Bog'liq Òàÿí÷ ñ¢çëàð õ¢æàëèê èñîáè, ¢ë÷îâ òóðëàðè, õ¢æàëèê èñîáè òóðë
33Бухгалтерия ҳисобининг журнал ордер шакли. Таянч сўзлар : журнал ордер моҳияти, аҳамияти, юритиш тартиби. Buxgalteriya hisobining «Jurnal-order» shakli.
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo'lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtixishni talab etardi. 1940- yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab darajasiga ko'tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949- yilda esa sobiq sho'ralar Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o'tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me’yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini
jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo'ldi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgal teriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi prinsiplariga o'zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgal teriya hisobining memorial-order shakli qo'llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining «Jurnal-order» shakli boshlang'ich xo'jalik jarayoni ma’lumotlarini guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo'limlari bo'yicha xo'jalik
mulklari va jarayonlarini sintetik hamda analitik hisobi ta’minlanadi. Hisobot oyidagi dastlabki hujjat ma’lumotlarini tizimlab va jamlab hisobga olinishi kerak bo'lgan mablag' hamda xo'jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo'yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati qolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang'ich xo'jalik ma’lumotlari to'g'ridan-to'g'ri jurnal-order va yordamchi
vedomostlarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib
borishga mo'ljallangan. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming ba’zilarida bir turdagi xo'jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo'lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini tug'diradi. Oy davomidagi bir xil xo'jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa jamlangan ma’lumotlar jurnal- order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga ma’lumotlar aks etti- rilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, anahtik hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan:
—jurnal orderda xo'jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi; *>■
—iqtisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar bo'yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo'llaniladi;
—sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
—buxgalteriya hisobi xo'jalik jarayonlari ustidan nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsat- kichlarga ajratib aks ettirish;
—korresondensiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi;
—hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.
«Jurnal-order» shaklining qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyat- larga ega bo‘linadi:
—hisob ishlari osonlashadi;
—hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;
—hisob ishlari bo'yicha xarajatlari kamayadi;
—sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda- olib boriladi; —hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari yengillashadi.