Rahbarlik quyidagi normativ
hujjatlarni o’rnatadi:
Asosiy texnik
shartlar
Umumiy
tehniik
shartlar
Guruhiy
texnik
shartlar
Amaldagi tur
buyumlarga
texnik
shartlar
52
Birinchidan, ishlab chiqarishdagi tovarlarni rentabelligi juda past bo’lishi
mumkin;
Ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun yuqori mehnat sarfi bo’lishi mumkin;
Uchinchidan, ko’p miqdorda xom-ashyo sarf bo’lishi mumkin;
To’rtinchidan, ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtityojlarini
qondirmasligi mumkin;
Beshinshidan, yetkazib berilgan tovarni sotilishi past bo’lishi mumkin.
Bu hollar tovarlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi
aniqlansa, ba’zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni
assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham
baholanadi. Masalan, yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichiga planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan
o’tkazish aholida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat
qiluvchi xodimlar malsulotni sifat ko’rsatkichlarini ustidan ob'ektiv ma’lumotlar
berishda o’rnatilgan vazifalariga e’tiborli bo’lishlari kerak. Nazorat qiluvchi
organlar shu ishlab chiqarish korxonalarida alohida ishlab chiqarish strukturasi
bo’lib u faqat administrasiya xodimlariga bo’ysunadi. Sifat ko’rsatkichlarini
tekshiruvchi organlarni ishlari murakkab va mas’uliyatli bo’lib bu tashkilot
murakkab texnik xodimlar bilan ta'minlangan bo’lishi kerak. Mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichlarini aniqlashdagi kamchiliklar ishlab chiqarishda texnologik jihatdan
qilingan xatolarni yoki mahsulotlarni rejalashtirishdagi sxemalar va chertyojlarda
ishlab chiqish texnologiya qirralarida normativ texnik hujjatlarida bo’lgan
kamchiliklarni yoki yetishmovchiliklarni aniqlashda katta yordam beradi. Ulardan
tashqari bu guruhga xodimlariga mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari boshlash va
tekshirish davrida ishlab chiqarishga keltirilgan agregatlar asbob-uskunalar, ularni
ekspluatasiyasi ustidan nazorat ishlari yuklatiladi. Texnik texnologik kontrol passif
va aktiv bo’lishi mumkin.
53
Passiv nazoratda asosan ishlab chiqargan mahsulotlarning etishmovchiliklarni
keyingi tuzilishlar yordamida talab darajasiga yetkazilishi mumkin. Tovarlar uchun
harakterli bo’lib, u asosan shu ishlab chiqargan tovarlarga ma’lum sifatida
boshqariladi.
Passiv nazorat davrida sifat ko’rsatkichlari yaxshilash davrida ma’lum
texnik ishlar bajarilib, bunday mahsulotlarni iste’molchilarga sotilishi mumkin.
Aktiv nazorat, bu nazorat yordamida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlariga
texnologik jarayonlarni boshqarish orqali olib boriladi. Bunday nazoratni
progressiv tomonlari shundaki, u mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi boshqariladi. Oz
harajatlar sarfini ta’min etadi. Bundan nazoratdagi o’lchamlar texnologik
rejimlarni boshqarishga shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishdagi nosozlikni o’z
vaqtida ochadi.
Ishlab chiqarishga ishlab chiqarishni nazoratni sifat nazoratini aniqlashda
ishlatiladigan xom-ashyoni va yarim xom-ashyolarni va ishlab chiqarish uchun
ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalar keltirayotgan xom-ashyo
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirish bu qarayotgan xom ashyo,
keltirilgan mahsulot hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat
ko’rsatkichlari keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan
bog’lik bo’ladi.
Masalan, lavlagidagi shakarning miqdori shakar olishda katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot standart talabga ega
bo’lish kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’min etilishida
ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni yaxshilash borasidagi
qilinadigan doimiy ishlar, ularning rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida
iste'molchilarni talabini o’rganib borish davlat miqyosida amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqargan tovarlarga iste’molchilarni talabi bo’lmasa, bunday tovarlarni
ishlab chiqarishdan olish va iste’molchilar talabiga tovarlarni yaratish ularni ishlab
chiqarishga tadbiq etish uchun bir qatorda ishlab chiqargan tovarlarning sifatini
yaxshilash to’g’risida ilmiy nazariy va ishlab chiqarish tomoyillarini bir vaqtning
54
o’zida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat
resurslarning taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi yuqori sifat
ko’rsatkichlariga egaligi bu dunyo miqyosidagi tenika va texnologiyani
rivojlantirishga yangi uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni
raqobatbardoshligini oshirishga olib kelmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar
zamonaviy uskunalar bilan o’zlari ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta'min
etilishi shu mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialini oshirishga
hamda zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichlarni yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun
O’zbekistonda hozirgi davrda xalqaro investitsiyalarni xalq xo’jaligiga jalb etish
xorijiy mamlakatlar bilan qo’shma korxonalarni barpo etilishi O’zbekistonda
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga
jalb etiladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.
Normativ
texnik
hujjatlarda,
GOST-15-467-85
mahsulotlarni
sifat
ko’rsatkichini boshqarish deb, ishlab chiqarishda texnika─texnologiya bilan ta’min
etilishi mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda ularni ishlab chiqarishga
kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mexanizmlarni ekspluatasiya
potensialini ta’min etishda yoki iste’molchilarini talablarini qondirishda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarish ma’lum tomonga
yo’nalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ishlab
chiqarishning har qanday pog’onasi ham mehnatni nuqsonsiz tashkil etish va uni
boshqarish ishlari amalga oshiriladi. Tayyorlangan mahsulotlarning sifat
ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib, ularni iqtisodiy barqarorligi
chiqarilayotgan mahsulotlarning miqdori ishlab chiqarish potensialiga ya'ni
korxonaning yuqori talablariga moyil bo’lgan tehnologik uskunalariga, injener
xodimlariga keltirilgan xom ─ ashyoning sifatiga va ishlab chiqarilgan
tovarlarning sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq. Shunday hollar ham
bo’ladiki ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori jihatdan yuqori bo’lib, aholining
talablarini qondirmasligi mumkin, bu holda mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari
55
past darajada bo’lganligi sababli ular iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi.
Bunday hollarda birinchi ishlab chiqarishdagi rentabellik juda past bo’lib, ikkinchi
tarafdan ishlab chiqarish uchun yuqori mehmat sarfi kuzatiladi. Uchinchi, ishlab
chiqarishda mahsulotlar bahosi yuqori bo’lishi mumkin. Mahsulоtlarning sifatini
nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tkazish alohida nazorat organlari
tomonidan boshqariladi. Agarda bular nazorat organlari tomonidan nazorat
qilinmasa, har xil qonunbuzarliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir
iste’molchining o’zi nazorat organi bo’lib hisoblanadi. Sifatni boshqarishning
yanada takomillashgan metodi mahsulot sifatini boshqarishning kompleks
sistemasidir. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemasining ishlab
chiqarilishi, joriy etilishi hamda amal qilishining tashkiliy metodologik asosi
korxonalar standartlaridan iboratdir. Davlat standartlashtirish sistemasining
tarkibiy qismi bo’lgan bu standartlar mahsulot sifatlarini boshqarish sistemasini
ishlab chiqarishda davlat va tarmoq normalarini, sifat masalalari bo’yisha texnik va
metodik harakatlarini ma'lum bir korxonaning tehnik shartlari bilan texnologik
jarayonlar harakatlari tayyorlanadigan buyumlar harakteri va nomenklaturasi bilan
muvofiqlashtirishga
imkon
beradi.
Korxonalarda
amalga
oshirilayotgan
standartlashtirish korxona darajasida sifatni boshqarish bilan davlat va tarmoq
darajasida sifat boshqarish o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta'minlaydi. Mahsulot
sifati kadrlar qanday tanlanganligi va joylashtirilganligiga butun jamoat ishi
qanday tashkil etilganligi va ayrim ijrochilar ishining sifati qanday ekanligiga
bog’liqdir[12,14].
Ishlab chiqarishning sifat ko’rsatkichini boshqarishda boshqarish sistemasi
ongli ravishda bir butun bog’liqlikni tashkil etishi lozim, bu ishlab chiqarish bilan
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqarishda o’ziga xos
koordinatsiyani ta’min etadi. Mahsulotlarning sifatini boshqarishda ishlab
chiqarishdagi har bir amaldagi qonundan hayotiy prosesslarning ta'minlashi lozim.
Ya'ni shu mahsulot uchun ilmiy tekshirishlarni olib borish, sifat ko’rsatkichlarini
boshqarishda barcha ishlatiladigan texnika vositalarini, iqtisodiy ko’rsatkichlari,
56
tashkiliy ishlarning bir butunligi ta'min etilishi lozim. Shu bilan bir qatorda
yuqorida aytib o’tilgan faktorlarning bog’liqligi ta'minlanishi lozim. Bu sistema
barcha faktor va shart-sharoitlarni boshqarish malakali injener tehnologik xodimlar
bilan ta'minlangan bo’lishi kerak. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini aniqlovchi
kamchiliklarni ishlab chiqarishda texnologik jihatdan qilingan xatolarni yoki
mahsulotlarni rejadagi sxemalarda, chizmalarda ishlab chiqarish tehnologik
kartalarida normativ texnologik hujjatlarda bo’lgan kamchiliklarni yoki
yetishmovchiliklarni keyingi kuzatishlar yordamida talab darajasiga yetkazilishi
mumkin bo’lgan tovarlar uchun harakterli bo’lib, asosan shu ishlab chiqarish
tovarlarga ma'lum to’siq sifatida boshqariladi.
Passiv nazorat davrida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasida ma'lum
texnologik ishlar bajarilib bunday mahsulotlar iste’molchilarga sotilishi mumkin.
Aktiv nazorat bu nazorat yordamida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga
texnologik jarayonni borishi hamda ishlab chiqarish rejimini boshqarish orqali olib
boriladi. Bunday nazoratni progressiv tomonlari shundaki, u mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichini harajat sarfini ta’min etadi. Bunday nazoratda nazoratdagi
o’lchamlar texnologik rejimlarni boshqarishga shu bilan bir qatordagi ishlab
chiqarish nosozlikni u o’z vakolatida oldini oladi. Ishlab chiqarish nazoratini
aniqlash ishlatiladigan xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni va ishlab
chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalardan
kelayotgan boshqa mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini tekshirish bu xom-ashyo
keltirilayotgan xom-ashyoning nazorati hisoblanadi. Bu hollar tayyorlangan
mahsulotlar sifat ko’rsatkichi keltirilgan xom-ashyoni sifat ko’rsatkichiga ko’p
jihatdan bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ishlab chiqarish
mahsulotlarini sifat ko’rsatkichini boshqarish katta ahamiyatga ega bo’lgan voqea
hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi hozirgi zamon
talablariga mos bo’lishligi bozordagi tovarlarni iste’molchilar talabiga javob berish
va dunyo andozasiga mosligini ishlab chiqarish tovarlarni xalqaro bozorlariga
chiqarishni ta’min etadi. Shuning uchun mahsulotlarni ishlab chiqarish hozirgi
57
davrda ularni miqdorga emas, balki sifat ko’rsatkichiga qo’yiladigan talablar ishlab
chiqarilgan tovarlarni bazi ko’rsatkichlariga mosligini hamda texnik talablari mos-
ligini ta'min etish ishlab chiqarish mahsulotlarini sifat ko’rsatkichini ta'min etadi.
Bundan bir necha yillar avval dunyo bo’yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish
mahsulotlarni miqdori bilan o’lchangan bo’lsa, hozirgi vaqtda ishlab chiqarish
mahsulotlarni o’rni sifat ko’rsatkichini yuqori darajadaliligini ta'minlaydi. Sifat
ko’rsatkichini yuqori darajada ekanligini ta'minlashda ishlab chiqarish xom ashyo
resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy
texnika, texnologiya bilan ta'min etilishi ishlab chiqarish mahsulotlarni reja asosida
olib borishligini ishlab chiqarishga bo’lgan tovarlarni proektlash ularni tannarhini
aniqlash ishlab chiqarish davomida texnik uskunalarni ishlashini bir me'yordaligini
ta'min etishni sifat ko’rsatkichini ta'minlaydigan eng asosiy omillar hisoblanadi.
Hozirgi davrda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini ta'min etilishida sifat
ko’rsatkichini yaxshilash borasidagi qilinadigan doimiy ishlar qilinadigan rejalar
doimo bozor qonuniyatlari asosida iste’molchilari talabini ortib borishi dunyo
miqiyosida oshib boradi. Ishlab chiqarish tamoyilini bir vaqtning o’zida amalga
oshirishi kerak bo’ladi. Hozirgi davrda mahsulotlar resursini taqsimoti va
ko’pchilik davlatlarni ishlab chiqarish mahsulotlarni zamonaviy uskunalar bilan
o'zlarini ishlab chiqarish korxonalarini yangittan ta'min etishi bu shu mahsulotdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini yuqori darajada
yetkazishga katta xizmat qiladi. Xom-ashyolarni va yarim xom-ashyolarni sifat
ko’rsatkichlari normativ texnik hujjatlarni jahon talablariga javob berishligi
texnologiyani ishlab chiqarish korxonalarini texnologik qurilmalar ishlab chiqarish
korxonani meterologik asbob uskunalar bilan ta'minlanishi ishlab chiqarish
korxonalariga bo’lgan laboratoriya va sifat asbob uskuna bilan ta'min etilishi va
eng kerakligi shu korxonada ishlaydigan injener texnik xodimlarini yuqori ishlab
chiqarish saviyasiga va zamon talablariga javob beradigan tartibdagi bilimlarning
borligiga shu korxonada ishlab chiqarish tamoyillarini tashkil etilishi va uni
nazorati har bir ishlab chiqarish bo’limlaridagi texnologik jarayonlarni yuqori
58
saviyada bajarilishi ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko’rsatgichini
ta'minlashda eng asosiy vositalar hisoblanadi[12,13].
Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflashda tovarni TIF TN joylashishi
quyidagicha bo’ladi.Bunda biostumliyarorlar 3808 93 9000 pozitsiyasida
joylashadi. Mahsulotlarni sertifikatlarini sifat ko’rsatgichini mahsulotlarni
normativ texnik talabiga javob berishini yuqorida ta'kidlagan juda ko’p talablarga
bog’liq ekan. Shuning uchun mahsulotlarni xalq-xo’jaligi ishlab chiqarishda
bo’ladigan har bir talablar yuqori saviyada bo’lishi lozim. Normativ texnik
hujjatlarga bo’lgan talablar xalq xo’jaligida har bir ishlab chiqiladigan tovar
assortimentiga shu tovar uchun mo’ljallangan normativ texnik hujjatlar mavjud.
Agarda ishlab chiqarishda tayyorlangan usullarning samarasini baholash va boshqa
masalalarni hal etishda katta rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |