Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashina- larini qo'llashga asoslangan.
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ulami xo'jalikning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samara- dorligini oshirish maqsadida hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish natija sida Buxgalteriya hisobining «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakli vu-
judga keldi.
Hisob ishlarida EHM lardan foydalanish yordamida quyidagi imko-
niyatlar yaratiladi:
—hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi; —hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi; —hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi;
—hisob ma’lumotlaridan foydalanishning operativligi ta’min-
lanadi;
—moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishi
ladi;
—korxonalar mulklarining saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi; —hisob ishlari bilan bog'liq xarajatlar kamayishiga erishiladi. Buxgalteriya hisobining «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakli asosida
buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementi sifatida hujjatlashtirish yotadi.
Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarining ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda, fleshkalarda.
Buxgalter ish joylarining kompyuter bilan ta’minlanishi avtomat- lashtirilgan ish joylari (AlJ)ni yaratilishiga asos bo‘ladi.
EHM lardan buxgalteriya hisobi ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo'jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlami qo'llash yordamida bajariladi. Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo'jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ hal etishni tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’-
minlaydi.
Shuningdek, chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qarorlar
bajarilishi ustidan nazoratning operativligi ham BAT tizimi yordamida ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foyda lanish natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval - av- tomatlashtirilgan shakli kompyuter,jdasturlaridan foydalanishga asos- langan.
Kompyuterlami hisob ishlariga mo'ljallangan dasturlari hisob registr- larini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan dasturlami tayyorlash, ulami qo'llashga doir texnologik va qo'llash ko'rsatmalari ham ushbu shakldagi bosqichlardan hisob lanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko'ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyi (AlJ)da buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko'ra,
bu hisob registrlari jurnal-orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo'lishi mumkin.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarining hajmi, hisob xodimlarining soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar xo'jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko'rsatmalariga rioya etishlari shart.