68. Болаларда трахея, бронх ва ўпканинг анатомо-физиологик ҳусусиятла: Traxeya-боланинг туғилишида деярли тўлиқ шаклланган бўлади. У воронкасимон шаклга эга. Унинг юқори чеккаси ва бифуркацияси катта одамникидан юқорироқ жойлашади. Трахеянинг шиллиқ қавати нозик ва қон томирларга бой бўлади. Эластик тўқима суст ривожланган, унинг тоғай қобиғи юмшоқ ва бўшлиқни осон торайтиради. Ёш ўтиши билан трахеянинг узуна ҳам кўндаланг ўлчамлари ортиб боради. Трахеянинг диаметри нафас цикли давомида ўзгариб туради. Трахея бўшлиғининг ўлчамлари айниқса йўталиш вақтида кучли ўзгаради—кўндаланг ва бўйлама ўлчамлари 1/3 қисмга кичиклашади.
BRONX- Бронхлар туғилиш вақтига келиб етарли даражада яхши ривожланган бўлади. шиллиқ қавати қон томирларга бой, юпка шиллиқ қатлам билан қопланган бўлади. Ўнг бронх гўѐки трахеянинг давоми бўлиб ҳисобланади, Ўнг бронх чап бронхдан калтарок ва бир оз кенгрок. Болаларда мушак ва эластик толалар ҳаѐтнинг 1— йилларида ҳали тўла ривожланмаган. Ёш ошиб бориши билан бронхларнинг узунлиги ва бўшлиғи катталашади.
O’PKA-Kattarnikiga o`xshash segmentar tuzilgan, biroq atsinuslari etarlicha rivojlanmagan. Biriktiruvchi to`qimaga boy, ko`plab qon tomirlarga ega, elastik to`qima kuchsiz rivojlangan. Kichik bolaning o`pkasi kattalarnikiga qaraganda havoliligi past, ammo qon bilan ta`minlanganligi yuqori. Letsitin kamligi sababli surfaktant etishmovchiligi kuzatiladi (etilmagan o`pka)
69- Болаларда тери, тери ости ёғ қаватини анатомо-физиологик ҳусусиятлARI 3 yoshgacha bolalar terisining turli qavatlarining qalinligi katta odamnikiga nisbatan 1,5-3 marta nozik. Faqat 7 yoshga kelibgina teri qavatlari qalinligi kattalarnikiga yaqinlashadi. Bolalarda epidermis hujayralari bir biridan uzoq joylashgan, shu sababli uning strukturasi g`ovak. Chaqaloqlarda shox qavat juda nozik bo`lib 2-3 qavat bo`lib joylashgan oson ko`chuvchi qavatlardan iborat. Donador qavat sust rivojlanganligi sababli chaqaloqlar terisi shaffof va och pushti rangda. Bazal qavat yaxshi rivojlangan, shunga qaramay bola hayotining dastlabki oylarida melonotsitlar funksiyasi pastligi tufayli ularning teri rangi ochroq ko`rinadi. Bolalar, ayniqsa chaqaloqlar terisining farqli tomoni shundaki, derma va epidermis orasidagi bog`liklik o`ta nozik. Buning asosiy sababi bog`lovchi tolalar rivojlanishining sustligidir. Turli kasalliklarda epidermis dermadan oson ajraladi va pufaklar hosil bo`ladi. Chaqaloqlar terisining ustki qavati kuchsiz bakteriotsid aktivlikdagi sekret bilan qoplangan. Shu davrda uning pH ko`rsatgichi neytralga yaqin bulib tez orada –birinchi oyning oxirida sezilarli pasayadi.Chaqaloqlar va erta yoshli bolalar terisida keng kapilyar to`ri juda yaxshi rivojlangan. Vaqt o`tgan sari ular soni kamayib uzun va ingichka kapilyar to`ri soni ko`payadi.
TERI OSTI YOG’ QAVATI- Yog` bezlari insonning homilalik paytidayoq ishga tushadi. Ular homila tanasini qoplab turuvchi oq tvorogsimon surtmani ishlab chiqaradi. Bu yog`simon surtma terini amniotik suyuqlik ta`siridan asraydi va homilani tug`ruq yo`llaridan o`tishini engillashtiradi. Yog` bezlari bola hayotining dastlabki yilida jadal ishlaydi. Keyinchalik ularning funksiyasi biroz pasayadi va balog`at yoshida yana kuchayadi. O`smirlarda ularning chiqaruv yo`llari tez tez bekilib qoladi, bu esa xusunbuzar toshishiga sabab bo`ladi.