18-rasm.
Bola bo'yiga mos bo'lmagan stolda o'tirishi oqibatida umurtqa pog'onasining yon tomonga qiyshayishi
(skolioz).
|
19-rasm.
Oyoq izlaci: 1- nonnal oyoq izining fotosurati; 2 - yassioyoq izining
fotosurat;,
|
ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tUzilishi tan a massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga bara¬var taqsimlanishini ta'minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuza¬sining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo'lib qoladi (19-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va bol¬dir muskullarida og'riq paydo bo'ladi. Yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egri¬lanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi; - yassioyoq odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasli¬gi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi; - bunday odarnJar ko~proq tik turganda va yurganida oyog'ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo'igan poyabzal kun¬ning ikkinchi yarmida oyoqni siqa boshlaydi; - yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi bu nasldan-naslga berilishi yoki bola embrionining rivojJanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: - bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) bosh lab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog'ida tik turg'izish; - yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; - o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport, poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashg'ulot vaqtida kiyish kerak); - poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyabzallarni kiyish; - og'ir yuk ko'tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ana shulami hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e'tibor berish kerak.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |