Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari
iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm
kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati)
mutaxassisligi 2-kurs magistranti Raxmatullayeva Azizaning 3-4-semestr
davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok
etildi:
2021-yilning 4- noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ochiq dars o’tkazildi. Unda Davlat statistika
qo‘mitasi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda joriy yilning 1–25- noyabr kunlari sinov tariqasida o‘tkaziladigan
aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shu
yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning
mazmun-mohiyati hamda yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo sohasida
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi
Dastlab aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Davlat
statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish
boshqarmasi xodimi
Sidiqov Olimjon Abdiraximov
mavzu bo‘yicha batafsil
ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, ochiq dars davomida yurtimizda tashqi savdo
statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham fikr-
mulohaza bildirildi. Qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo
statistikasi boshqarmasi boshlig‘i
Botir Ergashev
mavzu bo‘yicha
ma’lumot berdi
Davra suhbatida Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari talabalar
tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg’a qilindi
Kafedra mudiri: Qodirova. Z.A
Ilmiy rahbar: G`ulomova. G
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari
iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm
kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati)
mutaxassisligi 2-kurs magistranti Raxmatullayeva Azizaning 3-4-semestr
davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok
etildi:
2021-yil 11-noyabr kuni “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va turizm” fakulteti
"Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi tomonidan ZOOM platformasida
vebinar shaklida navbatdagi ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turkiy xalqlar
tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi dosenti, iqtisod fanlari nomzodi
Xolmatov Nemat Boymirzaevich
“Yangi institusionalizm yondoshuvlari”
mavzusi
bilan ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirga kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar va
mustaqil tadqiqotchilar, hamda 1 va 2 kurs magistrlari, ishtirok etish etishdi.
Mazkur ilmiy seminarda zamonaviy institutsional yondashuvlarning iqtisodiy
mohiyati va nazariy asoslari,ularning zamonaviy tasnifi,mazkur masla doirasidagi
nazariy yondashuvlar hamda dunyoda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va
mavjud muammolarni hal qilish yo’llarida to’xtalindi.Shundan so’ng,seminar
ishtirokchilari tomonidan bir qator savollar berildi hamda fikrlar almashilindi.
Kafedra mudiri: Qodirova. Z.A
Ilmiy rahbar: G`ulomova. G
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari
iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm
kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati)
mutaxassisligi 2-kurs magistranti Raxmatullayeva Azizaning 3-4-semestr
davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok
etildi:
2021-yil 22-noyabrda “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” va “Tashqi
iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedralarining birlashgan ilmiy seminari bo’lib o’tdi.
Seminarida:
“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi katta o’qituvchisi Sattikulova
Gavharniso Ahmadxanovnaning 08.00.04 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha
“O‘zbekistonda ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish tizimini
takomillashtirish yo’llari”;
“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi o’qituvchi-stajeri Qodirjonov
Adxamjon Muxtorjon o’g’lining 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi
bo’yicha “Farg’ona viloyati eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo’llari”
mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlarining muhokamasi o‘tkazildi.
Kafedralarning birlashgan ilmiy seminari “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti,
siyosati va turizm” fakulteti binosi (Oybek metrosi) 7-qavatida, 714-media xonasida
bo‘lib o‘tdi.
Muhokam judayam qiziqarli va yangiliklarga boy tarzda o’tdi.Seminar
yakunida ilmiy daraja olishga davogar ustozlarga Professor ustozlar tomonidan
tegishli taklif va ko’rsatmalar berildi.
Kafedra mudiri: Qodirova. Z.A
Ilmiy rahbar: G`ulomova. G
2021-yil 22-noyabr. “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi o’qituvchi-stajeri
Qodirjonov Adxamjon Muxtorjon o’g’lining iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokamasida nutqidan.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari
iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm
kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati)
mutaxassisligi 2-kurs magistranti Raxmatullayeva Azizaning 3-4-semestr
davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok
etildi:
2021-yil 4-dekabrda
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Pandemiya
sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyat: muammo va yechimlar (xorij mamlakatlari tajribasi)” mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Xorijiy va Respublika OTMning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, soha
mutaxassislari, doktorant va magistrlar ishtirok etgan tadbirda pandemiya davrida jahon iqtisodiyoti
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, milliy xo‘jaliklar tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish,
“Covid-19” pandemiyasining mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati rivojiga ta’siri va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari, turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari haqida so‘z
bordi.
Ta’kidlanganidek, 2020 yilning o‘rtalaridan boshlab davlatlar yangi sharoitda tashqi
iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini tartibga solish borasida birin-ketin me’yoriy-huquqiy xujjatlarni
qabul qila boshladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarning yopilishi hukumatlar tomonidan oziq-
ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarning qo‘yilishiga, tibbiyot va agrar
sohadagi muhim strategik mahsulotlarni eksport va import qilish bo‘yicha qo‘shimcha shartlarning
qo‘llanilishiga olib keldi.
Shu bois pandemiya sharoitida va undan keyingi davrda tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, bu borada xorij
mamlakatlari tajribasidan foydalanish imkoniyatlari masalasida taklif, ilmiy va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur. Mazkur anjuman ayni maqsadda tashkil etildi.
Olimlar, soha mutaxassislari ushbu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar va
maqolalari bilan ishtirok etdi. Oqibatlar tahlil etilib, taklif va yechimlar o‘rtaga
tashlandi. “Covid-19” pandemiyasining mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati rivojiga
ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, yangi sharoitda xalqaro turizmni
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Kafedra mudiri: Qodirova. Z.A
Ilmiy rahbar: G`ulomova. G
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari
iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm
kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati)
mutaxassisligi 2-kurs magistranti Raxmatullayeva Azizab 3-4-semestr
davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok
etildi:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti,
siyosati va turizm fakultetida iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʼllab-
quvvatlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda
ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2022-yil 17-mart kuni
anʼanaviy “Yoshlar va ilm-fan” respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani
oʼtkazildi.Anjumanda men ham o’zimning “Markaziy Osiyo mamlakatlarida
mehnat migratsiyasi jarayonlari” nomli ilmiy maqolam bilan aktiv ishtirok etdim.
Mazkur anjuman ayni maqsadda tashkil etildi. Olimlar, soha mutaxassislari
ushbu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar va maqolalari bilan ishtirok etdi.
Oqibatlar tahlil etilib, taklif va yechimlar o‘rtaga tashlandi. “Covid-19”
pandemiyasining mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati rivojiga ta’siri va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari, yangi sharoitda xalqaro turizmni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari va imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Kafedra mudiri: Qodirova. Z.A
Ilmiy rahbar: G`ulomova. G
Do'stlaringiz bilan baham: |