Toshkent tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabning
2018-2019 o’quv yili uchun Geografiya, Fizika, Biologiya, Kimyo fanlari metod birlashmasining I yarim yillik
HISOBOTI
Toshkent tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabining
2018-2019 o’quv yili uchun Geografiya, Fizika, Biologiya va Kimyo fanlari metod birlashmasining birinchi yarim yillik
H I S O B O T I
Metod birlashma a’zolari soni 6 ta ularning hammasi Oliy ma’lumotli bo’lib, Oliy toifada 1 ta, 2 tasi ikkinchi toifali, 3 tasi mutaxassis 2013-yilda 1 ta o’qituvchi malakasini oshirgan. 2014 yilda 1 ta o’qituvchi malaka oshirgan.
Islomova La’li Rixsiboyevna 1971-yil 20-noyabrda tug’ilgan. 1995 yil Toshkent Davlat Universitetining Geografiya fakultetining kechki bo’limini bitirgan. Ish faoliyatini 1988 yil 4-maktabda boshlagan. 2013 yil mayda malaka oshirgan.
Usmonova Sevarxon Sattorovna 1965-yil 26 noyabrda tug’ilgan. 1987-yil TDUning Fizika fakultetini tamomlagan.
Minirova Nigora Aripovna 1969-yil 23-mayda tug’ilgan. 1994 yil TDUning Biologiya fakultetini bitirgan.
Eloxunov Olimjon Genovich 1962-yil 24-avgustda tug’ilgan. 1989 yil TDXXIning Iqtisod fakultetini bitirgan.
Qurbanova Gulnoza 1987-yil tug’ilgan. 2017-yil TDPU ning Kimyo fakultetini bitirgan.
Karimova Malika Baxtiyor qizi 1993-yil 3-avgustda tug’ilgan. 2016-yil O’zMU Kimyo fakultetini bitirgan.
O’quv yilining birinchi yarim yilida quyidagi masalalar ko’rib chiqilib, shular bo’yicha ish olib boriladi.
Sentabr
|
1.2018-2019 o’quv yilida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
2.Birlashma a’zolarining yillik rejalari ko’rib chiqildi
3. Geografiya fan oyligini o’tkazish
|
Oktabr
|
1.Birlashma a’zolarining yillik rejalari ko’rib chiqildi
2. To’garak faoliyati rejalshtirildi
|
Noyabr
|
1. Yosh mutaxassislar bilan ishlar olib borish
2. Dars jarayonida axborot texnalogiyalaridan foydalanish (ma’ruzasi) tinglash
3. Ta’limga oid yangiliklar yuzasidan suhbatlashildi.
|
Dekabr
|
1. 5-8 sinflarda “Bilimlar bellashuvi”ni va 9-sinflarda fan olimpiadasini o’tkazishga tayyorgarlik ishlari
2. Xaritalar bilan ishlash.
3. Amaliy mashg’ulotlar muntazam o’tkazib borish.
|
Yanvar
|
1. Kimyo va biologiya fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish.
2.II chorak yakuni va III chorakdagi vazifalar
3. Laboratoriya mashg’ulotlarini muntazam o’tkazib borish.
4. Xarita va atlaslar bilan ishlash
|
Bulardan eng dolzarblari noyabr oyida o’tkazilgan “Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish” va ta’limga oid chiqayotgan yangiliklar hamda dekabr oyida o’tkazilgan “Xaritalar bilan ishlash” ma’ruzalari yuzasidan davra suhbatlari bo’lib bu o’qituvchilar darslarida foydalanishda yaxshi natija berdi.
Birinchi yarim yillikda o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarning DTSga mosligini aniqlash monitoringining natijalari tahlil etib borildi. O’quvchilar bilan ishlashda samaradorlikni oshirish uchun o’quvchilar bilan individual ishlandi.
Har bir birlashma a’zosi to’garakda ish olib boradilar
1 Islomova La’li – “Amazonka”, “Everest” Seshanba, Chorshanba
2. Minirova Nigora – “O’simliklar olami”, “Hayvonatlar olami” Chorshanba, Shanba
3. Qurbonova Gulnoza – “Yosh kimyogarlar”
To’garaklarda 18 tadan o’quvchi qatnashadi. To’garaklarda asosan o’zlashtirishi past, qiynalgan va hohlovchi o’quvchilar jalb etilgan. Bu o’quvchilarda ancha o’zgarish bo’lib yaxshi natijalarga erishadi.
I chorak sentabr oyida Geografiya fan oyligi bo’lib o’tdi. Bu fan oyligida ham barcha birlashma a’zolari faol ishtirok etdilar. Avval reja tuzib, olib shu reja bo’yicha ish olib borildi. O’qituvchilar yangi pedtexnalogiya bo’yicha ochiq darslar tarbiyaviy soatlar va turli tadbirlar o’tkazishdi. O’quvchilardan DTS talablariga mos BKMlarini tekshirish uchun nazorat testlari olindi. Yanvar oyida “Bilimlar bellashuvi” bo’lib o’tdi. Bu bellashuvda ixtiyoriy ravishda hohlovchi o’quvchilar ishtirok etdilar.
“Bilimlar bellashuvi”da Geografiya fanidan
1. 8 B sinf o’quvchisi – Valijonov Umidjon
2. 7 V sinf o’quvchisi – Ahmadjonov Inoyat
3. 6 V sinf o’quvchisi – Mahmudov Hayrullo
Biologiya fanidan
8 A sinf o’quvchisi – Yuldasheva Nodira
7 V sinf o’quvchisi – Xursanova Fotima
6 A sinf o’quvchisi – Ravkatov Mahmud
Fizika fanidan
8 V sinf o’quvchisi - Muhamadbekova Robiya
7 B sinf o’quvchisi – Qahramonova Sarvinoz
Kimyo fanidan
8 A sinf o’quvchisi - Shukurova Kamola
lar birinchi o’rinni egallab tumanda bo’lib o’tadigan “Bilimlar bellashuvi”da ishtirok etishga erishdilar.
Noyabr oyida bo’lib o’tgan fan olimpiadasida ishtirok etuvchi o’quvchilarni baholash mezonlari o’tkazish tartibi bilan tanishtirib qatnashtirdilar. O’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar, qo’llanmalar bilan ta’minladilar. Darslikdan mustaqil o’rganish uchun mavzular belgilab berdilar.
9-sinflar o’rtasida bo’lib o’tgan fan olimpiadasida ishtirok etgan o’quvchilardan Geografiya fani bo’yicha 9 “B” sinf o’quvchisi Mahmudov Hikmatullo, Iqtisod fanidan 9 “B” sinf o’quvchisi Mahmudov Rahmatullo , Biologiya fanidan 10 “B” sinf o’quvchisi Abdug’aniyeva Madina, 9 “B” sinf o’quvchisi Mirsayfullayeva Robiya, Fizika fanidan 9 “B” sinfidan Pirmatov Davron, Kimyo fanidan 9 “B” sinfidan To’xtaboyev Yodgor tuman olimpiadasida qatnashish uchun g’oliblikni qo’lga kiritdilar va tuman olimpiadasida qatnashib yaxshi natijaga erishdilar.
Metod birlashma rahbari: Karimova M.B.
Do'stlaringiz bilan baham: |