Tayyorlagan kurs ishi mavzu : Ta'lim muassasalari xodimlari attestatsiyasi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish



Download 205,15 Kb.
bet5/7
Sana04.06.2022
Hajmi205,15 Kb.
#634177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Komilov S. 302

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi ta’lim muassasalari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi.
Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli. Ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi:
tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarga — tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan;
tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Quyidagi hollarda ta’lim muassasalari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi:
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa;
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan bo‘lsa;
ta’lim muassasalari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa;
maktabgacha ta’lim muassasalarining reja-jadvalga kiritilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
maktabgacha ta’lim muassasasi tugatilayotganida;
tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga oid qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda;
bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida;
ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki maktabgacha ta’lim muassasalarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan past bo‘lgan taqdirda;
tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda ta’lim muassasalari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda;
maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi.
Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida:
tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan; yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazishda yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish jarayoni 6 kun davomida tugatilib, 3 kun ichida umumlashtiriladi. Rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarning elektron varianti attestasiya o‘tayotgan oy tugamasdan Respublika ta’limi markazining ta’lim muassasalarini attestasiya va akkreditasiyaga tayyorlash bo‘limiga yuboriladi. Hujjatlar mas’ul xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha amaliy yordam beriladi, tuzatish uchun joylarga jo‘natiladi. Kamchiliklar bartaraf etilgach, attestasiya hujjatlari rasmiylashtirilib, keyingi oyning 10 sanasigacha tuman(shahar)ning attestasiya bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga topshiriladi. Hujjatlar topshirilganligi haqidagi rasmiy xat nusxasi Respublika ta’lim markazining ta’lim muassasalarini attestasiya va akkreditasiyaga tayyorlash bo‘limiga topshiriladi. Natijalarni xulosalash va rasmiylashtirish.


Download 205,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish