a) b)
v) g)
1.32-shakl
a) b)
v)
1.33-shakl
Ariqcha o‘yig‘ining eni shponka eniga mos keladi. 1.33,b,v-shaklda ularni biriktirish va 1.33,g-shaklda esa segmentsimon shponkali birikmaning chizmasi ko‘rsatilgan.
Ponasimon shponkalardan o‘q bo‘ylab kuchni uzatish kerak bo‘lgan joylarda foydalaniladi.
1.32,a,b,v-shaklda ponasimon, prizmasimon va segmentsimon shponkali birikmalarning chizmalari keltirilgan.
XULOSA VA TAVSIYALAR
CHIZMACHILIK fani haqli ravishda politexnik bilimlarning asosi hisoblab kelinadi. Har qanday zamonaviy konstruktor, arxitektor, turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan muhandislarning faoliyati bevosita chizmalar bilan ish ko‘rishiga to‘g‘ri keladi va ularga bog‘liq bo‘ladi. Faoliyati bu kasblardan uzoq bo‘lgan insonlardan ham minimal darajadagi grafik madaniyatni egallaganlik talab qilinadi.
Ushbu kurs ishida qurilish chizmachiligi misolida respublikamiz Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik fanining o‘qitilish ahvoli va uning zamonaviy talablarga moslik darajasi qisqacha o‘rganib chiqildi. Qurilish chizmachiligining Ukraina, Belarus respublikalari hamda Rossiya Federatsiyalarida o‘qitilishi, ulardagi ta’lim jarayoniga innovatsion yondashishlarni o‘rganib, tahlil qilindi. Tahlil natijalaridan ma’lum bo‘ldi-ki, fan dasturida qurilish chizmachiligini o‘rganish orqali o‘quvchilarni arxitektor va quruvchi kasblari bilan tanishtirish (kasbga yo‘llash ishlari) hamda ularni murakkab bo‘lmagan qurilish chizmalarini o‘qishga o‘rgatish masalasini darslikda berilgan materiallarga tayanib amalga oshirishning imkoni yo‘q.
Kasb-hunar kollejlarida qurilish chizmachiligi o‘qitish samaradorligini orttirish uchun OTMlarida tayyorlanayotgan chizmachilik o‘qituvchilari tayyorlashni, ularga maktab chizmachilik darslarini ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarga tayanib tashkil qilish metodlarini o‘rgatish talab qilinadi. Buning uchun qurilish chizmachiligi bo‘yicha o‘qituvchilarga mazmunan yangi materallar topib ulardan o‘rinli foydalanish, chizmachilik darslarini zamonaviy texnologiyalarga tayanib tashkil qilishni o‘rgatish zarur.
Darslarning tarkibiy qismlari ishlab chiqilib, amaliy mashg‘ulotlar uchun talabalar bajaradigan individual grafik topshiriqlarga namunalar, hamda o‘rganilgan mavzu materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar ishlab chiqildi. Qurilish chizmachiligidan mashqlar har bir yangi mavzu materiallari bayon qilinganidan keyin guruhlarda o‘qituvchi nazoratida bajarilib, o‘quvchilarning bilimlarini baholab borishda ancha qulayliklar yaratadi.
Taklif qilingan mashqlarning bevosita amaliyot bilan bog‘lanishi, o‘quvchilar uchun yangi tushunchalarni qiziqarli shakllarda o‘zlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi qurilish chizmalari bo‘limi bo‘yicha darslar samaradorligining sezilarli ortishini ta’minlaydi. SHu bilan bir qatorda o‘quvchilar mustaqil bajaradigan grafik ishlarining mazmuni ham qayta ko‘rib chiqilib, takomilashtirildi. Jumladan, materiallarning shartli belgilanishi hamda bino elementlarining shartli belgilari bo‘yicha o‘quvchilar uchun bir tipdagi variantlar taklif qilinib, bu topshiriqlar orqali o‘quvchilar yangi tushunchalarni o‘zlashtiradilar, ularda shartli belgilarni to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalari shakllanib, grafik madaniyatlari rivojlanadi.
Lekin bular bilan qurilish chizmalarini o‘qitishdagi muammolar hal bo‘lib qolmaydi. Buning uchun qurilish chizmachiligi bo‘yicha Kasb-hunar kollejlari uchun zamonaviy metodik ta’minot komplekslari yaratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |