7.2. Fan va ijodda gipotezaning evristik roli.
Gipotezadan ilmiy ijodning samarali vositasi sifatida foydalanish olimlar o‘rganilayotgan h.odisalarning moh iyatini qay darajada teran tushunganini ko‘rsatadi, tadqiqotni ilmiy h.akiqatni izlashga, faktlarni saralab, to‘g‘ri va soxtaga ajra tishga yo‘naltiradiki, bu ilmiy bilimning o‘sishiga ko‘makla shadi. Ilmiy gipoteza evristik bilish vazifasini bajarish uchun ma’lum talablarga javob berishi kerak. U mavjud bilim lar va faktlarga zid bo‘lmasligi, prinsipial tekshiriladigan, maksimal darajada sodda, o‘zining bevosita ob’ektiga nisba tan ortiqcha bo‘lishi, ya’ni uni ilmiy faktlarning anchakeng so hasiga tatbiq etish imkonini berishi kerak.
Bunda gipoteza quyidagi hollarda layoqatli bo‘lishini na zardatutish kerak:
• muayyan mazmun va ma’noga ega bo‘lishi kerak, fanda ma’no va mazmunsiz gipotezalar bo‘lishi mumkin emas;
• o‘rganilayotgan borliqning muayyan bo‘lagiga nisbatan ta’ riflanishi lozim;
• haqqoniy bilim, ilmiy haqiqatga zid kelmasligi kerak;
• spekulyativ, sof akliy mushohada xususiyatiga ega bo‘lmas ligi, prinsipial sinovdan o‘tkazish imkonini berishi lozim;
• ilmiy bashorat kilish, asoslash kobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;
• ilmiy (noilmiy, masalan, liniy emas) dunyokarash prinsip lariga muvofiq bo‘lishi lozim;
• arxiv tokchalarida chang bosib yotmasdan, ilmiy ijod mexa nizmida faol ishlashi kerak.
Gipotezaning yuqorida zikr etilgan shartlarni qondiruvchi ijodiy salohiyati olimning tirishqoq fikrini uygotishdan ibo rat bo‘lib, bu har qanday bilimning jonli rivojlanishi, hara kati shaklidir. Gipoteza bu noma’lumdan ma’lumga, ehtimol tugilgan bilimdan haqqoniy bilimga, nisbiydan mutlaqqa o‘tish shakli demakdir.
Ilmiy ijod jarayonida yangi, Nils Bor ta’biri bilan ayt ganda, «telbanamo» gipotezalar ilgari surilmas ekan, bu fanda turg‘unlik hukm surayotganidan dalolat beradi: demak, ilmiy bilimning mazkur sohasida muammolar mavjud emas, ya’ni bilim rivojlanmayapti. Qarama karshi gipotezalar ilmiy bilish olamida yashab qolish uchun o‘zaro kurash olib borayotgan fan so hasida haqiqiy ijodiy muhit, ilmiy bilimning jadal o‘sishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yuqorida optikadagi ikki qarama qar psh gipoteza haqida keltirilgan misol kamida ikkita mantiqiy xulosachiqarish imkonini beradi: birinchidan, bu gipotezalarning birortasi ham optik hodisalarning butun rang barangligini to‘la tavsiflab berishga qodir emas; ikkinchidan, yoruglikning tabiati zarra yoki to‘lqinning od diy, ko‘rgazmali obrazidan ancha murakkab bo‘lib, prinsipial noklassik, kvant xususiyatiga ega.
Qarama qarshi ilmiy gipotezalarni ijodiy analizdan o‘tka zish, taqqoslash muhim metodrlogik xulosaga olib keladi: qara ma qarshiliklar, bir birini istisno etuvchi jihatlar va ten densiyalar bizning bilishimizga ham, hodisalarning tabiatiga xam xos, ya’ni bilish ham, hodisalar ham turg‘un emas, balki jo‘shkin, rivojlanuvchi, dialsktiqdir.
Olimning ijodiy, ammo amalda ancha murakkab vazifasi gipotezaning layoqatliligini asosyaab berish, uning asosiy faraz lari bejiz ilgari surilmagani, ular teran tadkiqotlar, musho hadalar, h ar xil faktlar, bilimlar va nazariyalarni taqqos lash natijalari ekanini ko‘rsatishdan iborat. Fanda gipoteza larni ilgari surshn va asosyaab berishda tadkiqotchining butun bilimi, iste’dodi, ijodiy imkoniyatlari namoyon bo‘ladi.
Ilmiy ijod jarayonida gipotezalarning to‘g‘riligi, zidsiyat sizligi bir necha karra sinovdan o‘tkaziladi. Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to‘g‘riligini tasdiklaydi yoki gipoteza xaqqoniy ilmiy nazariyaga aylanganini ko‘rsatadi. Bu ilmiy ijodning tantanasi, chinakam ilmiy kashfiyotdir. Ilmiy ijodda teran, mazmunli gipoteza ilmiy bilimning o‘sishi, fan da prognoz va bashorat qilish, ilmiy qonunni kashf etish va nazariya yaratish uchun pishiq poydevor bo‘lib xizmat kiladi.
( Gipotezalar ilmiy bilishda muhim evristik funksiyani ba jarib, bir biridan qxyidagilarga qarab farq qiladi:
• gipotezalar mazmunining umumiyligi darajasiga qarab 1) xususiy gipotezalar; 2) umumiy gipotezalar; 3) umumil miy yoki falsafiy gipotezalar);
• gipotezalarda aks etgan ob’ektlar darajasiga qarab; 1) mikroob’ektlar va ularning xossalari x.akidagi gipotezalar; 2) makroolamdagi x.odisalar va jarayonlar hakida gi gipotezalar; 3) megaob’ektlar haqidagi gipotezalar, masalan, Metagalaktikaning kelib chikishi haqidagi «Kat ta portlash» (V1§ ap§) gipotezasi);
• vakt omillariga karab 1) o‘tmish hodisalari, aytaylik, ta rixiy hodisalar hakida gipotezalar; 2) to‘liq axborot mav jud bo‘lmagan hozirgi zamon hodisalari hakida gipotezalar; 3) bo‘lg‘usi hodisalar haqida gipotezalar yoki ilmiy prognoz);
• gipoteza ob’ektining murakkab ierarxik va faoliyat kursa tuvchi tizim sifatidagi munosabatlarining o‘ziga xos ji hatlariga qarab 1) ob’ektning tuzilishi xaqida; 2) ob’ekt va uning kismlarining faoliyati hakida; 3) ob’ektning mav judligi maqsadlari haqida; 4) umuman ob’ekt haqida kompleks gipotezalar);
• ob’ektning mohiyatiga kirish darajasiga qarab 1) tavsi fiy gipotezalar; 2) tushuntiruvchi gipotezalar; 3) tizimli gipotezalar);
• ifodalash usuliga k.arab 1) mazmunli, rasmiylashtiril magan va umuman rasmiylashmaydigan; 2) rasmiylashtiril gan, masalan, matematik; 3) modelli;
• ijod jarayonidagi roliga qarab 1) faraz gipotezalar; 2) ishchi gipotezalar, ya’ni ilmiy nazariya «girgaklari»; 3) konstruktiv, tizimli rivojlantirilgan gipotezalar). U
Ilmiy ijodda gipoteza va gipotetik metodning o‘rni hakida gapirganda olimlar gipoteza— bu o‘zida erishilgan ilmiy bilimning darajasi bilan belgilanuvchi, amalda x ali tasdiklan magan yangi bilimni tashuvchi ilmiy asoslangan faraz ekanligi dan kelib chikadixGipoteza ilmiy ijodda bilimsizlikdan bi limga, nomukammal va nohaqqoniy bilimdan mukammal va X axk oniy bilimga, faktlarni o‘rganishdan ob’ekt mavjudligi ning ichki mantig‘ini bilishga, ilmiy nazariyani shakllantirish ga, bir nazariyadan bilimning yuqori darajasidagi boshqa nazariyaga utish shaklidir.)
Do'stlaringiz bilan baham: |