Tayanch so‘z va iboralar



Download 221,48 Kb.
bet5/6
Sana11.01.2022
Hajmi221,48 Kb.
#353097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomobil yo`llari

Tayanch so‘z va iboralar: Turkiston o‘lkasidagi shahar yo‘llari, yo‘llarni rivojlanishi, yo‘l tarmog‘i, iqtisodiy rivojlanish, avtomobil, yo‘l qonstruksiyasi, chaqiqtoshli qoplamalar, qattiq qomlamali yo‘llar, engillashtirilgan yo‘l qoplamalari, yo‘llarni rivojlanishi.

Inqilobdan oldingi davrda Turkistonning yo‘l xo‘jaligi. Podsho xukumati Turkistonda mustamlakachilik siyosatini olib bordi, buning natijasida bu erda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ushlanib qoldirilgan edi, buning oqibati esa aholining moddiy va manaviy xolatida o‘z aksini topdi, shuningdek suniy ravishda yo‘l qurilishi va yo‘l tarmog‘ining yaxshilanishi to‘xtatildi.

Amalda shaharlar va aholi yashash joylari orasida yo‘llar bo‘lmagan, u quduqdan bu quduqgacha karvonlar harakatlanishi uchun yo‘l bo‘lgan va cheksiz cho‘l dengizi va sahrolar bo‘ylab hamma yo‘nalishlar bo‘yicha yurishgan 19-rasm.

Aholi tomonidan quduqlarni tozalash va ularni tuzatish ayrim ishlarini bajarishini xisobga olmaganda karvon yo‘llari deyarli hech kim tomonidan saqanmagan.

Agar ularni yo‘l deb hisoblasak, ular fakat o‘lkaning tog‘li hududlarida bo‘lgan, chunonchi ularni saqlash qoniqarsiz bo‘lgan va ular ko‘pchilik holatda qiyin o‘tadigan xavfli so‘qmoqlardan iborat bo‘lgan.

O‘sha davrning matbuotida Turkistonning inqilobigacha bo‘lgan yo‘l ho‘jaligining juda og‘ir holati haqida yozilishicha: “Soz tuproqli yo‘llar ikkita noqulayliklari bilan ajralib turadi 20-rasm. Bir futgacha qalinlikda yo‘lda yotgan tuproq Yozning quruq jazirama issiq davrida g‘ildiraklar bilan mayda changga bo‘linadi va yurish natijasida bulut kabi ko‘kka ko‘tariladi.”

Orqadan esayotgan shamol va jazirama issiqda bunday yo‘llarda yurish juda zerikarli, hamma vaqt yupka chang bilan singdirilgan hamma yoqqa tarqalgan va o‘tuvchini qo‘ng‘ir qatlam bilan qoplagan havodan nafas olishga to‘g‘ri keladi.

Qishda chang tuproqli yo‘llar qayishqoq loylarga aylanib, huddi tuzli tuproqlarda yurish qiyin bo‘lganday, harakatlanish qiyinlashardi. Bunday noqulayliklarni bartaraf qilishning bitta yo‘li bu yo‘llarni qurishdir, lekin bu mehnatni va harajatni amalga oshirishga na g‘aznaning, na aholining kuchi etmasdi.

U paytlarda yo‘l qurilishi va uni tamirlash juda sekin va kichik hajmda bajarilardi. Misol uchun, Toshkentdan (Orjonikidze) Troitskiy qishlog‘igacha bo‘lgan 23,5 km yo‘lni qurish 9 yil davom etgan. Farg‘ona viloyati bo‘yicha (1913- 1915 - yillar) uch yil davomida hammasi bo‘lib 16 kilometr toshli va 46 kilometr shag‘alli yo‘l qurilgan.

Bu davrda yo‘l qurilishiga ajratilgan mablag‘ juda ham kichik bo‘lib chegaralangandi, yangi yo‘l qurilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Bu yo‘l qurilishi ishlari buzilgan ko‘prik inshootlarini tiklash bilan va ayrim holatlarda qisqa yo‘l bo‘laklarida yo‘l qoplamasini yaxshilash bilan chegaralangan edi.

Ilgari tosh qalangan yoki qisman tosh yo‘lga aylantirilgan muhim yo‘llar: Kogon-Buxoro, Fedchenko-Quva, Andijon-Kuyganyor, Asaka-Asaka stansiasi, Toshkent-Troitskiy va boshqalar to‘liq buzilgan, ular obodonlashtirilmagan yo‘l tarmog‘iga tenglashtirilgan. SHunga ko‘ra bu davrda O‘zbekistonda birorta obodonlashtirilgan yo‘l bo‘lmagan deb hisoblasa bo‘ladi. Bunga yana sabab 1920- yilgacha yo‘l ishi bilan

shug‘ullanadigan birorta tashkilotning bo‘lmaganligidir.

1922- yil noyabrda TMTO (Turkistondagi mahalliy transport okrugi) tuzildi, bu bilan Turkistondagi yo‘llarni tizimli boshqarishni yo‘lga qo‘yishga asos solindi. TMTO tashkiloti ham sezilarli samara bermadi. Bu davrda barcha yo‘l tarmoqlari bevosita viloyat tasarrufidagi transport bo‘limlari tarkibida “EKOSO” edi. EKOSO – yo‘l qurilishi sohasidagi mutlaqo ishqobiliyatsiz va faoliyatsiz tashkilot

1931 - yilda yana bitta muhim yo‘l qurilishi boshlandi, bu uzunligi 48 kilometr bo‘lgan “Samarqand - Panjikent” yo‘li bo‘lib, Samarqand viloyati paxta etishtiruvchi tumanlaridan yuk tashishga xizmat qiladi.

Birinchi besh yillikda “Piskent-Olmaliq” sanoat yo‘li qurilishi boshlandi va u temir yo‘li qurilishiga Olmaliq mis kombinatiga xizmat qiluvchi yagona aloqa yo‘li bo‘ldi.

1932-yilda xalq xo‘jaligi uchun juda muxim bo‘lgan Toshkent viloyati Qo‘yliq qishlog‘ida CHirchiq daryosiga uzunligi 160 metr bo‘lgan metal ko‘prikning qurilishi tugallandi.

Boshqa muxim bo‘lgan “Toshkent-Troitskiy”, “Toshkent-Pskent-Murotali”, “Qo‘qon-Sho‘rsu”, “Andijon-Kuyganyor” va boshqa yo‘llar qurilishi va tamirlanishi boshlandi.

Birinchi besh yillikda yo‘lsizlikni bartaraf qilishga birinchi qadam qo‘yildi: qattiq qoplamali engil tipdagi 550 kilometr yo‘l qurildi va tuproq yo‘llarining ayrim qismlari yaxshilandi.


7-8-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIK DAVRIDA AVTOMOBIL YO‘LLARINING RIVOJLANISHI

1O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida shahar ko‘chalari va yo‘llarining rivojlanishi va qayta qurilishi, shaharsozlikda yangi davrning boshlanishi.

2Shaharlarda avtomobillar sonining o‘sishi va yo‘l sharoitining o‘zgarishi.

3.SHahar yo‘l va ko‘chalarining konstruksiyalari. O‘zbekiston shahar yo‘llari va

ko‘chalarini loyihalash tajribalari.

4.O‘zbekistonda shahar yo‘llari va ko‘chalarining rivojlanish istiqbollari. 5.O‘zbekistonda shahar yo‘llari va ko‘chalarining rivojlanish istiqbollari.


Download 221,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish