Tayanch iboralar



Download 65,15 Kb.
bet1/2
Sana04.09.2021
Hajmi65,15 Kb.
#164504
  1   2

1.Iqtisodiy masalani qo‘yilishi, ko‘rsatkichlarni belgilash yo‘llari. Masalani muqobillik mezonini aniqlash. Cheklashlar sistemasini aniqlash. Texnik-iqtisodiy koeffisiyentlarni hisoblash.

2. Masalani iqtisodiy-matematik modelini va kengaytirilgan sonli matrisasini to‘zish. Masala yechimlarini iqtisodiy tahlil qilish..



Tayanch iboralar: Mashina-traktor agregatlari, qishloq xo‘jalik ishlari, texnologik kartalar, tirkalma, oddiy, murakkab agregatlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, shartli etalon gektar (ShEG), shartli etalon traktor (ShETr), ekspluatasiya xarajatlari, taksimlash masalasi, strukturali va matrisali IMM va shu kabilar.

Mashina traktor agregati (MTA) - ish mashinalari, o‘zatish mexanizmlari va energiya manbai (traktor, o‘zi yurar shassi) ning qushilmasidan iborat bo‘lib, ishlarni asosan dalada xarakatlanib bajaradi.

Qishloq xo‘jalik ishlari: yer xaydash. tekislash, tuproqni ekishga tayyorlash, boronalash, ekish, kultivasiya va x. k.

Texnologik kartalar - mexanizasiyalashtirilgan ishlarning aniq rejasi: ya’ni: qishloq xo‘jalik ishlarini bajarilishi ketma-ketligi va muddati, texnikaga bo‘lgan ehtiyoj va shu kabilar.

Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va yig‘ib olishga oid barcha ishlar texnologik kartalarda namoyon bo‘ladi: texnika ishlarni turlari va bajarilish muddatlari, agregatlar unumdorligi, 1 ga yer ga mehnat sarfi va x.k

Qishloq xo‘jalik agregati (agregat). Qishloq xo‘jalik ishlarni bajarish uchun muljallangan ish mashinalari, o‘zatish mexanizmlari va energiya manbalarining yig‘indisidir.

Tirkalma agregat - o‘z yurish qismiga ega bo‘ladi va ko‘pchilik xollarda trakgor ilmog‘iga ilinadi (tirkaladi).

Oddiy agregat - bitta qishloq xo‘jalik mashinasidan tashkil topadi va bir operasiyani: yer xaydash, ekish, kultivasiya kilish va boshqalarni bajaradi.

Murakkab agregatlar - turli mashinalar qo‘shilmalari majmuasidan iborat bo‘lib bir vaqtda ikki va undan ko‘p operasiyalarni bajarish, masalan: boranalash va kultivasiya kilish, ekish va gerbasiya sepish va x.k.

Qishloq xo‘jalik mashinalariga qo‘yidagilar kiradi: plug, kultivator, seyalka, ug‘it sepuvchi moslama, borana, buldozer va x.k.

Masalaning qo‘yilishi. Optimallik kriteriyasi. Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi soxasida olib borilayotgan isloxotlarning amaliy samarasi ko‘p jixatdan agroservis tizimidan foydalanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalashtirmay turib qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishib bulmaydi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jalik texnikasi bilan taminlash maqsadida 1993-2000 yillarda bu sohani moddiy texnika bazasini yanada tuldirish va yangilash buyicha aniq dastup ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Dasturda kursatilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarish lozim. Yangidan tashkil etilayotgan MTPlarni zamonaviy texnika vositalari traktor, kombaynlar, agregatlar, tirkamalar, xasharotlarga qarshi kurash vositalari, seyalkalar, kultivatorlar, ehtiyot qismlar bilan taminlash zarur. Bugungi kunda mamlakatimizda fermerlarga xizmat kursatuvchi 913 ta muqobil MTPlari tashkil etilgan. 2006 yilda ularni sonini yana 402 taga ko‘paytirish chora tadbirlari kurilayapti. Bizga ma’lumki MTP ni to‘zishdan maqsad qishloq xo‘jalik korxonalariga agrotexnik xizmat kursatishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish samarasini va unumdorligini oshirish maksadida Respublikada MTPlar tashkil etilgan.

Bugungi kunda bu parklarda xaydov traktorlari, don pa sholi urish kombaynlari, shuningdek turli texnika vositalari jamlangan. Lekii xozirga bu iarklar qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishda samaradorlikni oshirishga sezilarli ta’sir kursatadigan qudratli kuchga aylanganicha yuk. Shuning uchun ham mashina traktor parklari tizimlarining faoliyatini yanada takomillashtirish talab etiladi.

Shuni ham aloxida e’tirof etish joizki qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tannarxi xarajatlari tarkibida yoqilg‘i va MTPlar xizmatlari xarajatlari salmoqli urinni (20-25%) egallaganligidan kelib chiqib MTPlaridagidan optimal foydalanishni taqozo etadi. Demak MTPlarni zamonaviy va yuksak unumli texnikalar bilan ta’minlasak, qishloq xo‘jaligida samaradorlik uta yuqori bo‘ladi.



Deyarli barcha MDX davlatlarida qishloq xo‘jalik mashinalari parki eskirgan (har 20-25 yilda MTP larni tarkibi tuliq yangilanadi). Xizmat kursatish muddatlari belgilanganidan 2-3 marta utib ketgan. By asosan 70-80% texnikaga tegishli. Yangilari ham bor, biroq juda oz. Shuningdek keyingi 10 yilliklarda qishloq xo‘jalik texnikalari soni ikki barobar kamaydi.

Tug‘ri mavjud texnikaning aksariyat qismi eskirgan, allaqachon foydalanish muddatini utab bo‘lgan, yangi texnika xarid qilish esa juda qimmatga tushayapti, ehtiyot qismlar yetishmaydi, borlarining sifati ham uta past, shu bilan birga yoqilg‘i va moylash materiallarini narxi oshgan sari oshib borayapti. Buning ustiga yetishmaydi, sifati yomon, dvigatellarni tez ishdan chiqarayapti. Agarda sanayversak texnikaning qul-oyog‘ini kishanlab tashlayotgan bunday muammolar istalgancha topiladi.

Lekin xolisona baho beradigan bulsak ishlab turgan mavjud texnikadan ham unumli foydalanilayotganligi yuq. Buning sababini izohlash uchun sizlarni fikrlaringizni quyidagi keltirilganlarga qaratmokchiman ya’ni har bir fermer (dehqonchilik mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan) yoki shirkat xo‘jaliklari o‘zlari uchun har yili kelajak texnologik kartani ishlab chiqishi va yuqori tashkilotlar tasdig‘idan utkazishi kerak. Bu texnologik kartada bajariladigan ishlarning turlari va hajmlari, mashinalar turi va markasi, (agregatlar tarkibi), soni, ish kunlari, yoqilg‘i sarfi, olinadigan va hisobdan chiqariladigan texnikalar markasi, soni, xodimlar ish haqi, mehnat sarfi, yillik foydalanish xarajatlari keltirilishi kerak. Bu to‘zilgan texnologik karta iqtisodiy kursatkichlari xo‘jalikning oxirgi yilgi kursatkichlari bilan qiyoslanishi va ma’qulligi kursatilishi kerak.

Keltirilgan va boshqa shu singari yumushlar ipidan-ignasigacha aks etgan texnologik kargalar to‘zishga bugungi kunda mutlaqo e’tibor berilmay quyildi. Busiz esa qishloq xo‘jaligida MTPlaridan foydalanish masalasi xaqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Qolaversa texnologik kartadarda har qaysi qishloq xo‘jalik ishini bajarishni kalerdar muddati va davomiyligi ham kursatiladi. Muddatlarning cho‘zilishi esa xosildorlikni kamayishiga, ish davomiyligini xaddan tashqari qisqarishi mashinaga bo‘lgan talabning ortishiga, mahsulot birligiga ketadigan xarajatlarning ortishiga olib kelishi mumkin. Demak, aytish mumkinki ishlarni mexanizasiyalashtirish va uning natijasida qishloq xo‘jalik mahsuloglariniig tannarxini kamaytirish MTPlardan foydalanish darajasiga bog‘liq.

Ma’lumki turli xildagi qishloq xo‘jalik ishlarini bir markadagi traktorlar bilan bajarish bahosi har xildir. Shu bilan birga bir xil va bir turdagi ishlarni turli markadagi traktorlar bilan bajarish xarajatlari ham turlichadir. Shuning uchun qishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlarining ishlarining turlari bo‘yicha taqsimlashda ko‘plab mumkin bo‘lgan tanlash imkoniyatlari yo‘zaga keladi. Bunday ko‘p variantli masalalarni hal etish uchun an’anaviy usullaridan foydalanib bo‘lmaydi, demak uni IMU va modellar hamda kompyuterlar zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu hol esa qishloq xo‘jaligi rivojlangan ilg‘or davlatlarda shu sohada olib boriladigan ishlar sarasiga kiradi.

Masalani quyilishi: Rejalashtirilgan, texnika zimmasiga yuklatiladigan qishloq xo‘jalik ishlarini belgilangan agrotexnik muddatlarda minimal ishlab chiqarish xarajatlari sarfi hisobiga bajarilishi ta’minlansin. Boshqacha aytganda traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarini, qishloq xo‘jalik ishlarni turlari buyicha (yoki aksincha ishlarni faktorlar markalari va qishloq xo‘jalik mashinalariga) shunday optimal taqsimlash talab etiladiki, rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan yalpi ishlab chiqarish xarajatlari minimal bo‘lsin. Masalada eskirgan mashinalarni hisobdan chiqarish ham ko‘zda tutilishi mumkin. Bu masala joriy davr uchun yechiladi. Belgilangan hajmdagi qishloq xo‘jalik ishlarini kursatilgan agrotexnik muddatlarda bajarish uchun texnikalarning yetishmasligi kamchiligi ko‘zatilsa u holda MTPlaridan optimal foydalanish masalasini bir vaqtning o‘zida mavjud MTPlarni komplektlash masalasini ham qushib birgalikda hal etish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari yangidan tashkil etilgan bir qancha fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi MTPlarni ham tashkil etish lozim, u holda masalani quyidagicha qo‘yish mumkin: Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarida ularga xizmat kursatadigan birorta qishloq xo‘jalik mashina va traktorlari bo‘lmagan sharoitda MTPning optimal tarkibini aniqlash masalasi qaraladi. Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi MTPlarni optimal tarkibini unda bir qancha traktor va mashinalar mavjud bo‘lgan sharoitda yangi zarur texnikalar bilan tuldirish hamda eski yaroqsiz holga kelib qolganlarini hisobdan chiqarish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunday quyilgan masalalar chiziqli programmalashtirishning simpleks yoki taqsimlash, potensiallar usullaridan foydalanib yechilishi mumkin.

MTP lardan optimal foydalanish masalasi:

Masalani quyilishi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida (fermer xo‘jaliklarida) ularning o‘zlari tomonidan to‘zilgan va yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va hosilini yig‘ib terib olishni texnologik kartalarida hamda MTPlar zimmasiga yuklatiladigan barcha qishloq xo‘jalik ishlarini belgilangan agrotexnik muddatlarda sifatli bajarilashini va yuqori samaradorlikka erishishda minimal ekspluatatsiya xarajatlari hisobiga amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.

Masalani quyishni boshqacha formulirovkasi (talqini): qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan to‘zilgan texnologik kartalarda keltirilgan, texnika zimmasiga yuklatiladigan barcha qishloq xo‘jalik ishlarini MTP lardagi mavjud texnikalarga shunday taqsimlash talab etiladiki, bunda barcha rejalashtirilgan ishlarni qisqa agrotexnik muddatlarda sifarli bajarilishi ta’minlansin va bu ishlarni bajarishga sarflanadigan ekspluatasiya xarajatlari minimal bo‘lsin.

Masalani optimallik kriteriyasi sifatida quyidagi iqtisodiy ko‘rsachkichlardan foydalanish mumkin:

- berilgan ish hajmini bajarish uchun keltirilgan minimal xarajat;



- minimal joriy xarajat;

- qishloq xo‘jalik texnikasi va traktorlari sotib olishga ajratilgan minimal kapital mablag‘;



  • minimal mashina quvvati;

  • bevosita ekspluatasiya xarajatlari;

- minimal yekilgi sarfi na boshqalar.

1) MTPdan foydalanish samaradorligi:



Smtp=Sa+Syomp+Stxk+Smx+Sk



Bu yerda:

Smtp -MTPdan foydalanishdagi bevosita ekspluatasiya xarajatlari;

Sa - amartizasiya xarajatlari;

Syomp -YoMM xarajatlari;

Stxk -mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash xarajatlari;

Smx - mehnat xaqi xarajatlari;

Sk - qushimcha xarajatlar;

2) Keltirilgan xarajatlar MTP ni saqlash va ishlatish uchun joriy foydalanish xarajatlarining hamda samaradorlikning normativ koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan balans qiymati yig‘indisidan iborat ya’ni

S=S+E*K

Bu yerda:

S - keltirilgan xarajaglar;

S - joriy foydalanish xarajatlar;

K - shu turdagi texnikani sotib olish uchun xarajatlar (balans qiymati);

Ye - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsiyenti (sarflangan mablag‘lar).

Agar yangi trakgor o‘ziga qilingan sarfni 8 yilda qoplasa, bunda samaradorlik koeffitsiyenti normativi 1:8 = 0,125 bo‘ladi.

Masalani boshlang‘ich malumotlari. MTP dan optimal foydalanish masalasini IMM to‘zish va yechish uchun quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlar zarur bo‘ladi.

- ekin maydonlarining tarkibi;

- MTPdagi traktor, qishloq xo‘jalik mashinalari va agregatlarining markalari, ularining soni;

- mavjud ekinlarni ustirish va xosilni yig‘ib olish, xaydalgan yerlari bo‘yicha to‘zilgan texnologik kartalar. Ulardan ekin ustirish va xosilni yig‘ib olishning texnologik operasiyalar ruyxati aniqlanadi, har bir operasiya bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi (gektarlarda, tonnalarda), bu ishlarni bajarishni kalendar muddatlari (boshlanishi, tugashi va davomiyligi kunlarda). Turli xil agregatlarning tarkibi va barcha operatsiyalarda ularning unumdorligi, mehnat sarfi hamda turli xil agregatlar bilan qilingan barcha qishloq xo‘jalik ishlarining bajarilishi uchun berilgan xarajaglarining miqdori va shu xaqdagi boshqa tegishli ma’lumotlar;

- hisobdan chiqarilishi ehtimoli bo‘lish, qushimcha sotib olingan va texnikaning qolgan qiymatini aniqlovchi balans qiymatlar, normativ spravochniklar bo‘yicha, mehnatga xaq tulash, yeqilg‘i va moylash materiallari sarfi, texnikani saqlash hamda ishlatish xarajatlari, samaradorlikning normativ koeffitsiyenti va boshqa shu kabi ma’lumotlardan foydalaniladi.

O‘zgaruvchilar sistemasi. Masaladagi quyilgan shartlarga ko‘ra, o‘zgaruvchilarning birinchi gruppasi Xkjt I va II- qaralayotgan davrlardagi bajariladigan ishlarga mos keladigan agregatlarning qidirilayotgan sonini ifodalaydi; Xh-hisobdan chiqariladigan traktor va qishloq xo‘jalik mashinalarining sonlarini ifodalovchi o‘zgaruvchi

O‘zgaruvchilar ikkichi gruppasi Xi - sotib olinishi lozim bo‘lgan turga mos keladigan traktor va mashinalarning markasi bo‘yicha qidirilayotgan miqdorini ifodalaydi.

Cheklashlar sistemasi. Cheklashlarning birinchi gruppasi barcha davrlar uchun majburiy bajariladngan barcha qishloq xo‘jalik ishlari hajmlarini matematik shartlarining yozilishini ifodalaydi. Cheklashlarning ikkinchi gruppasi esa har bir davrda turli xil markadagi traktor va qishloq xo‘jalik mashinalaridan foydalanish balansini ifodalaydi.

Masalaning matrisali kurinishdagi IMM. Masalaning strukturali matematik modelini yozish uchun quyidagicha belgilashlarni kiritamiz:

i- markadagi mashina va traktorlarning indeksi;

M' - traktor va mashinalar buyicha cheklashlar nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam.

k- agregat turining nomeri (yoki indeksi);

K- agregat turlari nomerini o‘z ichiga oluvchi to‘plam;

j - qishloq xo‘jalik ishlari turining nomeri (ish bajarish buyicha cheklash nomeri);

J - berilgan ish hajmini majburiy bajarish bo‘yicha cheklash nomerini o‘z ichiga olgan to‘plam;

t - ish bajarishda hisoblash davrining nomeri;

T - hisoblash davri nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam;

Xkjt - t davrda j- ishni bajaruvchi t- agregatlarning qidirilayotgan (noma’lum) sonini ifodalovchi o‘zgaruvchilar;

akjt- t - davrdagi j - ishni bajarayotgan k -agregatning texnik iqtisodiy koeffitsiyenti (unumdorligi).

Pjt- t - davrdagi berilgan hajmdagi j - ishning bajarilishini ifodalovchi o‘zgarmas.

vjkj- j - turdagi ishni bajaradigai k - turdagi agregatdagi i -markadagi mashina va traktorlarning soni;

Bi - i markadagi mashina va traktorlarning mavjud soni;

Xi - i - markadagi mashina va traktorlarning sotib olinadigan noma’lum sonlarini ifodalovchi o‘zgaruvchi:

CkJt - t - davrdagi j- ishni k - agregat yordamida bajarish uchun sarflangan eksplutatsiya xarajatlari;

Ye - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsiyenti.

ki - i - mashina va traktorlarning balans qiymati.

M - mashina va traktorlar nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam;

N - qishloq xo‘jalik ishlarini turining nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam;

Nt - t - davrda bajarilgai ishlarni nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam;(Nt )

Ci-i- mashina va traktorlarning sotib olinadigan balans qiymati

L - mashina traktor agregatlarining nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam;

Lj -j - ish turinn bajaradigai mashina traktorlarning nomerlarini o‘z ichiga olgan to‘plam; (Lj Є L)

T - hisoblash davri nomerlarining o‘z ichiga olgan to‘plam;

I. Masalani quyilishi: MTPdan foydalapishni shunday optimal tarkibini aniqlash talab etiladiki barcha ishlarni belgilangan agrotexnik muddatlarda bajarilishini ta’minlansin va quyidagi maqsad funksiyasiga minimal qiymat bersin:

Quyidagi cheklashlar shartlarini inobatga olgan hollar:



Hamma davrlar uchun belgilangan optimal agrotexnik muddatlarda majburiy bajariladigan barcha qishloq xo‘jalik ishlari hajmlari buyicha cheklashlar



Barcha davrlarda hama turdagi majburiy ishlarni barcha agregatlarda bajarilishni ta’minlovchi traktor (mashinalar) dan foydalanish balansini ifodalovchi cheklashlar.

3) O‘zgaruvchilarning manfiymaslik sharti:

Xkjt≥0


K - davr uchun MTP dan optimal foydalanish masalasini matritsali ko‘rinishidagi iqtisodiy -matematik modeli.

2. Masalani iqtisodiy-matematik modelini va kengaytirilgan sonli matrisasini to‘zish. Masala yechimlarini iqtisodiy tahlil qilish..


II - Modifikatsiya. Traktorlarni ishlarni turlari bo‘yicha (yoki aksincha, ishlarni traktorlarni markalari bo‘yicha) optimal taqsimlash masalasi umumiy holdagi quyilgan transport masalasiga keltiriladi. Umumlashtirilgan transport masalasi oddiy (klassik) transport masalasidan farqi shundaki, bunda utkazish koeffitsiyenti deb ataladigan λij. Bog‘lovchi ko‘rsatkichlar ai va vj (turli xil ulchov birliklariga ega bulgan) kiritiladi.

Umumlashtirilgan transport masalasini strukturali IMM quyidagicha bo‘ladi:

Cijk λijk Xijk → min

Quyidagi shartlarda.

1) Rejalashtirilgan ishlar hajmi bajarilishi shart:

λijk Xijk=vjk2)

Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan mashinalar soni, MTPdagi mavjud mashinalarning sonlaridan oshib ketmasin:

Xijkai j=1,n: i=1.m

3) O‘zgaruvchilarning manfiymaslik sharti.

λijk ≥ 0 Xijk ≥0

Bu yerda :

k - davrlar nomeri;

p - ish turlari soli;

m - trakgorlar markalari (to‘plari) soni;

Ai - traktor markalari (i=l,m)

Bj - j - ish turlari bo‘yicha ularning hajmlari (j =1,p);

λijk - k - davrdagi j- ishni bajarish uchun i- tipdagi mashinaning unumdorligi.(ShEG)



ai - MTP dagi mavjud traktorlarning soni;


Download 65,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish