan.
- Yusuf Xos Hojibning adolat, insof, ilmu – ma’rifat haqidagi insoniy siyrat va xilqat haqidagi fikrlari hamoyon dolzarb va ibratlidir.
- 1. S.Matjon – Adabiyot (metodik qo’llanma) – Tosh.2010.
- 2. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari 1 – jild – Nasimxon
- Raxmonov va b. Tosh. 2003.
- 3. Vohidov – O’zbek mumtoz adabiyoti. Tosh.
- 4. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |