Tayanch so`z va iboralar



Download 167,2 Kb.
bet6/6
Sana25.01.2023
Hajmi167,2 Kb.
#902849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Neftni katalitik krekingi.

14.6- jadval
Neftni qayta ishlashzavodlarida katalitik texnologiyalaridan foydalanish

Neftni qayta ishlash zavodlarida katalitik jarayonlar
(2006 y.)

Import katalizatorlaridan bog`liqlik, %, va ularning umumiy sarfi, ming t/yil

Katalitik kreking
Riforming
Neft fraktsiyalarini gidrotozalash
Gidrokreking
Izomerlanish

80 va 18, shu jumladan flyuid 11
70 va 3,5
70 va 6-8
100 va 0,5
70 va 0,5


Katalitik kreking qurilmalari. Harakatlanuvchan sharikli amorf katalizatorli birinchi qurilma bo’lib 43-1 turidagi qurilma bo’lgan, uning rivojlantirilgan varianti bo’lib 43-102 turi bo’ldi, keyinchalik 1B, 1A, 1A/1M, 43-103, 43-103M, 43-104 turidagi FKK qurilmalari, shuningdek dastlab mikrosferik amorf katalizator asosidagi kombinatsiyalangan qurilma GK-3 katalizator bloki ishga qo’yildi, keyinchalik qurilmalar mikrosferik kristallik katalizator uchun modernizatsiya qilindi. G-43-107 kombinatsiyalangan qurilmasi xom-ashyoni gidrotozalash blokiga, FKK blokiga va rektifikatsiya blokiga ega.
So’nggi yillarda dunyodagi neftni qayta ishlah zavodlarida mikrosferik katalizator mavhum suyultirilgan qatlamida katalitik kreking yangi qurilmalarini yaratish bo’yicha texnik va tijorat faolligi FKK qo’llanilish butun davri uchun krekin yuqori darajaga chiqdi. Dunyoda FKK qurilmalari bilan 330 dan ortiq neftni qayta ishlah zavodlari jihozlangan, bunda FKK qurilmalarining umumiy quvvati yiliga taxminan 1000 mln. t ni tashkil qiladi. G`arbiy Yevropa mamlakatlarida neftni qayta ishlash hajmida katalitik kreking taxminan 16 % ni tashkil qiladi, Yaponiyada– 17%, AQSh da– 36%, Rossiyada esa - 6 %. 1980-1990 yillarda xom-ashyoni nazorat qilinadigan katalitik kreking (kata­litik reaktsiyalar - asosiylari, termik reaktsiyalar esa minimal) asosida benzin fraktsiyalarga o’zgartirish (konversiya) davrida selektivlikni oshirish maqsadida FKK jarayoni «UOP», «Kellogg», «Shell», «ABB Lummus», «Stone Webster» va boshqa firmalar tomonidan sezilarli mukammallashtirilgan edi. Bunda lift-reaktorni va yuqoriroq zichlikdagi katalizatorda ishlash uchun xom-ashyo kiritilish uzelini mukammallashtirish hisobidan, shuningdek «UOP» firmasining X-simon texnologik sxemasidan (mo’riga faolligini hali yo’qotmagan sovuqroq ishlangan katalizator kiritilib, bu katalizatorning xom-ashyoga sirkulyatsiyasi sonini va xom-ashyoning o’zgarishi darajasini oshirish imkonini beradi) foydalanish hisobidan jarayonning yuqori ishchi ko’rsatkichlariga erishiladi. «UOP» firmasi tomonidan benzin chiqishini oshirish maqsadida qilingan oxirgi ishlanmalaridan biri millisekunddagi katalitik kreking «MSCC» (14.5-rasm) jarayoni bo’lib, unda xom-ashyoning katalizator bilan dastlabki kontakti juda qisqa vaqt mobaynida va lift-reaktordan foydalanmagan holda amalga oshiriladi. FKK benzini komponentini yaxshilash va uni ekologik toza benzin normativlarigacha ko’tarish uchun qo’shimcha texnologik choralar qo’llanilib, bu so’nggi yillarda tadqiqotlarda erishilgan natijalar sababli imkoniyati paydo bo’ldi. Jumladan, «Mozir NQIZ» OAJ da «MSCC» modelidagi katalitik kreking yangi o’rnatilgan qurilmasi muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.




14.5-rasm. Katalitik krekingning reaktor-regenerator bloki (UOP MSCC jarayoni): 1 - reaktor; 2 - regenerator; 3 –regeneratsiyalangan katalizatorning maxsus lyuki; 4 -
issiq katalizatorni stripperga maxsus lyuki; 5 –ishlangan katalizatorning maxsus zadvijkasi; 6 –sirkulyatsiyalanadigan katalizatorning maxsus lyuki.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, ushbu bobda termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida uglevodorodlarni o‘zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar, reaksion kamerali visbreking qurilmasi bayoni, mazutni destruktiv haydash texnologik jarayoni bayoni, termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi bayoni va katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari haqidagi ma`lumotlar keng yoritilgan.


Xorijiy adabiyotlarga havolalar.

  1. Håvard Devold. Oil and gas production handbook. An introduction to oil and gas production, transport, refining and petrochemical industry Edition 3.0 Oslo, August 2013. Р.154.

  2. Капустин В.М., Рудин М.Г. Химия и технология переработки нефти. – М.: Химия, 2013. –495 с.

Download 167,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish