AMALIY MASHG’ULOTLAR MAVZULARI 1-mavzu: Tavakkalchilik va noaniqlik. Tavakkalchilik turlari KEYS-STADI “N” o’zi yashayotgan shaharda mebel ishlab chiqarish fabrikasini tashkil etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Uning maqsadi ishsizlarni ish bilan tahminlash hamda milliy mahsulot turini ko’’aytirish, aholining xohish istagidan kelib chiqib mebellar ishlab chiqarish edi. Fabrika rahbari ro’yxatdan o’tish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Ro’yxatdan o’tkazildi, lekin unda mablag’ muammosi mavjud edi, u o’z biznes rejasini olib moliyaviy institutga taqdim etdi. Moliyaviy institutda uning biznes rejasi ko’rib chiqildi. Lekin unga kredit berilmadi.
Fabrika rahbari ro’yxatdan o’tish uchun qaerga murojaat qildi?
Moliyaviy institutlar deganda qaerni tushundingiz?
Nima sababdan kredit berilmadi?
Tavakkalchilikning qaysi turi qo’llanildi?
2- mavzu: Xo’jalik tavakkalchiligi va xo’jalik siyosati KEYS-STADI Bristolda Atrof-muhitni muhofaza qilish De’artamenti bor. Bu De’artament shahardagi ko’p tarmoqli mebelni qayta ishlash tizimini boshqaradi. U keraksiz mebellarni yig’ish, ta’mirlash va keyin juda arzon narxda sotishni yo’lga qo’ygan. Afsuski bu tizim yetarli darajada boshqarilmaydi va shaharning ko’p qismlarida joriy etilmagan. Shaharning boy tumanlaridagi aholi tomonidan mebellar ko’p miqdorda olib chiqib tashlangan. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Ushbu jarayonga kimlar aybdor?
Nima uchun arzon narxda sotilgan?
Uning o’zida mablag’i yetarli deb o’ylaysizmi?
Nima uchun atrof-muhitni muhofaza qilish Departamenti ushbu faoliyat bilan shug’ullanmoqda?
3- mavzu: Tavakkalchilikni moliyalashtirish manbalari KEYS-STADI Shahar aholisidan “Tijorat tashkiloti” hodimlari anketa so’rovlarini olishdi, bunda har xil sohlar to’g’risida savollar mavjud edi, savollar soni 10 tani tashkil etadi. So’rov natijasining 80 % ini xizmat ko’rsatish sohasiga to’g’ri keldi. Bundan kelib chiqib “Tijorat tashkiloti” mablag’idan ushbu sohaga 5 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya ajratdi. Kiritilgan investitsiya o’zini oqlamadi. Lekin ular ma’lum darajada o’z zararlarini qoplab olishdi.
Nima uchun savollar soni 10 tani tashkil etdi? Buning sababi bormi?
“Tijorat tashkiloti” tomonidan nima sababdan % ining AQSH dollari ajratildi?
Investitsiya o’zini oqlamaganligining sababi nimada deb o’ylaysiz?
Ular qanday qilib mahlum darajada o’z zararlarini qo’lab olishdi?