Qoldiq xom-ashyo krekingi uchun yangi maxsus katalizatorlar ham ishlatiladi, biroq ular FKK boshqa katalizatorlaridan ancha qimmatroq turadi. Neft qoldiqlarini (shu jumladan mazutni) gidrotozalash va gidrometallsizlantirish (yumshoq rejimda gidrokreking) usullari, ayniqsa neftni dunyo bo’ylab qazib olish hajmida og`ir neftlar ulushi oshishini hisobga olsak, FKK qo’llnilishi imkoniyatlarini kengaytiradi. Biroq gidrogenizatsion jarayonlar uchun ortiqcha vodorod manbalari muammolari, turli mamlakatlarda yonilg`i energetik balans farqlanishi, turli nohiyalardagi u yoki bu yonilg`iga bo’lgan har xil talablar neft fraktsiyalarini qayta ishlash jarayonlarining u yoki bu ikkilamchi jarayonlarini tanlashga kuchli ta’sir ko’rsatadi, chunki ko’rsatilgan jarayonlarning birontasi ham absolyut afzalliklarga ega bo’la olmaydi.
Kreking katalizatorlari. Turli avlodlarga mansub mahalliy katalizatorlar ko’p jihatdan xorijiy katalizatorlarga o’xshab ketadi, chunki ularni mukammallashtirish asosan aynan bitta yo’nalishda amalga oshiriladi. Xorijiy firmalar o’zlarining yangi katlizatorlari tarkib sirlarini va olinish usullarini juda qat’iy yashirishadi, shuning uchun mahalliy tadqiqotchilar kreking katalizatorlarini o’zlari mustaqil ravishda ishlab chiqishdi. Katalizatorlar faollik va selektivlik, barqarorlik (faollik va selektivlik paytida saqlanib qolish), g`ovakli va solishtirma sirt, ezilishga va yeyilishga mexanik mustahkamlik yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lishi lozim. Katalizatorlar bir xil faza tarkibiga, berilgan o’lchamdagi g`ovaklarga, eng tor granulometrik tarkibga (zarrachalar o’lchamlarining maksimal bir xilligiga) ega bo’lishi lozim.
Katalizatorlar komponentlari va ularni tayyorlash texnologiyasi ayniqsa yirik ishlab chiqarish hajmlari uchun arzon bo’lishi lozim. Turli avlodlarga mansub krekingning seolit saqlagan mikrosferik katalizatorlari soni ancha ko’p: KMЦ, KMЦR, AShNЦ-3, 6 va 12, Seokar-2 va 2a, Mikroseokar-5 va 8, RSG-2st, Durabead-5, 8 va 9, XZ-36, PCZ, CCZ-22 va 44, DHZ-15 va boshq. shular jumlasidandir. Bular yuqori g`ovakli alyumosilikatlar bo’lib, o’rtacha diametri 0,05-0,10 mm bo’lgan mikrosferik zarrachalar ko’rinishidagi X va Y turdagi 15-20 % seolit yoki uning modifikastiyalarini saqlaydi. Seolit saqlagan kristallik katalizatorlar sintetik seolitlar - alyumokremniy tuzlar Al2O3 • SiO2 asosida tayyorlanadi. Bunda Al2O3 miqdori 13-50 mas. % va SiO2 miqdori 63-85 mas. % bo’lishi mumkin. X va Y turdagi seolitlarda kirish teshiklari o’lchamlari 1 nm atrofida (nanoo’lchamlar), ichki g`ovaklar o’lchamalri esa 6-9 nm bo’ladi. Katalizatorlarning 100 - 450 solishtirma sirtda solinma zichligi 600-800 kg/m3gacha bo’ladi, biroq ko’pincha bu ko’rsatkich 250 m2/g ni tashkil qiladi. Zamonaviy kristallik katalizatorlar 760-780 °S haroratgacha barqaror bo’lishi mumkin. So’nggi yillarda o’ta yuqori kremneziyli seolitlar juda ko’p ishlatilib, ular sanoat katalizida katta inqilobni chaqirishdi (AQSh da ular ZSM firma nomiga ega). Jahon bozorida ko’p sonli ishtirokchilar orasida katalizatorlarning eng katta partiyalarini qo’yidagi firmalar sotishadi: «Grace Davision» (AQSh) - 72 % gacha, «Akzo-Nobel» (Gollandiya) - 18 % va «Enhelhard» (AQSh) - 10 %. Shuningdek kreking katalizatorlari boshqa ishlab chiqaruvchilari - «Mobil Oil», «Union Carbide», «Akzo Chemie» va boshq. firmalar ham ma’lum. Xususan, 1992 yildayoq «Mobil Oil» (AQSh) firmasi 2-10 nm (nanoo’lchamlar) o’lchamdagi g`ovaklarni saqlagan seolitlarning yangi sinfini sintezlagan bo’lib, ularning asosidagi ZSM5 markali katalizatorlar yuqori selektivlikka ega katalizatorlarni ishlab chiqarish uchun katta hissa qo’shdi. Rossiya 2006 yilda neftni qayta ishlash zavodlariga ega 125 mamlakat orasida neftni qayta ishlash katalitik texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha 60 o’rinda turardi («Lukoyl» OAJ ma’lumotlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |