Bog'liq Òàÿí÷ ñ¢çëàð õ¢æàëèê èñîáè, ¢ë÷îâ òóðëàðè, õ¢æàëèê èñîáè òóðë
30.Бухгалтерия ҳисобининг регистрлари. Таянч сўзлар: регистр, карточкалар, йиғма қайдномалар, гуруҳловчи қайдномалар, айланма қайднома, шахматли қайднома. Buxgalteriya hisobi registrlari —jurnallar, vedomostlar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarda tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag'lari hamda ularning tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxo- nalaming balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlaming nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zi uchun, balki uning balans hamda hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalaming buxgalteriya balansi va hisobotlaridan esa quyidagilar foydalaniladilar:
—korxonaning ichki boshqaruvi; —bank muassasasi;
—soliq inspeksiyasi;
—yuqori tashkilot
—kreditorlar;
— aksiyadorlar;
—ta’sischilar va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan bank muassasasi, soliq inspeksiyasi, yuqori
tashkilot, kreditorlar, aksiyadorlar, ta’sischilar va boshqalar tashqi foyda- lanuvchlar deyiladi.
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlarining turlari (shakllari) o'rganilayotganda, ularning quyidagi xususiyatlariga e’tibomi berish kerak:
—tashqi ko‘rinishi;
—ularda aks ettiriladigan yozuvlarning turliligi; —ma’lumotlaming hajmi.
Hisob registrlari tashqi ko'rinish xususiyatlariga ko'ra quyidagicha
turkumlanadi:
—daftarlar yoki kitob shaklidagi («kassa daftari», «bosh daftar»); —kartochka shaklidagi;
—varaqlar yoki vedomostlar shaklidagi.
Kartochkalar, asosan xo'jalik mablag1larining analitik hisobi uchun
qo‘llaniladi. Kartochkalaming kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o'lchovi (qiymat)da hisobi yuriti- ladigan xo'jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar bo'yicha oborotlarni aniqlashda asos bo'ladi.
Quyida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» va «Asosiy vositalar» analitik hisoblari uchun qo'llanadigan kartochkalar ko'rib chiqiladi. Ushbu kartochkalar ma’lumoti analitik hisob haqidagi ma’lumotlarda keng yoritilgan.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko'ra 3 xil bo‘ladi: 1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki,
undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va sum- masining xronologik tartibi aks ettirilib boriladi.
Masalan, «Jarayonlarni ro'yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo'lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘l- laniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarning ma’lum bir belgilari bo'yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo'ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlama yozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo'yilgan.
Buxgalteriya daflarlari bir yilga mo‘ljallangan bo'lib, hamma betlari raqamlanadi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olish zarur. Masalan, savdo korxonasining chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladinAytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritila- digan schyotlaming aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarining boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan iborat:
—hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi; —hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi. Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
—buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga
qo'yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o'zlariga biriktirilgan schyotga tegishli ma’lumotlami aks ettirish uchun daftar bo'slia- shini kutishi kerak bo'ladi;
—buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hi^ob ishlarining mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi;
—buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit beradi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlaming afzalligi quyidagilardan iborat:
—hisob ishlari ixchamlanadi;
—buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqar- tiradi;
—xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan hamda kombi- natsiyalashtirilgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo'ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar hajmiga ko'ra ikki turga ajratiladi:
1. Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo'ljal-
langan bo'lib, ularga bosh daftar, jarayonlami ro'yxat qilish jumali, jumal-orderlar va boshqalar misol bo'ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo'llanilib, ularga materiallar, asosiy vositalar, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar va boshqa mulklar hisobi bo'yicha yuritiladigan kartoch kalar misol bo'ladi.