Hozirgi o‘zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-xronologik
ma’lumot.
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o/zbek adabiy tili XIXXX
asrlarda1 yoki XX asrning 20-yillarida2 shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning
yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan
bog‘lab O‘rganish maqsadga muvofiqdir. Undan oldingi davrlarda qo‘llangan yozuvlarni (sug‘d,
turkiy run, uyg‘ur va arab alifbolaridagi yozuvlarni) esa «qadimgi turkiy til», «O‘zbek tilining
1 Щербак А.М. К истории узбекского литературного языка древнего периода. // Сб. "Академику В.А.
Гордлевскому". – М.; 1953, 323-б
Яна қаранг: Мухторов А. Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихи. –Т.: "Ўқитувчи", 1995, 23-б.
2 Абдураμмонов Г., Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти. –Т.: "Ўзбекистон", 1995, 36-б.
Яна: Абдурахмонов G`., ШукуровШ. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент, 1973,19-б
tarixiy grammatikasi», «O‘zbek adabiy tili tarixi», «Eski o/zbek tili va yozuvi praktikumi»
kurslari doirasida ko‘zdan kechirgan ma`qul.
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi, bu
davrda o/zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik
tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan-kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, o/zbek yozuvining XX asr tarixi
to‘rt davrni O‘z ichiga oladi,
1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929)1.
2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940).
3-davr – rus grafikasiga asoslangan yillar (1940-1995).
4-davr – ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar
(1995-2005)2.
Birinchi davr, bu davrning 1917 yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga
qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e`tibor savod chiqarish, o‘qisho‘
qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi, shu maqsadda bir qator O‘quv-uslubiy
kitoblar yaratiladi, «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla
Avloniy, 1911), «Ikkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M.
Faxriddinov, 1913), «Rahbari soni» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jaev, 1916), «Imlo»
(Ashurali Zohiriy, 1916) kabi qo‘llanmalar shular jumlasidandir. Bunday kitoblarda yozuvni
isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad qilinmagan, ammo ularni yaratish, shular asosida savod
chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni soddalashtirish,
uning alifbosi va imlosini o/zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi sezila borgan,
bunday zarurat sezgisi esa, O‘ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
Yozuv tariximizning 1918-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish,
soddalashtirish, keyinroq esa ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining
yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi. Xususan,
1918-yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garakseminar
– «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va
qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati
Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu`basi» tashkil etiladi. Bu shu`ba o/zbek maktablari ishi
bilan shug‘ullanadi, xususan, ta`lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib
boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga
duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan.1
Do'stlaringiz bilan baham: |