35.Бухгалтерия ҳисоботи ва унинг моҳияти.
Таянч сўзлар: ҳисобот тақдим этиладигин корхоналар, ҳисобот шакллари, ҳисобот олдига қўйилган талаблар.
Ma’lum bir davrga hisob ko'rsatkichlarini umumlashtirish hisobot deb atalib, unda korxona moliya xo‘jalik faoliyatining natijasi va ma’lum bir davrga reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi buxgalteriya, statistik va operativ-texnika hisobi ma’iumotlariga asoslanib tuziladi.
Hisobot kundalik hisob ma’lumotlarini hisoblash va guruhlash yo‘li bilan bir necha shakllarda tuziladi. Uning shakllarida hisobot davridagi faqat haqiqiy ma’lumotlargina emas, balki o‘tgan davr ma’lumotlari ham ko‘rsatiladi.
36.Ҳисобот турлари ва уларнинг мазмуни.
Таянч сўзлар: ички ҳисобот, ташқи ҳисобот, жорий ҳисобот, оператив, статистик, бухгалтерия ҳисоботи.
Hisobotdan korxona rahbarlari, xo‘jalikni boshqarishning barcha tashkilotiari va tashqi, foydalanuvchilar (investorlar, aksiyadorlar) to monidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablaiga javob berishi kerak:
1. Korxona ishini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish.
2 . 0 ‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlaiga kechiktirmasdan topshirish.
3. Hisobot ko‘rsatkichlarming reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini
aks ettirish va ularni taqqoslash.
Reja va hisob ma’lumotlari o‘z iqtisodiy mazmuni hamda hajmiga
ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. Bunday taqqoslilikni ta’minlash uchun quyidagi sharoitlar zarur:
a) o'tgan davr xronologik davrning mos kelishi hisobotda va hisob ma’lumotlari ma’lum bir davmi yoki ma’lum bir vaqtni aks ettirishi lozim;
b) o'tgan davr va joriy davr obyektlarining bir xil guruhlanishi;
d) o'tgan davr va joriy davr hisob guruhlarining bir xil usulda aniqlanishi. Bunday bir xillikni ta’minlash uchun maxsus yo'l-yo'riqlar ishlab chiqilgan. Masalan, shunday yo'l-yo'riqlardan biri chakana tovar oborotni rejalashtirishni hisoblash, tovarlar qiymatini kalkulatsiya qilish;
e) bahoning bir xilligi.
4. O'tgan davr ko'rsatkichlari bilan hisobot davri ko'rsatkichlarini taqqoslash.
Hisobot va hisobot ma’lumotlarining haqiqiysi bilan to'g'ri kelishini inventarizatsiya yo'li bilan tekshirib turiladi, bu esa ko'rsatkichlarni haqiqatdagisi bilan to'g'ri aniq va obyektiv bo'lishini ta’minlaydi.
Moliya hisobotining tayyorlash jarayonini xalqaro amaliyotda 4 ta jarayonga bo'lish qabul qilingan. Birinchi bosqichda barcha xo'jalik jarayonlari yoppasiga hujjatlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda, hisob ma’lumotlari buxgalteriya hisobi schyot larida (sintetik va analitik) hisob registrlarida guruhlangan holda aks ettiriladi.
Uchinchi bosqichda hisobot shakllari tashkil topadi.
To'rtinchi bosqichda korxona faoliyati hisobot ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi va faoliyatga baho beriladi. Ko'rsatilgan 4 bosqich, yagona tizim deb qaralishi lozim. Bu buxgalteriya hisobi xalqaro standartining talabidir.
Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko'rsatkichlarini olish manbayiga ko'ra hisobotning quyidagi ikki turi mavjud:
1. Buxgalteriya hisoboti.
2. Statistika hisoboti.
Buxgalteriya va statistik hisobot awalgi xo'jalik yuritish tizimida
bitta davlat hisoboti deb qaralar edi. Ular asosan yuqori tashkilotlarga, moliya organiga, bank muassasasiga, statistik organlarga topshirilar edi. Bunday sharoitda buxgalteriya hisoboti va statistik hisobot o'rtasidagi farq sezilmas edi.
Buxgalteriya hisobotida asosan umumiy ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Masalan, korxona mablag'lari, balans foydasi va hokazolar.
Statistika hisoboti esa absolut miqdorlar bilan birga nisbiy va o'rta miqdorlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, foizlaming o‘sish darajasi, o'rtacha daraja u yoki bu ko‘rsatkichlarning o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Buxgalteriya hisoboti xo'jalik faoliyati haqidagi asosiy ta’minot manbayidir. U birinchidan, korxonaning o'ziga kerakdir. Ikkinchidan korxonada ishlamaydigan shaxslarga (aksiyadorlikja’miyatlarida), ya’ni o‘z mablag'ini ulush sifatida qo'ygan aksiyadorlar va boshqa kredi- torlarga zarur. Uchinchidan, hisobot davlatning soliq va boshqa organlariga kerak.
Buxgalteriya hisoboti awalom bor korxona mulki tarkibini hamda korxona moliya natijalarini xarakterlaydi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo'ladigan hisob-kitoblar, moliya organlari va bank muassasalari bilan bo'ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to'liq berilishi shu bilan xarakterlanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy obyekt deb qaraladi.
Statistika hisoboti o'z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishni qo'yadi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustaqil obyekt emas, balki butun xo'jalikning bir qismi deb qaraydi. Statistika hisoboti hudud, tarmoq bo'yicha ma’lum bir ko'rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilib, ular to'g'risida ma’lumot beradi. Shunga qarab, statistika hisoboti shakllanib boradi.
Hisobot xo'jalikdagi ahamiyatiga qarab quyidagi ikki turga bo'linadi: —umumdavlat hisoboti;
—korxona ichidagi hisobot.
Umumdavlat hisoboti Moliya Vazirligi va Davlat Statistika qo'mitasi
tomonidan belgilangan shakl hamda tartibda tuziladi va tegishli organlarga o'z vaqtida topshirilishi lozim bo'ladi.
Korxona ichidagi hisobot esa qisqa bo'lib, shu korxona iehida foydalaniladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tadbirlami amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hisobot. Bu hisobotlar korxona rahbari, bosh buxgalter belgilagan muddatda tegishli bo'limlarga, ya’ni boshqaruv bo'limiga asosan, buxgalteriya bo'limiga topshirilishi lozim.
Hisobotda bir korxona ko'rsatkich ma’lumotlari yoki bir necha korxona ko'rsatkich ma’lumotlari ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. Demak, shu xususiyatiga ko'ra hisobotni quyidagi ikki turga ajratish mumkin:
—dastlabki hisobot;
—yig'ma hisobot.
Yig‘ma hisobot birlashmalar, assotsiyasiyalar, aksiyadorlikjamiyatlari,
bosh boshqarmalar, vazirliklar tannoqning boshqa yuqori tashkiloti tomonidan tuziladi.
Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga ko‘ra esa quyidagi turlarga ajratish mumkin:
—yil ichidagi (davomidagi) hisobot;
—yillik hisobot.
Yil ichidagi hisobot esa oylik, choraklik va yarim yillik bo‘ladi. Yillik hisobot shakllari quyidagilardan iborat:
1. Korxona balansi (1- shakl).
2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot (2- shakl).
3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot (3- shak).
4. Pul mablagiari haqida hisobot (4- shakl).
5. Xususiy kapital haqida hisobot (5- shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |