LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-
sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini
yo‘qotgan.
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, milliy davlatchiligimiz va
ma’naviyatimizning ko‘hna beshiklaridan biri bo‘lgan, noyob tarixiy-me’moriy
obidalar, muqaddas qadamjolarni o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelayotgan
Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasini 2007-yilda Mustaqillik
umumxalq bayrami bilan bog‘liq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash
hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g‘urur va iftixor, Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005-yil 20-oktabrdagi 33-
sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda
YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari
vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Samarqand viloyati
hokimligi hamda keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini
nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin.
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, tadbirlar dasturi 1
va 2-ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Samarqand
viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-
2007-yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta’mirlash, ijtimoiy hamda
kommunal sohasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va obodonlashtirishga doir
tadbirlar dasturini 3-ilovaga
*
muvofiq amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida 2007-yil may oyida
“Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni”
mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga
mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda,
uni har tomonlama yuksak saviyada o‘tkazish, shu mavzu bilan bog‘liq badiiy-
tarixiy ko‘rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop etish va keng
yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Belgilab qo‘yilsinki, xalqaro ilmiy konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlar respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
5. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi yilning har choragida
o‘tkaziladigan majlislarida tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
6. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga doir tadbirlar dasturini
amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat
tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot
agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand shahrining 2750
yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni
o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari hamda 2006-2007-yillarda tarixiy
obidalarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni
bajarishga mas’ul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning 2006-yilda shu
maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan, shuningdek, 2007-yildagi budjet parametrlarida
rejalashtirilgan mablag‘lari doirasida va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi.
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
18 oktyabr - Samarqand shahri kuni
Azaldan insoniyat tamadduni, jamiyat taraqqiyotida shaharlar hamisha alohida
o`rin tutgani yaxshi ma`lum. Shu paytga qadar er yuzida qanchadan-qancha
shaharlar vujudga kelgani, ularning qanchasi tarixning suronli voqealari, turli tabiiy
ofatlar natijasida yo`q bo`lib ketgani ham ayon haqiqat.
Bu dunyodaning shaharlari ko`p...
Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda sayyoramizda ellik mingdan ortiq
shahar mavjud. Biroq, ular orasida ikki ming yildan ziyod tarixga ega bo`lganlari
barmoq bilan sanarlidir. Shu bois ham ona diyorimizda tarixi ming yillar bilan
bo`ylashadigan shaharlarning ko`pligi barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi.
Mustaqillik yillarida tarixiy qadriyatlarimizni qayta tiklash, ulug`
ajdodlarimiz yaratib qoldirgan boy ma`naviy merosni chuqur o`rganish va keng
targ`ib etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Buxoro, Xiva, Termiz,
Shahrisabz, Qarshi, Marg`ilon shaharlarining yubileylari xalqaro miqyosda
nishonlandi. Jumladan 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng
miqyosda bayram qilindi.
Qadim Sharqda mashhur bo`lgan “Samarqand sayqali ro`yi zamin ast”
misrasi o`tgan asrlarda qanchalik buyuk va haqqoniy mazmun kasb etgan bo`lsa,
bu haqiqat, bugun ham, ertaga ham o`z mohiyatini yo`qotmasligi muqarrar.
“Samarqandcha latif shahar kamrakdur”
Buyuk mutafakkir shoir, nazm mulkining sultoni bo`lmish Alisher
Navoiydek buyuk zotlarni kamol topishida ham Samarqand beqiyos o`rin tutgan
edi. Shu bois ul zot “Saddi Iskandariy” dostonida bu shaharni “Samarqandi
firdavsmonand” ya`ni “jannat bog`lariga monand shahar” deya ta`riflagan,
“Majolisun-nafois” tazkirasida o`nlab samarqandlik shoirlar ijodiga munosib baho
berib o`tganlar.
Mirzo Bobur “Boburnoma”da unga “Rub`i maskunda Samarqandcha latif shahar
kamrakdur” deya baho bergan. Ulug` ajdodlarimizning bunday e`tiroflari bejiz
emas, albatta. Ishonchli tarixiy manbalar, uzoq yillardan beri olib borilayotgan
tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, asrlar bo`yi tildan-tilga o`tib kelayotgan rivoyatlar
ham Samarqandning naqadar qadimiy, uzoq o`tmishga ega ekanini isbotlaydi.
Tarixchi olimlarning shahodat berishicha, Samarqand to`g`risidagi dastlabki
ma`lumotlar Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi - “Avesto”da
uchraydi. Unda Zarafshon vohasi“Sug`ud” va “Sug`uda Gava” nomlari bilan tilga
olinadi. Mutaxasisslarning fikricha, “Sug`uda Gava” tushunchasi vohaning aholi
dehqonchilik bilan shug`ullanadigan qismiga nisbatan, “Sug`ud” atamasi
uning poytaxtiga nisbatan ishlatilgan.
Bu shahar ilk bor yunon tarixchisi Arrian solnomalarida “Marakanda” nomi
bilan atalgan. Milodiy 340-345 yillarda bitilgan “Iskandar safarnomasi” kitobida
shahar Sug`diyonaning poytaxti Marakunda tarzida zikr etilgan.
Nega aynan Samarqand?
Samarqand nomining kelib chiqishi yuzasidan olim va mutaxassislar turli
taxminlarni ilgari suradilar. Bu borada tarixiy faktlarni ham, afsona va rivoyatlarni
ham ko`plab keltirish mumkin. Ularning ayrimlarini ko`rib chiqaylik.
Mashhur tarixchi olim Abu Tohirxo`ja o`zining “Samariya” asarida bu
xususda bir qancha misollarni ketirib o`tadi. Naql qilishlaricha, bir paytlar shu erda
Samar ismli bir kishi yashab o`tgan. U o`z atrofiga ko`pgina odamlarni to`plagan
va kent (turkiy tilda shahar, qishloq ma`nosida) barpo etgan. Shu bois dastlab bu
erni “Samarkent” ya`ni “Samar qurgan shahar” deb nomlashgan. Keyinchalik bu
hududni fath etgan arablar uning nomini o`z tillariga moslab “Samarqand” deb
ataganlar.
“Tarixi Tabariy”da keltirilishicha, bu shaharni Samar otlig` bir xon bino qilgan
(tiklagan). Eng avval bu shaharga turkiylarning Qand urug`i kelib o`rnashgan.
Keyinchalik bu shahar obod bo`lib, Samarqand nomini olgan ekan.
Samarqand nomi ko`pgina tarixiy manbalarda “Semizkent” shaklida
uchraydi.Buyuk
allomalarimiz
Abu
Rayhon
Beruniy
va
Mahmud
Qoshg`ariy asarlarida yozilishicha, bu so`z qadimgi turkiy tildaboy, hosildor,
serunum shahar ma`nosini anglatadi. Bu fikr bir qator xitoy, arman tarixchilarining
asarlarida, Amir Temur davrida Samarqandga tashrif buyurgan ispan sayyohi Don
Ryui Gonzales deKlavixo kundaliklarida, shuningdek, "Boburnoma"da ham ifoda
etilgan.
Samarqandning yoshi nechada?
Shu paytga qadar Samarqandning yoshi bilan bog`liq turlicha qarashlar ham
mavjud edi. Bu boradagi savollarga mustaqillik yillarida fransuz arxeologlari bilan
hamkorlikda Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqjavob
olindi.
Afrosiyobning eng quyi madaniy qatlamlaridan topilgan miloddan avvalgi
IX-VIII asrlarga oid ashyolar - sopol idishlarning parchalari va qadimiy mudofaa
devorining qoldiqlari Fransiya ilmiy-tadqiqotlar milliy markazida o`rganilganda,
Afrosiyob, demakki, Samaroqandning yoshi 27 asrdan ko`proq ekani ma`lum
bo`ldi. Shu tariqa YuNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil 20 oktyabrdagi 33-
sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash haqidagi qaror qabul
qilindi.
Sohibqironning muazzam poytaxti
Samarqand o`z tarixi davomida ne-ne hukmdorlarni, xon va amirlarni
ko`rmadi. Eron shohi Dorodan to Arab sarkardasi Qutaybaga qadar, Qonxo`r
Chingizdan to general Abramovgacha bo`lgan qanchadan qancha fotih va
sarkardalar bu azim shaharni er bilan yakson etmoq qasdida suron solib kelgan
edilar. Tarixning donishmandligini ko`ringki, ularning o`zi allaqachonlar tuproqqa
qorildi. Samarqand esa hanuz barhayot, hamon navqiron. Shaharni mahv etishga
chog`langan kaslardan nishona qolmadi. Ammo, Samarqand asrlar, ming yillar
osha yashab kelayotir.
Mo`g`ul istilosidan so`ng Samarqandning qaytadan qad rostlashiga, tom
ma`noda Sharqning eng benazir kentiga aylanishida ulug` bobokalonimiz Amir
Temurning buyuk hissaalarini e`tirof etmoq joizdir. Zero, Samarqand va Amir
Temur nomlari hamisha xalqimizning iftixori, cheksiz faxru g`urar timsoli bo`la
oladi.
Sohibqiron Amir Temur davrida bu shaharda keng miqyosda bunyodkorlik
ishlari amalga oshirildi, Samarqand nafaqat buyuk saltanatning poytaxti, balki
chin ma`noda er yuzining sayqaliga, ilm-fan, san`at va madaniyat markaziga
aylandi, rivojlandi. Temur va Temuriylar hukmronligi paytida bu erda Shohi Zinda
majmuasi, Go`ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi va boshqa o`nlab bebaho
tarixiy yodgorliklar, madrasa va karvonsaroylar, hammom va ko`priklar qad
rostladi. Go`zal bog`-rog`lar yaratildi.
Ozod yurtning bebaho javohiri
Bugungi kunda shahar yanada ko`rkam, go`zal va betakror qiyofa kasb etib
bormoqda. Har yili ko`plab zamonaviy inshootlar barpo etilmoqda. Ajdodlarimiz
yaratib qoldirgan bebaho obidalar qayta ta`mirlanmoqda.
Xususan, 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi
munosabati bilan Samarqanddakeng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Amir Temur
saltanati
poytaxtida
Sohibqironning
muazzam,
salobatli
haykali
qad
rostladi. Mazkur qutlug` sana arafasida Samarqand shahrini Amir Temur ordeni
bilan mukofotlangan edi. Shu kundan boshlab, 18 oktyabr yurtimizda Samarqand
shahri kuni sifatida nishonlab kelinadi.
Imom al-Moturudiy, Xoja Ahror Vali maqbaralari, Shohi Zinda yodgorlik
majmuasi singari muqaddas qadamjolarning obod qilinishi, Registon maydoni va
uning atrofidagi bunyodkorlik ishlari, umuman shaharning tarix va zamonaviylik
uyg`unlashgan bugungi ko`rinishi zamirida Vatanimiz o`tmishiga, buyuk
ajdodlarimiz dahosiga hurmat-ehtirom mujassamdir.
Dunyoning iftixoriga munosib shahar
Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750 yilligi arafasida ham keng
ko`lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shohizinda majmuasidan
Bibixonim maqbarasigacha bo`lgan hududda muhtasham xiyobon barpo etildi.
Siyob dehqon bozorida jahon talablari darajasida ta`mirlash ishlari amalga
oshirildi, zamonaviy savdo maskanlari ishga tushirildi. Oqsaroy va
Saroymulkxonim maqbaralari, Tillakori madrasasi qayta ta`mirlandi. Shahar atrofi
va ichki yo`nalishlarda yangi yo`llar qurildi. Ruhobod maydoniga tutash
hududda yangi bog` – go`zal xiyobon barpo etildi.
Ma`lumki, 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba YuNESKO
ishtirokida Samarqand shahrida an`anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa
festivali o`tkazib kelinmoqda. Mazkur nufuzli anjuman xalqaro miqyosdagi
madaniy aloqalarni rivojlantirish, xalqimizning boy musiqa san`atini keng targ`ib
etish barobarida ko`hna Samarqand dovrug`ini yanada oshirishda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Samarqand har doim xorijiy sayyohlarni o`ziga maftun etib, hayratda
qoldirib kelgan. Shaharning obod ko`chalarini, bog` va xiyobonlarini kezib, tarixiy
obidalarini ziyorat qilar ekansiz, nafaqat yurtimizning turli go`shalaridan, balki,
jahonning ko`plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayohatchilarni uchratasiz.
Bugun qadimiy Afrosiyob tepaliklari, gumbazlari tonggi quyosh nurida yal-
yal tovlanayotgan obidalar, buyuk allomalar mangu orom topgan, bugungi
avlodlari bunyodkorlik shavqi, ezgu niyat va maqsadlar ila yashayotgan bu azim
shahar o`zining yana bir munavvar tongini qarshi olmoqda...
1996-yil 18-oktyabr kuni Amir Temur bobomizning 660-yillik yubileyida
Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18-oktyabr
Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi. Shundan buyon mana qariyb chorak
asrdirki ushbu kun viloyatda keng nishonlanib kelinadi.
Olamga yuz tutgan, kelajakka boʻy choʻzgan Samarqand bugun ham bayram
ogʻushida. Aytish joizki, bu yilgi bayramga har yilgidanda oʻzgacha tayyorgarlik
koʻrildi. Samarqand shahar kuni bilan bogʻliq tadbirlarning koʻlami keng va rang-
barang. “Oʻtmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” shior ostida
oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari viloyat va shahar hokimligi tomonidan tuzilgan
dastur asosida xalq sayli sifatida tashkil etildi.
Erta tongdan karnay-surnay sadolari yangrab barchani bayramga chorladi. Asosiy
tadbirlar ekomarafon bilan boshlandi. “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori
ostida oʻtkazilgan ushbu “ARAL MARATHON” xalqaro ekologik marafonda 7
yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan minglab fuqarolar ishtirok etishdi.
Viloyat jamoatchiligi vakillari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat
qildilar. Bu yerda oʻtgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat
qilindi. Shundan soʻng viloyat va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar,
taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir
Temur haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi.
Ayni paytda Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida shahardagi 7 ta maskan –
Kimyogarlar qoʻrgʻoni, Farhod va Soʻlim shaharchalarida, Registon maydoni,
Islom Karimov koʻchasi hamda Alisher Navoiy, “Yoshlik” nomli madaniyat va
istirohat bogʻlari, Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi
maydon va boshqa joylarda ommaviy xalq sayillari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar,
tanlovlar va taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturlari davom etmoqda.
Yangrayotgan diltortar taronalar, jajji isteʼdod sohib va sohibalari tomonidan ijro
etilayotgan shoʻx-shoʻx raqslar barchaning qalbiga quvonch ulashmoqda. Kishilar
yuzida
tabassum,
qalblarda
shukronalik.
Bayram
sayillaridagi yoshu-
qarining koʻrinishidan buni payqash qiyin emas.
- Samarqand shahri kuni munosabati bilan bizning Kimyogarlar qoʻrgʻonida ham
xalq sayli, bayram tadbirlari oʻtkazilayotganidan xursandmiz. Bunday tadbirlar
odatda shahar markazidagi istirohat bogʻlarida oʻtkazilar edi. Endilikda bizning
Kimyogarlar qoʻrgʻonimiz ham obod boʻlib, aholi uchun barcha qulayliklar
yaratilib, mana shunday goʻzal tadbirlar oʻtkaziladigan ajoyib maskanga aylandi, -
deydi Gulshod Sharipova. – Bugungi kunda Kimyogarlar qoʻrgʻonida yashovchi
barcha fuqarolar bu yerda olib borilgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlaridan juda
mamnun. Ana shunday obod maskanga mana bunday bayramlar yarashadi.
Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida oʻtkazilayotgan sayilda
tayyorlangan osh ham dasturxonlarga tortildi. - 150 kilogrammlik osh damladik, -
deydi oshpaz Abdumannon Nusratov. - Unga 150 kilogrammdan guruch va sabzi,
100 kilogramm goʻsht, 30 litr yogʻ va boshqa mahsulotlar solindi. Sayil oshini 1500
kishiga tarqatishni niyat qilganmiz.
Bayram tadbirlari doirasida Alisher Navoiy koʻchasida “Tabiat saxovati”
yarmarkasi ham boʻlib oʻtayapti. Unda viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari va qayta ishlangan isteʼmol mollari xalqimizga tortiq qilinmoqda.
Mazkur yarmarka 20-oktyabrga qadar davom etadi.
- Bugun erta tongda poyezdda Ellik qalʼadan Samarqandga keldim. Koʻhna kent
tonggida sayr qildim. Obodonchilik, qurilish va ozodalikka havas qildim. Keyin
shahar kuni munosabati bilan Amir Temur maqbarasidagi xatmi Qurʼonda,
Sohibqiron haykali poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdim, - deydi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qoʻchqorov. -
Mana endi xalq sayllaridagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, bazmlarda
qatnashyapman. Bayramdan olgan bir olam taassurotlardan ilhomlanib,
Samarqandga, samarqandliklarga ehtiromimni qogʻozga tushirdim. Yangi yozgan
sheʼrimni bayram ishtirokchilariga havola qilganimdan mamnunman.
Samarqand shahar kuni bilan bogʻliq bayram tadbirlari davom etmoqda.
Sohibqiron Amir Temur 1370-yilda Samarqandni oʻz davlati poytaxti qilib
tanlagach, bu yerda bir-biridan goʻzal, betakror obidalar — koʻrkam jome masjidi,
Koʻksaroy, Boʻstonsaroy, Shohizinda kabi inshootlarni bunyod ettirdi va atrofida
12 bogʻ-saroyni yaratdi. Shu tariqa Samarqand betakror sharqona qiyofasi, boy
tarixi, har qanday odamni hayratga soladigan noyob obidalari bilan
sayyoramizning turli oʻlkalarida afsonaviy shahar sifatida shuhrat qozondi. Shu
bois bundan 23 yil muqaddam aynan sohibqironning 660-yillik yubileyida “18-
oktyabr — Samarqand shahri kuni” deb belgilangan edi.
Istiqlol yillarida kentdagi tarixiy inshootlar rekonstruksiya qilinib, atrofi
obodonlashtirildi, bir qancha bogʻlar va favvoralar qurildi, yoʻlaklar kengaytirilib,
sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratildi.
Bu xayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tizimli
ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida turistik markaz
qurilishi boshlandi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilib, uning 80 gektarida
anjumanlar markazi, 5, 4 va 3 yulduzli mehmonxonalar va boshqa obyektlar
qurilishi moʻljallangan.
Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chogʻida Samarqand xalqaro aeroportini
zamon talablariga mos darajada rekons-truksiya qilish, xizmat koʻrsatish va servis
sohasini rivojlantirish, qolaversa, sayyohlar oqimini koʻpaytirish uchun yangi
loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan edi. Shu asosda ishlab
chiqilgan rejaga binoan, 2019-2020-yillarda yangi terminal quriladi, uchish-
qoʻnish yoʻlagi taʼmirlanib, samolyotlar turargohi kengaytiriladi, radiolokatsiya
tizimi takomillashtiriladi. Ayni kunlarda belgilangan hududda samolyotlar turish
va harakatlanish yoʻlaklari yangidan qurilmoqda.
Samarqand xalqaro aeroportidagi barcha loyihalar roʻyobga chiqqach, bu yerda
soatiga 600 xorijiy va mahalliy mehmonga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
Prezidentimiz viloyatga ikki yil oldingi tashrifida Samarqand shahri aholisining uy-
joyga boʻlgan talabi tobora oshib borayotganidan kelib chiqib, shahar chetidan
zamonaviy aholi turarjoy maskanlari barpo etish zarurligini taʼkidlagan edi. Shu
topshiriq asosida oʻtgan yili Samarqand tumanining Qorasuv massividan 50
gektarga yaqin yer ajratilib, koʻp qavatli uylar qurilishiga kirishildi. 2018-yilning
oʻzida 1 344 xonadondan iborat 7 qavatli 32 ta arzon uy barpo etildi. Huquq-tartibot
idoralari xizmatchilari va yosh oilalar uchun 5 qavatli 12 ta turarjoy qurilib,
foydalanishga topshirildi. 4 ta 12 qavatli, 5 ta 14 qavatli, 9 ta 16 qavatli uylar
qurilishi jadal olib borilmoqda.
Gulobod koʻchasining nihoyatda torligi transport va piyodalar harakati uchun
noqulaylik tugʻdirib kelayotgan edi. Shu bois G-34 va Gulobod koʻchalarining
kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahror Valiy majmuasigacha olib
boruvchi koʻchada 6 qatorli avtomobil yoʻli qurish moʻljallangan boʻlib, ayni
paytda 2,4 kilometrlik qismi tubdan rekonstruksiya qilindi.
Rudakiy va Boʻstonsaroy koʻchalari kesishmasida esa loyiha qiymati 67,7 milliard
soʻm boʻlgan tonnel qurilishi davom ettirilyapti. Yoʻloʻtkazgichning umumiy
uzunligi 534 metr va tonnel qismi 93 metrga yetadi. Shu bilan birga, Boʻstonsaroy
koʻchasi boʻylab kengligi 6, balandligi 3 metr boʻlgan piyodalar yer osti oʻtish yoʻli
ham quriladi. Rudakiy koʻchasi boʻylab ketgan tramvay yoʻli ham tonnel ostidan
oʻtadi.
Samarqand shahri kuni bayramini koʻtarinki ruhda oʻtkazish, aholining yaxshi dam
olishini tashkil etish maqsadida puxta hozirlik koʻrildi. Masalan, 7-oktyabrdan
boshlab
shahar
markazidagi
Alisher
Navoiy
koʻchasida
viloyatda
yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qayta ishlangan isteʼmol
mollaridan tarkib topgan “Tabiat saxovati” yarmarkasi ish boshladi.
— Safarimiz ushbu yarmarka hamda Samarqand kuniga toʻgʻri kelgani yaxshi
boʻldi, — deydi ispaniyalik sayyoh Sofe -Monserat. — Quyoshli tabiatingiz
saxovati boʻlgan meva-chevalar biram mazali. Ayniqsa, tarvuz va qovunning
shuncha turi bor, deb xayolimga keltirmagan edim. Ularning taʼmi nihoyatda
oʻziga xos, shirasi kuchli, toʻyimli. Shahar koʻrkamligiga gap yoʻq. Moziy va
bugun uygʻun boʻlgan shahar. Bu yerda ekanimizdan baxtiyormiz.
O’zbekiston YUNESKOga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997-yilda Tashkilotga a'zo
mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4 yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv
organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009-yildan 2013-yilgacha O’zbekiston
YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy
ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998-yil 6-7-noyabr kunlari
O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib
o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi "A'zo mamlakatlarda YUNESKOning
faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston
xalqi uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa
qo’shgan olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan:
astronom olim Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi
• Amir Temurning 660-yilligi
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225-yilligi
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek,
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli
hududlarida 10 ta kafedra va YUNESKOning 10 ta ijtimoiy-ta'lim markazlari
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday
loyihalar amalga oshirilgan:
• "Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”;
• "Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik
restrukturizatsiyasi”;
• "O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”;
• "O’zbekistonning kulolchilik san'ati”;
• "”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”;
• "O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va
bo’yash o’quv markazlari ochish”;
• "Boysun hududining madaniy merosi”.
Xulosa.
Samarqandni bir ko‘rgan inson unga oshiqu beqaror bo‘ladi , shahardagi davrlar va
turli madaniyatlarning qorishib ketganini ko‘rib, uni abadiy eslab qolishi aniq.
Samarqand Rim va Nankin kabi qadimiy poytaxtlar bilan tengdoshligini
bilarmidingiz? Ha, ha! Shahar bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lgan, bu nafaqat
Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri deb nomlanish
huquqini beradi. Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari
davriga to‘g‘ri keladi.
Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti
bo‘ldi. Buyuk Temur o‘z poytaxtini qanday tanlaganligi haqida shunday afsona
yuradi . O‘z tanlovini amalga oshirish uchun, u fuqarolarga barcha shaharlarning
kirish darvozalariga qo‘chqorning jasadini osib qo‘yishni buyurdi va bir oydan
keyin shaxsan o‘zi darvozalarga osilgan go‘shtlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha
shahar darvozalariga osilgan tana go‘shti chirishiga ulgurgan va faqat Samarqand
darvozalarida u deyarli buzilmasdan va hidlanmasdan turardi. Buni ko‘rib, Temur
shunday dedi: “Bu shaharning havosi toza va yerlari esa unumdor. Poytaxt shu
yerda bo‘ladi! ” Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tufayli shahar dunyo
ilm-fanining markaziga aylandi. Samarqand “o‘z hayotida tashrif buyurishga
arziydigan 50 shahar” ro‘yxatiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |