Barcha maktablar: - 2021-2022-o‘quv yili uchun ish rejalarning mavjudligi (maktab ish rejasi, direktor ish rejasi, MMIBDO‘ ish rejasi, O‘IBDO‘ ish rejasi).
- 2021-2022-o‘quv yili uchunyillik hisobotlarning mavjudligi (maktab yillik hisoboti, direktor yillik hisoboti, MMIBDO‘ yillik hisoboti, O‘IBDO‘ yillik hisoboti).
- Ta’lim muassasasini rivojlantirish strategiyasining mavjudligi (3 yillik dastur).
- 2021-yil(yanvar-dekabr) davomida maktabda o‘quvchilar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, ular bilan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (o`quvchi ustidan o‘qilgan sud hukmi to‘g‘risidagi hujjat, maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchi jinoyat qilishidan oldin va keyinamalga oshirilgan ishlar to‘g֥‘risidagi hujjatlar).
- 2020-2021-o‘quv yili bitiruvchilarining (2021-yil may)OTM va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari (xorijiy, xorijiy filiallar, xususiy, TOP-1000, respublikadagi OTMlarga grant, kontrakt, superkontrakt yoki boshqa OTMlarga, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litseylarga o‘qishga kirgan o`quvchilarning to‘liq ro‘yxati hamda o‘quvchilar tomonidan OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha jadval) va bandligi ta’minlangan o‘quvchilar ro‘yxati (qayerda, qaysi lavozimda ishlayotganiva boshqalar).
Maktab faoliyati bo‘yicha: - 2020-2021-o‘quv yili yakuni(may) bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (jami sinflar soni, jami o‘quvchilar soni, har bir sinfda nechta o‘quvchi tahsilolgani haqidagi hujjat).
- 2021-yil (sentabr) holatiga mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni haqida ma’lumot (maktabga biriktirilgan mikrohudud sifatida biriktirilgan QFY, MFY, ko‘cha yoki boshqa hududlarda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni).
- 2021-yilining (sentabr-dekabr) holatiga tarifikatsiya (tarifikatsiyada o‘qituvchilarning ma’lumotivamalaka toifalari aks etgan bo‘lishi hamda ma’muriyat xodimlari va texnik xodimlarning shtatlar jadvali mavjud bo‘lishi lozim).
- 2021-yil yakuniga qadar amalda bo‘lgan (muddati tugamagan)oliy va birinchi malaka toifa hujjatlari (oliy yoki birinchi malaka toifasi sertifikatlari).
- 2021-yilda variativ o‘quv rejasi mavjudbo‘lganligi (tashkil qilinganligi to‘g‘risidagi direktor buyrug‘i va boshqalar).
- Chet tili o‘qituvchilarining 2021-yil yakuniga qadar amalda bo‘lgan (ingliz, nemis, fransuzva boshqalar)milliy va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darjalari to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi (ielts, toefl, ibt, fceva boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |