Tayanch konspekt


Termoelektrik termometrlar



Download 1,76 Mb.
bet30/39
Sana23.01.2022
Hajmi1,76 Mb.
#405857
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
12.Tayanch konspekt69

3. Termoelektrik termometrlar.


Termoelektrik termometrlarning ishlatilishi termojuft termo-elektr yurituvchi kuchining (TEYuK ning) haroratga boђliqligiga asoslangan.

Bu asbob texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida -200 °C dan + 2500 °C gacha bo`lgan haroratlarni o`lchashda keng qo`llaniladi.



TEYuK ikki xil metall simdan iborat zanjirda, ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo`ladi.

Bir xil uzunlikdagi ikki xil o`tkazgichdan tuzilgan zanjirdagi TEYuK yiђindisi o`tkazgichlar kontaktli farqining yiђindisiga teng.

Ikki har xil o`tkazgichdan (termoelektrodlardan) tuzilgan termojuft zanjirida TEYuKni o`lchash uchun o`lchash asbobi talab etiladi.

Asbobning ulanishi uchinchi o`tkazgich A ning zanjirda paydo bo`lishini taqozo etadi. Uchinchi o`tkazgichni zanjirga ulash uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: ulanmalardan biridagi zanjirga ulash yoki termoelektrodlardan birini uzish.

Birinchi holatda asosan (ko`p qo`llaniladi) uchinchi o`tkaz­gichni ulash joyi harorati termoelektrodlar uchining haroratlariga teng, ikkinchisida esa t noma`lum qiymatga ega.

Issiqlik texnikasining ayrim masalalarini hal qilish uchun haroratni o`lchashda termoelektrik termometrlarni har xil ulash usullaridan foydalaniladi. Ulardan eng ko`p tarqalgan usullari bu termobatareya va differentsial termojuftdir.

Termoelektrik termometrlarning o`zgartgich koeffitsientini ko`paytirish uchun bir nechta termojuftni ketma-ket ulanishidan (termobatareyadan) foydalaniladi. Bunda, termojuftlar bilan hosil qilinayotgan TEYuK bir-biriga qo`shiladi, ya`ni n ta termojuftdan tashkil topgan termobatareyaning TEYuKi alohida olingan termo-juftning TEYuKidan n marta ko`p bo`ladi.

Termobatareyali ulash usulidan kam farq qiluvchi ishchi haro­rati t ni va erkin uchlaridagi harorat t0 ni o`lchashda foydalani­ladi.

Ikki nuqta orasidan harorat farqini o`lchash uchun differen­tsial termoelektrik termometr qo`llaniladi. U qarama-qarshi ulangan ikkita bir xil termometrdan tuzilgan. Agar haroratlar farqi o`lchanayotgan nuqtalarning haroratiga o`zaro teng bo`lsa, unda o`sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYuKlar ham teng bo`ladi. Bunday holda termometrdagi zanjir toki nolga teng bo`la­di, chunki qarama-qarshi ulanganda bir termojuftning TEYuKi boshqa termojuftning TEYuKi bilan kompensatsiya qilinadi va o`lchash asbobi nolni ko`rsatadi. Agar t1, va t2 haroratlar turlicha bo`lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo`lishiga qarab, haroratlar farqiga proportsional bo`lgan zanjir toki biror yo`nalishda oqadi va buni o`lchash asbobi ko`rsatadi.

A
yrim hollarda ikkita nuqtadagi haroratlar farqini o`lchash zarurati bo`ladi. Bu holatda termojuftning ishchi kavshari nuqtalarning birida, bo`sh uchlari esa boshqa nuqtalarida joylashadi.

Bunday to`ђri chiziqli approksimatsiya har qanday termojuftning haroratlar farqi 20—25 °C dan oshmagan hol uchun to`ђri keladi.


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish