@FarDu2019 +998993903662
Super-kontraktga arizalar qabuli boshlandi.
Talabgor abituriyent uchun eslatmalar
OTMlarga kirish imtihonlarining javoblari e'lon qilindi. Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar bugun, 26 sentyabrdan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun OTMga ariza berishlari mumkin.
Foto: KUN.UZ
Abituriyent tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktda (super-kontrakt) o‘qish uchun 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi kerak.
O‘tgan yili super-kontrakt stipendiyasiz kontrakt miqdoriga qarab hisoblangan
O‘tgan o‘quv yilidagi tartibga ko‘ra, super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblangan.
To‘lovchilar o‘z xohishiga ko‘ra, stipendiyali to‘lov qilishi ham mumkin bo‘lgan. Ya'ni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga o‘tgan o‘quv yili uchun 4,8 mln so‘m (bir yillik stipendiya miqdori) qo‘shimcha to‘lab har oy stipendiya olish imkoni berilgan.
Super-kontraktda OTMni tanlash mumkin
Super-kontraktda abituriyent o‘zi hujjat topshirgan 3ta OTMdan birini tanlashi mumkin bo‘lgan.
“Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi”, - deb xabar bergan edi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
Tabaqalashtirilgan kontrakt qanday hisoblangan?
Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashgan:
1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.
O‘tgan o‘quv yilida belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga ko‘ra, eng qimmat miqdor 25 barobar, ya'ni 229 mln 184 ming so‘m bilan yurisprudensiya yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.
Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishi — 20 barobar, ya'ni 170 mln 649 ming so‘m bo‘lgan.
Qolgan yo‘nalishlarda super-kontrakt 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.
Bo‘lib to‘lash imkoni bor
O‘tgan o‘quv yilida super-kontraktni yil davomida ikkiga yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.
Bunda super-kontrakt miqdori oylarga bo‘lib to‘langanda ham o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yil 1 noyabrdan hamda ikkinchi yarmi uchun 1 martdan kechiktirmay to‘lanishi talab etilgan.
Magistraturada qo‘shimcha qabul bor, lekin tabaqalashtirilgan kontrakt yo‘q
Magistraturada bakalavrdagiga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.
Bu yilgi tartib qanday bo‘lishi kutilmoqda?
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xodimi Bahriddin Shayvaliyevning Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdori belgilab beriladi. OTM mana shu asosda o‘zi uchun super-kontrakt narxini belgilaydi. Lekin ayni paytda super-kontrakt narxlari ma'lum emas.“O‘tgan yili abituriyentlarga o‘zi hujjat topshirgan OTMlardan birida super-kontrakt asosida o‘qish imkoni berilgan edi. Agar bu tartib saqlanib qolsa, joriy yil ham abituriyentlarga 5ta OTMdan birini tanlash imkoni beriladi.
Lekin bunda u super-kontrakt bilan o‘qish xohishini bildirgan OTMning imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Qabul to‘plangan ballarning qat'iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi”, - deydi vazirlik vakili.
@FarDu2019 +998993903662
Do'stlaringiz bilan baham: |