O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISH.
MAVZU: TARIXIY SHAHARLAR
(SAMARQAND) YUBILEYLARINING
XALQARO MIQYOSI DA
NISHONLANISHI.
Tayyorladi:
9-2
PSS
21-guruh
talabasi
Hayitova Umida
Tekshirdi: Rajabov O. I.
Buxoro-2022
Reja.
1.Samarqand - Yer yuziga sayqal bergan kent.
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash to’g’risida.
3. 18 oktyabr - Samarqand shahri kuni.
4. Xulosa.
Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy
shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan).
1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida,
Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida)
joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan
Toshkent—Dushanbe,
Toshkent—Turkmanboshi,
Toshkent—Uchquduq—
Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi.
Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning
oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°,
eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016);
1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil
55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha
(Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Samarqand dunyoning eng qadimgi va mashhur shaharlaridan biri. Yozma
manbalarda ta’riflanishicha, u o‘rta asrlarda «Yer yuzining sayqali» sifatida madh
etilgan.
Qadimda yerli aholi o‘z shaharlarini «Smarakansa», ya’ni «Shahri azim» deb,
turkiy zabon nufus esa «Semizkent» deb atagan. Yunonlar uni «Marakanda», ya’ni
«Ulug‘ shahar» deb tilga olishgan.
U Sug‘d diyorining markazi bo’lgan. Dushman hujumlaridan mudofaa qilish
uchun shahar qadimda baland va mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Uning
uchta darvozasi bolgan. Shahar devorining uzunligi 10 kilometrdan oshiqroq
bo’lib, uning u yer — bu yerida bir qancha burj (mo‘la)lari va bir necha qator
nishon tuynuk — shinaklari bo’lgan. Shaharning shimolidan Siyob, sharqidan Obi
Mashhad soylari oqib o‘tgan. Uning janubida qadimgi Sangrason jarligi joylashgan
va chuqur soy hamda jarliklar, g‘uj tepaliklar dushman qamal qilgan paytlarda zo‘r
tabiiy to‘siq bo‘lib, shahar istehkomlari qudratini oshirgan.
Qadimda Novadon arig‘i bo‘ylab oqib kelgan soy suvlari, pishiq g’ishtdan
kurilgan ulkan suv inshooti — «Jo‘yi arziz», ya’ni «Qo‘rg‘oshin arig‘i» — ichi
qo‘rg‘oshin bilan qoplangan nova va qator hovuzlar orqali shahar ichimlik suvi
bilan ta’minlangan. Nova uzunligi 200 metrga yaqin, kengligi qariyb 4 metr,
chuqurligi 1 metrdan oshiqroq bolgan.
Bu ajoyib qadimgi suv inshooti Chingizxon lashkarlari tomonidan (1220) vayron
etilgan.
Shahar ichida Sug‘d davlatining qadimgi podshohlari — Samarqand ixshidlarining
qarorgohi — ark, hashamatli qasrlari, naqshinkor saroylari, ibodatxona,
hunarmand- lar mahallalari, ko‘cha-ko‘ylar, do‘kon-u rastalar, bozor va
boshqalarjoylashgan edi.
Insoniyat tarixida qadimgi madaniyat o’choqlari sifatida jahonga tanilgan Bobil,
Afina va Rim shaharlari kabi, Samarqand ham boy tarixga ega.
U ko‘plab jang-jadallarning guvohi bo’lgan. Miloddan avvalgi 329-yili uni
makedoniyalik Aleksandr — Iskandar Zulqarnayn, 8-asrda arab fotihi Qutayba, 13-
asrda Chingizxon qo‘shiniari bosib olib, vayron qildi. Bu bosqinchilarga qarshi
shahar ahli mardonavor kurashdi. Bir necha qo‘zg‘olonlar bo’lib o‘tdi. Ayniqsa,
arab fotihlariga qarshi ko’tarilgan «oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni mashhur.
Qonli urushlar oqibatida vayron etilgan qadimgi Samarqand vayronalari
keyinchalik (17-asr) Afrosiyob, ya’ni «Siyob sohillari» nomi bilan yuritildi.
Bundan olti asr muqaddam Samarqand qadimgi o’midan janubroqda qayta tiklandi
va ko‘p vaqt o’tmay Amir Temur tomonidan mamlakat poytaxtiga aylantirildi.
Shahar atrofi olti darvozali mudofaa devori bilan o‘rab olindi, muhtasham binolar
qurildi.
Ko‘cha-ko‘ylar o’tkazilib, chorsu bozori qad ko’tardi. Keyin- roq shahaming
markaziy maydoni — Registon barpo etildi. Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir
maqbarasi, Shohi Zinda ansamblida Shodimulk og’o va Amir Husayn, Shirinbeka
og‘o maqbaralari bino qilindi. Samarqand atrofida Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor,
Bog’i Bihisht, Bog‘i Baland, Davlatobod, Bog’i Nav, Bog‘i Shamol va Bog’i
Zog’on kabi ko’rkam bog‘lar va hashamatli bo’ston saroylar qurildi.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand yana- da ko’rkamlashdi. Uch qavatli
rasadxona (observatoriya) qurildi. 0‘rda ichida to’rt qavatli Ko’ksaroy hamda
Bo‘stonsaroy qurilib, unda davlat mahkamasi, qurol-yarog1 ustaxonalari, xazina,
zarbxona, qamoqxona joylashtirildi.
Registon maydonida Ulug’bek madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va Muqatta’
masjidi bino qilindi. Ikki yuz o‘n gumbazli Ko‘kaldosh jome’ masjidi qad ko’tardi.
Keyinchalik Sherdor va Tillakori madrasalari qurilgach, ular birgalikda Registon
majmuasi deb atala boshladi.
Buxoro xonligi tashkil topgach (16-asr boshlarida), poytaxt Samarqanddan
Buxoroga ko‘chirilgan bo‘lsa-da, Samarqand xonlikdagi eng yirik savdo va
hunarmandlik markazlaridan biri bo’lib qoldi. 17-asr- 18 — asrning birinchi
yarmida Samarqand bir necha bor inqirozga yuz tutib, uning obidalari turli
bosqinchilar tomonidan xarobaga aylantirilsa-da, ammo har gal shahar yana qayta
tiklandi. 1868-yilda Samarqand Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinib, yangi
tashkil etilgan Zarafshon okrugining ma’muriy va savdo markaziga aylantirildi.
1925—1930-yillarda Samarqand O‘zbekistonning poytaxti bo’lib turdi.
Mustaqillik yillarida aholi uchun yangi shahar qad ko’tara boshladi. Qadimgi
me’moriy obidalar yevropacha uslubda qurilgan imoratlar bilan uyg’unlashib
ketdi.
Hozirgi davrda aholi soni jihatidan Vatanimiz shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda
turgan Samarqand kengayib, yanada obodonlashib bormoqda. Mustaqillik yillarida
bu yerda shaharni qayta qurish, me’moriy obidalarini ta’mirlash ishlari ko’lami
kengaydi. Turar joylar ko’paydi. Yangi jamoat binolari, roaishiy, savdo-sotiq
majmualari, keng va ko’rkam ko‘cha-ko‘ylar, xiyobonlar va maydonlar, sport
majmualari, ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar tushgan Sug’diyona, Sadtepa kabi
bir nechta yangi, obod mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda ko’kalamzor bog’lar,
gulzor bo’stonlar ko‘p. Shaffof suvli hovuzlari va favvoralari, jazirama taftini
qaytaradigan soya-salqin bog‘ va xiyobonlari shahar ahli va sayohatchilarni
o’zining
huzurbaxsh
og’ushiga
chorlaydi.
Samarqand
Mustaqil
O‘zbekistonimizning eng ko’rkam va obod shaharlaridan biri sifatida tanilishi bejiz
emas.
Uning qadimiy me’moriy va tarixiy obidalari zamonaviy inshootlar bilan
uyg’unlashib, ajib bir go’zallik hosil qiladi.Vatanimizning eng gavjum turistik
shaharlaridan biriga aylangan Samarqand- ning tarixiy obidalarini saqlash,
ta’mirlash ishlariga davlatimiz katta e’tibor bermoqda.
Ayniqsa, Amir Temur tavalludining 660 yillik yubileyi munosabati bilan amalga
oshirilgan yodgorliklarni ta’mirlash, Amir Temur xiyobonining barpo etilishi va
Sohibqiron haykali o’rnatilishi hamda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo
Ulug‘bek, Yo’ldosh Oxunboboyev, Akmal Ikromov, atoqli o‘zbek xalq baxshi-
shoirlari yodgorliklari shahar ko’rkiga ko‘rk qo’shib turibdi.
Samarqand — sanoat korxonalari va fabrikalar, oliy va o‘rta maxsus o’quv
yurtlari (litsey va kollejlar), ilmiy tadqiqot institutlari, qo’riqxona- muzey va
teatrlar shahri. Shahar jo’shqin hayot kechirmoqda. Zamonaviy jihozlar o’rnatilgan
ko’pgina korxona va qo’shma korxonalar xalq xo’jaligi uchun eng zarur
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, chinni
zavodi, kichik avtobuslar ishlab chiqarayotgan «0‘zotoyo‘l» qo‘shma korxonasi
shular jumlasidandir.
Samarqand respublikamizning yirik fan markazlaridan biri sifatida ham diqqatga
sazovordir. Unda 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand bo‘limi,
Samarqand Davlat universiteti joylashgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
SAMARQAND
SHAHRINING
2750
YILLIGINI
NISHONLASHGA
TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
Do'stlaringiz bilan baham: |