Tasviriy san’at. II. Darsning mavzu



Download 21,99 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi21,99 Kb.
#2066
Tasviriy san’at.
II. Darsning mavzu: O‘zbekiston me’morchiligi tarixi haqida hamda sharq me’morchiligi mavzusida suhbat va kompozitsiya ishlash.

III. Darsning maqsadi:

a) O‘zbekistonning qadimiy va o‘rta asrlar me’moriy yodgorliklari haqida ma’lumot berish.

b) Sharq me’morchiligini o‘ziga xosligi haqida muxtasar bilim berish.

2. Darsning tarbiyaviy maqsad:

a) Me’morchilik san’at turi sifatida, unda davlat tarixi, an’analarining ifoda etishini o‘rganish.

b) Dunyo aholini lol qoldirgan O‘zbekiston me’morchiligi namunalariga hurmat bilan qarash.

3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O‘zingiz istiqomat qiladigan hududdagi me’moriy yodgorliklar va ularning bezaklarini ishlashga harakat qilib ko‘ring.



4. Darsning mafkuraviy maqsadi:

Milliy mafkura tamoyillarini bolalar ongiga singdirish, bir-biriga mehribon bo‘lish, milliy qadriyatlarni qadrlash, me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, mahalla va uylaringizdagi inshootlar atrofini toza va ozoda tutish haqida tushuncha berish.



5. Darsning kasbga yo‘llovchi maqsadi:

O‘quvchilarni kasbga qiziqtirish, tasviriy san’at va uning millat madaniyati, san’ati, tarixi, tarixiy buyuk siymolari bilan tanishib, ranglar haqidagi bilimlaringizni yanada boyitasiz.



IY Dars usuli: Tadqiqot darsi

Y. Darsning uslubi:

Suhbat, ko‘rsatish bajarish.



YI. Dars didaktikasi.

Mustaqil ish va amaliyot orqali ishlash.



YII. Darsning tipi: Aralash.

YIII. Darsning tipi:

Amaliy, nazariy.



IX. Dars jihozlari:

O‘zbekiston me’moriy yodgorliklar rasmlari va akvarilda ishlangan obidalar rasmlari.



Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. (5daqiqa)

a) Salomlashish.

b) Davomatni aniqlash.

s) Sinfni darsga hozirlash.

d) Ma’naviyat daqiqalari.

Bolalar biz yaqinda kimning tavallud kunini belgilaymiz?

… To‘g‘ri Navoiy bobomizning tavallud topgan kuniga 564-yil to‘ldi 8.

Ular 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tavallud topganlar. Navoiy hikmatlarini bilasizlarmi? Qani kim aytadi?

Oz-oz o‘rganib daryo bo‘lur

Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur

Demak biz bu hikmatlarga amal qilgan holda yashashimiz kerak.

2. Uyga vazifani tekshirish va baholash. (15 daqiqa)

… Bolalar o‘tgan darsdan nima vazifa berilgan?

… Juda ham to‘g‘ri. Biz o‘tgan darsda sizlarga bino maketini jamoa tarzda ishlash vazifasini bergan edik, qani kimlar tugallab keldi?

… Tekshiraman baholayman.

3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash va takunlash. ( 3daqiqa)

… O‘tilgan mavzuda bino maketini ishlashda maket elementlarini individual tarzda ishlash kerak, ishlash kabi amallarni bajarishda amalga oshirilgan yutuqlar uchun o‘quvchilarni rag‘batlantirish.

4. Yangi mavzu bayoni ( 13 daqiqa)

Aziz o‘quvchilar, sizlar bilan o‘tadigan mavzumiz O‘zbekiston me’morchiligi tarixi haqida hamda sharq me’morchiligi mavzusida suhbat hamda kompozitsiya ishlash.

Bolalar yurtimizda ko‘plab me’morchilik obidalariga boy shaharlar juda ham ko‘p. Dunyo xalqlarining me’morchiligi turar joy, jaomatchilik binolari, saroylar va boshqa turdagi inshootlarning tashqi va ichki ko‘rinishlari bir-biridan farq qiladi. Bu avvalo har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy an’analari, mahalliy iqlim sharoitlariga asoslanadi. O‘zbekiston zamini me’moriy obidalarga boy o‘lka. Bu yerda qadim zamonlardan boshlab me’morchilik san’ati rivojlanib kelgan. Dastlab odamlar g‘orlar yashash, yer ustiga ham turar joylar qura boshlaganlar. Loy va turli shakldagi xom g‘ishtlardan foydalanib uylar qurishgan. O‘zbekiston yerlarida qo‘rg‘ontepa qurilishi zaminida shahar va shahar davlatlari rivojlanib bordi.

Temur va Temuriylar davrida me’morchilik san’ati nihoyatda rivojlandi. Bu davrda me’morchilik davrida birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morchilik majmualari muhim o‘rinni egallaydi. Me’morchilik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy estetik ahamiyati kasb etadi.

Temur va Temuriylar davri me’morchiligi Shohi Zinda me’morchilik majmuasisiz etib bo‘lmaydi. Afsonaviy Afrosiyob Yonbag‘rida joylashgan. Bu majmua XI-XII asrlarda mavjud maqbaralar o‘rniga qurilgan. Bu yer musulmonlarga qadar ham muqaddas sajdagoh joy bo‘lgan. Shohi Zinda-“Tirik shoh” nomi ham shu yerdan olingan. Hozirgi Shohi – Zinda majmuasining ko‘rinishi XIV-XV asrlarning birinchi yarmida shakllangan. U 1434-1435-yillarda Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan peshtoq bilan boshlanadi.

Xorazm Davlati Meloddan Avvalgi IV asrdan boshlab o‘z yuksalishning yangi bosqichiga ko‘tariladi va miloddan avvalgi II-I-asrlarda esa o‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Biroq Tuproqqal’a shu davrning muhim yodgorligidir. Qal’a qalin devor bilan aylantirilib, o‘rab chiqilgan va atrofidan zovur o‘tkazilgan. Qal’adagi saroy va ibodatxonalar bezakka boy va hashamatli qilib qurilgan bo‘lib, uni bezashda rassomlik va haykaltaroshlik san’atidan foydalanilgan. Rivojlangan feodalizm davrining nodir yodgorligi Samoniylar maqbarasidir. Bu maqbarasidir haqli jahon me’morchilik san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Dastlab o‘zining sodda va tuzilishining aniqligi nisbatlarining nihoyatda mutanosibligi va me’moriy shakl devorning nihoyatda nafis holda bir-biri uyg‘unlashib ketganligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston me’morchiligi namunalari o‘ziga xos tashqi va ichki ko‘rinishlari betakror bezaklar bilan dunyo ahlini lol qoldirib ketmoqda. Xususan Samarqand, Buxoro, Xiva Sharisabz, Toshkent va Qo‘qon kabi shaharlardagi qadimiy me’moriy obidalar sharq me’morchiligining eng yorqin namunalari hisoblanadi. Samarqand Registon ansamblining Sherdor madrasasi peshtoqida real tasvir Yo‘lbars, Quyosh, Odam qiyofasi aks ettirilgan bo‘lsa, boshqa obidalarda ismiliy va girix usulidagi naqshlar suls uslubida bitilgan yozuvlar tushirilgan. Me’moriy ansambl fragmentini ishlashda zamonaviy ish bajarish, unda bir necha o‘quvchi bajargan ishlarda bir butun me’moriy ansambl kompozitsiyasini tuzish mumkin.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash:

O‘zbekistonning qadimiy va o‘rta asrlar me’moriy yodgorliklarini tahlil qilish, sharq me’morchiligini o‘ziga xosligi haqida muxtasar ma’lumot berish.

6. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.



Bugungi savollar bo‘lsa bering. Uyga vazifa sharq me’morchiligidan bajargan ishlarni yakunlash.
Download 21,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish