Таянч концпект


Xalqaro savdoning klassik va yangi nazariyalari,Xalqaro savdoda umumiy muvozanat



Download 2,61 Mb.
bet6/127
Sana12.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#937795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
JI va XIM majmua 2022-2023.doc2

2.2. Xalqaro savdoning klassik va yangi nazariyalari,Xalqaro savdoda umumiy muvozanat.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yo‘nalishi bo‘lib, u yevropalik olimlar (Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656-1714) Jaen Baptiste Colbert (1619-1683), Sir William Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chikilgan. Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg‘u berishgan.Merkantilistlar nuqtai nazariga ko‘ra, dunyo cheklangan mikdordagi boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning ko‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo‘lganligi bois, har bir mamlakatga kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini o‘z ichiga olgan kuchli davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan ustunligini ta’minlay olsin.Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, ular mamlakatning iqtisodiy tarakkiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini kayd etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chikdilar. Ular zamonaviy iqtisodiyotda ishlatiladigan to‘lov balansi tushunchasini birinchilardan bo‘lib izohlab berishgan.
Merkantilistlar dunyokarashlarining chegaralanib kolganligi shundaki, ular bir mamlakatning boyishi fakatgina u savdo olib borayotgan boshka mamlakatning kambagallashuvi xisobiga yuz berishi mumkin deb xisobladilar, xalqaro iqtisodiyot rivojlanib borishini, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida emas, balki bu boylikni kupaytirish xisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna olmadilar. Birok bir muncha keyinrok vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan farkli ularok, merkantilistlarning karashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda klassik maktab goyalari tomon undadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi
Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit buldi. Adam Smit millat boyligi tuplangan oltin mikdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chikara olish kobiliyatiga kuprok boglikligini anik-ravshan asoslab berdi.
@ «Lesse-fer» (fr. fr. laissez-faire) — iqtisodiyot va erkin raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati.
@ Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni import qiladi.
Mutlaq ustunlik nazariyasining kuchli tomoni shundaki, u mehnatning qiymat nazariyasiga asoslangan va mehnat taqsimotining yaqqol ustunliklarini nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro miqyosda ham ko‘rsatib beradi. Xalqaro savdoni tushuntirib berishda uning cheklanganligi ham yaqqol ko‘rinib turadi.
Bu nazariya u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlik bo‘lmaganda mamlakatlar nima sababdan o‘zaro savdo olib borishini tushuntirib bera olmaydi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish