1939-yilning 25-27-mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga
bag‘ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo‘lib ota’di, bu sessiyada garchi lotin grafikasidagi
O‘zbek orfografiyasining 1938-yil dekabr` oyida e`lon qilingan yangi loyihasi va uning
muhokamasi yakunlari ko‘rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tish
vaqti kelganligi alohida ta`kidlanadi. 1
1939-yilning 13-oktabrida Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti
tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi O‘zbek alifbosiga
ko‘chish masalasi ko‘riladi. Yig‘ilish qarorida bu haqda shunday deyiladi, «Biz, intelligentsiya
yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga
qo‘yishni tabriklaymiz va O‘z vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz.
Biz O‘zbekiston hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi
alifbega o‘tishni tezlashtirishni sO‘raymiz»2
Do'stlaringiz bilan baham: |