Sertifikatlashtirish va nazorat organlari
─labaratoriyaning tashkiliy sxemasi;
─labaratoriya tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni ro’yxati;
─ish sifatini ta’minlovchi umumiy talablar;
─standartlar, metodikalar, instruksiyalar va normativ hujjatlar;
─mijozlardan axborot olish;
─reklamalarni joylashtirish;
─laboratoriya jixozlarini tekshirishning umumiy dasturlari;
─laboratoriya jixozlari har bir turining instruksiyalari;
─namunalar identifikatsiya qoidalari;
─ro’yxatga olingan tadqiqot protokollarining ma’lumoti.
Tovarlarni ishlab chiqarishni rejalashtirish.
Mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni
rejalashtirish
doimo
bozor
qonunlari
asosida
iste’molchilarni
talabini
o’rganib
borishni
davlat
miqyosida
amalga
oshirish
kerak.
Ishlab
chiqarish
tovarlariga
iste’molchilarning
talabi
bo’lmasa
bu
tovarlarni
yaratish
ularni
ishlab chiqarishga tadbiq etish, yangi tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini
59
yaxshilash to’grisidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish tomonlarini bir vaqtda
amalgam oshirish kerak bo’ladi.
Xozirda halqaro mexnat bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan
davlatlarda ishlab chiqarish tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi
bu dunyo miqyo'sida texnika - texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni
yaratishga ishlab chiqarish tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda.
Bu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining
ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’minlash shu davlatlarda mahsulotlarni
ishlab chiqarish potensiali oshib borishiga olib kelmoqda.
Xozirda qo’shma korxonalarni barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish
mumkin bo’lgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga xizmat
qilmoqda.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab
chiqarish davrida ish uskunalarini ekspluatastiya potenstiali ta’min etishdagi
iste’molchilar talabini doimo qondirishda, sifat ko’rsatkichlarini boshqarishni
ma’lum tomonga yo’naltirishda qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun
ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda
asosiy omil xisoblanadi. Ishlab chiqarish potensiali boshqarishda sifatli
mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol o’ynaydi:
1)
Ishlab
chiqarishdan
oldingi
davr
proektlash,
ya’ni
loyihalash davri deyiladi;
2)
Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;
3)
Mahsulotlarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri;
4)
Mahsulotlardan foydalanish ya’ni istemol davri .
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish
davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf
ko’rsatkichlarini yuqori darajaga yetkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish
lozim.
60
Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har
bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan taklifi katta ahamiyatga
ega. Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarnii talabi davriga nisbatan
ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning
sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi ularnig bozor sharoitida
raqobatdoshligini oshrib yuboradi. Shuning uchun xalq xo’jaligida yangi turdagi
segmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib
ularga bo’lgan talab ortdi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish
davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruv
bo’ladi. Shuning
uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tamonlama tahlil qilib ularning
iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularning potensialiga
ya’ni korxona uskunalariga quvvatiga xom─ashiyo sifatiga bog’liq. Shuning uchun
mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish,
ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni yaratishga asosiy omil
bo’ladi[13,15].
Mahsulot sifati - uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini
belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas balki mahsulotning
ma’lum ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarini o’z
ichiga oladi.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish, ishlatish
va iste’mol qlishda uning sifatining zarur darajasini belgilash, ta’minlash va
sifatini muntazam kontrol qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart sharoit va
omillarni sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.
Sifat masalasi – xo’jalik faoliyatining hamma jixatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport
imkoniyatlarini oshirish provad natijasida esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq,
61
yanada to’laroq qondirish demakdir. Biz sifat muammosini juda keng ma’noda
tushunamiz. Bu muammo xo’jalik faoliyatini hamma sohalarini o’z ichiga oladi.
Yuqori sifat deganda - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport
imkoniyatlarini oshirish provad natijasda esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq,
yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushanamiz. Shu boisdan ham boshqarish
butun mexanizmini, modiy va nomoddiy rag’batlantirishning butun sistemasi
injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlarini, ishchilarping mahorati, mahsulot
sifatini oshirishga qaratish zarur.
Tovarlarni ishlab chiqarishdagi talablar.
Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashishning navbatdagi
butunlay yangi bosqichi uchun shart - sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda.
Mahsulot sifati muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab
kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy ham
siyosiy muammolarni hal etish lozim.
Ma’lumki, mahsulot sifati, uning yaratish va iste’mol qilishning barcha
bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha - konstruktorlik, texnologik va iqtisodiy ish
olib borish jarayonida undan foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi
forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin «Mahsulot sifati» va «Mehnat
sifati» tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini
so’ndirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzuliksiz
jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq
xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy
boyliklar mahsulot deb ataladi. «Mahsulot» tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib,
ham tayyor mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
Sifat masalasi –xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini
oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yanada yaxshiroq, qondirish
62
demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va sosial vazifalarni
muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ko’tarishdan, butun
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradarligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib
qolmay, balki sotsial idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish
jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab
chiqarishga qanchalik ko’p kuch
sarf qilsa mehnat shuncha samarador, Vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir
xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq
faravonligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlari yuzaga keladi.
Vazifa ishlab chiqishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish, barcha
sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat.
O’zbekiston bozorlariga xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish zarurligi
sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi
ta’min etilmoqda.
Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda, tovar ishlab chiqarish va O’zbekiston
tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish, O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish
va shu bilan O’zbekistonning rivojini ta’minlashga katta etibor qaratilmoqda.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona
foydalanish va ularning tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or
texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish rahbar xodimlarga,
injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxasislarga
bog’liq.
Mamlakatimizda mehnat, xom-ashiyo, yoqilg’i, energetik resurlar etarli.
Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli
hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish, jamoat mulkiga omilkorlik bilan
yondashish, ixtiyorimizda bo’lgan, insonninng qo’li va aql zakovati bilan bunyod
etilgan narsalarning hammasidan moxirona to’la─to’kis va oqilona foydalanish
iqtisoliy siyosatning o’zagi bo’lib bormoqda. Butun ishimizning sifati va
63
samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikni hamma tarmoqlarida
fan texnikaning ilg’or darajasidan foydalanish zarur.
Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish, mehnat
intizomini mustahkamlash, ularni mehnatga insonparvarlik munosabatida bo’lish
ruhida tarbiyalash, texnik jihatdan asoslab berilgan.
Mehnat normalarini xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy
etish belgilangan ish hajmining kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi
tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja
qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarnii qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi
yoki aksincha.
Masalan eski texnologiya sharoitida 10 so’mlik mahsulot olish uchun bir
kilovat elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kilovat
sarflanadi demak, energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi.
Sanoatdagi
ilg’or
tajriba
ilmiy
ma’lumotlarning
kengayishi
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi
butunlay yangi bosqichi uchun shart sharoitlar mavjudliginii ko’rsatadi.
Tovarlarni
sifat
ko’rsatkichlarini
sertifikatlashtirish
sohasida
ISO ning faoliyati - bu tashkil iy metodik ta’minotdir. 1985 yilgacha bu masala
bo’yicha sertifikatlashtirish Qo’mitasi (SERTIKO) shug’ullandi. 1985 yillarda esa
uning faoliyati kengytirilishi bilan bu ko’mita sifat va sertifikatlashtirish (KASKO)
deb qayta nomlandi. SERTIKO ishining yakuni MESK, Xalqaro savdo markazi,
BMT konfrenstiyasi bilan hamkorlikda savdo va rivojlantirilish (YuNKIAD)
hamda Sertifikatlashtirish maxsus tadqiqotlari materiallarining GAT-VTO si
bo’ladi. Shu asosida xalqaro savdoda sertifikatlashtirishning ro’li kengayib ketdi.
ISO
tomonidan
ishlab
chiqilgan
va
ishlab
chiqariladigan
tovarlarni
sertifikatlashtirish bo’yicha yagona tashkil iy-metodik xujjat sertifikatlashtirish
jarayonini garmonizasiyalashtirishdir. Bu o’z o’rnida alohida milliy qonunchilik
holatlari farqlariga qaramasdan sertifikatlashtirish natijalarini ikkala tomon uchun
64
maqul deb tan olish imkoniyatini oshiradi. ISO shu bilan birga sertifikatllashtirish
mavjud bo’lmagan bazi mamllakatlarda sertifikasiyalashtirish tizimini
o’tkazishning uslubiy rejasini ishlab chiqdi [16,17].
Do'stlaringiz bilan baham: |