O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM” Yo’nalishi
3-kurs 302 - Guruh
Komilov Samandar ning
Maktab menejmenti fanidan
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU : Ta'lim muassasalari xodimlari attestatsiyasi
Qabul qildi : _______________________________
MUNDARIJA :
Kirish
I Bob. Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi.
1.1. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish.
1.2. Ekspert komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi va attestatsiya yakunlari.
II Bob. Davlat ta’lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.
2.1. Ta’lim tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi.
2.2. Attestatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlar berish hamda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qo‘yilgan talablarni belgilash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Attestatsiya taʼlim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” va “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari boʻyicha Yoʻriqnoma”ga asosan tashkil etiladi.
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Taʼlim tashkilotlari har 5 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Yangi tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari 5 yildan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim muassasalarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil etilib, asosan taʼlim-tarbiya jarayonining davlat taʼlim standartlari va davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirish darajasi, tarbiyachi-pedagog kadrlarning salohiyati oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar rivoji uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanma va bolalar adabiyoti bilan taʼminlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi hisobga olinadi.
Taʼlim muassasalari attestatsiyasi xolislik, toʻla oshkoralik, davriylik va pedagogik etika meʼyorlariga amal qilingan holda oʻtkazilib, Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan oʻtuvchi taʼlim muassasasi uchun attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yigʻma jildi yigʻiladi va navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar saqlanadi.
Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat inspeksiyasi tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qaror qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |