FKK texnologik jarayoni printsipi (14.4-rasm). Lift-reaktor yuqoriga qarab o’zgaruvchan kengayadigan vertikal silindrik yuk ko’targich bo’lib, diametri 1,0-1,4 m, balandligi 25- 30 m va undan yuqori bo’ladi. Lift-reaktor pastki qismiga regeneratordan 600-650 °S haroratdagi katalizator oqimi yuboriladi. Katalizator oqimiga dastlab issiqlik almashinish qurilmalarida va quvurli pechda 250-300 °S gacha isitilgan xom-ashyo purkaladi (masalan, 280-320 °S haroratdagi va 0,4-1,0 mPa bosimdagi suv bug`i bilan). Yuqoriga chiquvchi katalizator va xom-ashyo bug`i aralashmasi mavhum suyultirilgan oqimida 500-520 °S haroratda 2,0-3,5 soat davomida xom - ashyo o’zgarishining barcha reaktsiyalari (yuqori molekulyar uglevodorodlar krekingi, alkanlar izomerizatsiyasi, sikloalkanlarni arenlarga degidratlash orqali aromatizatsiyasi va boshq.) kechadi. Lift-reaktor ustida ancha kattaroq diametrdagi an’anaviy reaktorning o’zi joylashadi. Reaktorda mavhum suyultirilgan oqimda reaktsiya jarayoni tugaydi, reaktorning separatsiyalash zonasida reaktsiya mahsulotlari katalizatordan ajratiladi va rektifikatsiya blokiga uzatiladi. Reaktorning bug`latib chiqarish sektsiyasida katalizatordan suv bug`i yordamida uglevodorodlar ajratiladi, va ular qiya mo’ri bo’ylab qurilmaning balandligi 80 m, diametri 8-9 m va balandligi 15-20 m bo’lgan regeneratoriga uzatiladi. Regeneratorda katalizator sirtidan koks (uning miqdori 1% atrofida bo’ladi) yondirib chiqarilishi amalga oshiriladi. Koksning katta molekulalari seolit saqlagan katalizatorlarning ichki g`ovaklariga kira olmaydi. Koks yondirilishi shuningdek mavhum suyultirilgan oqimda regenerator pastki qismidagi taqsimlash panjarasiga bosim bilan havo uzatish qurilmasi orqali yuboriladigan 160-200 °S haroratdagi issiq havo yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Regeneratsiyalangan katalizatorda koks miqdori - 0,02-0,05 dan 0,1 mas. % gacha bo`ladi. 600-650 °S haroratli regeneratsiyalangan katalizator qiya mo’ri bo’ylab lift-reaktorning pastki qismiga yuboriladi. Shunday qilib, katalizator 5-12 kg/kg xom-ashyo tezlikda uzluksiz sirkulyatsiyalanib, butun siklni 15-18 min ichida bajaradi va bu vaqt ichida u faqat bir necha sekund davomida lift-reaktorda bo’ladi. Koks yondirilishida hosil bo’lgan 750-780 °S haroratli tutun gazlari katalizator zarrachalarini saqlab qoladigan siklonlar orqali chiqadi, suv bug`ini olish uchun qozon-utilizatordan, katalizator changidan mayin tozalash uchun elektrofiltrdan va boshqa issiqlik ishlatuvchi qurilmalaridan o’tadi.
Reaktsiyaning bug`-gaz mahsulotlari murakkab rektifikatsion kolonnaning pastki qismiga o’tib, uning quyi sektsiyasida kaskad tarelkalarda suyuq sirkulyatsion sug`orish reaktsiya mahsulotlaridan katalizatorni yo’qotadi (“suv bilan yuqib chiqaradi”), va uni 500 °S dan 350-380 °S gacha sovitadi. Rektifikatsion kolonnaning boshqa yuqori sektsiyalari reaktsiya mahsulotlarini gaz va suyuq fraktsiyalarga: benzin fraktsiyasi, og`ir va yengil gazoyllarga ajratadi. Katalitik kreking gazi (xom-ashyoning 16-20 mas. %) C1-C2 uglevodorodlardan (gazning taxminan yarmi) va olefinlar - etilen, propilen, butilen, shuningdek etan, propan va butandan iborat bo’ladi. Odatda C1-C2 uglevodorodlar deetanlashtiriladi, ajraladigan propan-propilen (PPF) va butan-butilen (BBF) fraktsiyalari esa alkillash uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Katalitik kreking gazida vodorod (3-4 mas. %) va vodorod sulfid (0,1 mas. %) saqlanadi. Benzin fraktsiyasi C5 - 195 °S (xom-ashyoning 40-50 mas. %) oktan soni 93-96 ga ega bo’lishi mumkin, va u tovar benzinning qimmatli komponenti bo’lib hisoblanadi. Setan soni 38-40 bo’lgan yengil gazoyl 195-350 °S (15-20 %) tovar dizel mahsulotlari komponenti bo’lib xizmat qiladi. Og`ir gazoyl 350-420 °S (5-9 %) –aromatik birikmalar kontsentrati (60-80 %) bo’lib, texnik uglerod ishlab chiqarish uchun yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. 420 °S dan yuqori qoldiqlar (xom-ashyodan 1-3 mas. %) shlam (katalizator changi) ajratib olinganidan so’ng qozonxona yonilg`isi uchun komponent sifatida ishlatiladi.
Xom-ashyo resurslari mavjudligidan, xom-ashyodan maksimal miqdorda oktan soni bir oz pasaygan bo’lsa ham benzin fraktsiyasi olish boshlang`ich maqsadlaridan, mavjud katalizator xossalaridan bog`liq ravishda krekingda retsikl –kreking mahsulotlarining bir qismining yangi xom-ashyo bilan aralashmada retsirkulyatsiyasi jarayoni ishlatiladi yoki ishlatilmaydi. Retsikl sifatida, masalan, toza xom-ashyoga 10-25 % miqdorda og`ir va kam holatlarda yengil gazoyllar, shuningdek qoldiq – katalizator saqlagan shlam ishlatilishi mumkin (birinchi avlod katalizatorlarida restikl karraligi 50-150% ni tashkil qilardi). Zamonaviy katalizatorlarda benzin fraktsiyasi 78 hajm. % gacha chiqishida xom-ashyoning reaktordan birinchi marotaba o’tganda o’zgarishi chuqurligi (darajasi) yuqori (70- 80 hajm. %) bo’lishi mumkin (“nazariy” chegara 85% ni tashkil qiladi), shuning uchun ko’p hollarda toza xom-ashyoni retsiklsiz krekingi amalga oshiriladi. FKK qurilmalarining xom-ashyo bo’yicha unumdorligi keng diapazonlarda o’zgaradi (0,3-0,9 dan 2,5 va hatto 4-5 mln t/yil gacha). 10-18 m balandlikda reaktorlar diametri 4-14 m, 12-30 m balandlikda esa regeneratorlar diametri 6-18 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |