5- sinflar uchun
Mavzu: Men sevgan qahramon.
Darsning texnalogik xaritasi:
I. Darsning maqsad va vazifalari
|
Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga portret janri haqida ma`lumot berish orqali o`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini hosil qilish;Tarbiyaviy: dars jarayonida o`quvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: darsda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, o`quvchilarni tez fikrlashga, xotirasini mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga orgatish
|
II. O`quv jarayonini mazmuni
|
Dars turi: yangi bilim hosil qiluvchiDars metodi: ananaviy, interfaol
Darsning jihozi:darslik, texnik vositalar,
ko`rgazmali va didaktik materiallar
|
III. O`quv jarayonini tashkiletish texnalogiyasi
|
O`qituvchi: O`quvchilarga portret janrining hayotimizdagi muhim o`rni haqida tushuncha berish.
|
IV. Kutilgan natijalar
|
O`qituvchi: Oquvchilarni mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. O‘quvchilаrni rаsm chizish mаlаkа vа ko‘nikmаlаrini rivоjlаntirish, fikrlаsh qоbiliyatini o‘stirish. Musаvvirlik, gаnchkоrlik, kаshtаchilik, yog‘оch o‘ymаkоrligi kаsblаrigа qiziqtirish.
|
V. Kelgusi rejalar
|
O`quvchilarga bugungi islohotlar haqida bilim va tushuncha berish
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
1) Salomlashish.
2) Davomatni aniqlash
3) Oyning muhim sanalari
Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 681 yilligi
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 63 yilligi
Uygo`nish davrining buyuk rassomi Leonardo Da Vinchi 1452-yil 15-aprelda Florensiyada dunyoga kelgan. Leonardo Da Vinchi nafaqat buyuk rassom, haykaltarosh, me`mor, balki istedodli ixtirochi muhandis, matematik, anatom.
Psixalogik iqlim yaratish. Bunda sinf o`quvchilari guruhlarga ajratilib nomlanadi.
Guruhlardan ikitadan o`quvchi quyidagi rasmli boshqotirmalarni ishlaydi.
Qolgan o`quvchilarga quyidagicha savollar beriladi.
Ushbu tasvirlar tasviriy san`atning qaysi janrida ishlangan? (portret, manzara, naturmort, batal)
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: “Men sevgan qahramon” mavzusida rasm ishlash(2 soat vaqt ajratilgan)
O`tilgan mavzu yuzasidan beriladigan savollar:(tarqatmalar asosida)
1.Portret bu?(tasviriy san`atning keng tarqalgan janrlaridan biridir. “Portret” fransuzcha
so`zdan olingan bo`lib , mavjud shaxs yoki guruh kishilarining tasvirini anglatadi)
Portretning asosiy maqsadi?(Obrazning asliga o`xshashligi bundan tashqari uning
ruhiyati, ma`naviyati, shaxsi, davrni ham tasvirlash)
Portretning qanday turlarini bilasiz?(yakka, ikkilik va guruhli turlarga bo`linadi)
Portret qanday ko`rinishlarda bo`ladi?(dastgohli, mahobatli, tantanali va
intim,ko`krakdan va butun bo`y-basti, yon tomondan yana medallarda, minatura uslibida
ham bajariladi.)
Rassomlar portretlarni qanday yaratadi? (naturadan, xotiralar asosida arxiv materiallariga tayanib portret yaratish mumkin. Shuningdek, kishilarning bosh suyaklarini ilmiy o`rganib portret yaratish usuli ham bor. Amir Temur, Shoxrux, Ulug`bek, Rudakiy portretlari shu uslubda yaratilgan)
Qiziqarli topshiriq:
Anvar Obidjonning “Meshpolvon jangga otlandi” qissasinig bosh qahramoni Meshpolvonga berilgan tarif asosida portret yaratish(tarif o`qituvchi tomonidan o`qiladi)
…ikki lunji nog`ora, beti oftobday zog`ora, jag`ida eshak tepkisinaqshlagan naqshlagan chandiq, qorni naq qirq pudlik sandiq, burni mushuklarnikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo`yni oldinga enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang bilang, boshi yozyovon cho`lidek yap- yalang, ko`rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadona-yu mijg`ov, ko`zlari boyqushnikidek ola….xullas, rosayam qiziq bola ekan.
Yangi mavzuga iqlim yaratish:( bunda inson a`zolariga oid topishmoqlar aytiladi o`quvchilar chizadi)
Tom ustida qo`sh chiroq(ko`z)
Katta kichik besh o`rtoq uyushsa bo`lar toqmoq(barmoqlar)
Ikki otim bor bir- biridan chopog`on(oyoq)
Sandiq to`la oq sadaf(tish)
Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi(lab)
III. Yangi mavzu:
Portret ishlashda kishilarning tashqi qiyofasi va ichki psixologik xususiyatlari tasvir orqali ochib beriladi. Sevgan qahramonining portretini ishlashda biror shaxsga xos bo’lgan tashqi qiyofani, uning ichki dunyosini, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma’lum tarixiy davrga xos fazilatlarini ham haqqoniy ifodalab beradi. Qahramonning ichki kechinmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishi va kiyimida ko’rish mumkin. Sevgan qahramonni turli ko’rinishda tasvirlash mumkin:
Samimiy, musavvir ma’lum bo’lgan insonning o’ziga xos xususiyatlarini bo’rttirib, oshkora ifodalaydi;
Tantanavor, ommaviy joylarga mo’ljallangan mashhur kishilar portretlari. Ularda tasvirlangan insonning ko’rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o’rni, unga monand libos, interyer, buyumlari ifodalanadi;
Ijtimoiy, keng doiradagi hamjamiyat sinfining turmush tarsi ifodalanadi;
Psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi. Kompozitsiya tuzilishi jihatidan portretlar ko’krakgacha, belgacha, tizzagacha butun qomat va ko’p qomatli bo’lishi mumkin.
Men sevgan qahramonning portretini ishlashda uning o’ziga xos xarakterini ifodalashda bosh va qo’lning qismi katta ahamiyatga ega. Tasvirlanadigan qahramonlar qo’l imo-isho- ralar ko’magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yortishda yordm beradi. Qahramonning ko’zini tasvirlash muhim ahamitatga egadir. “ Ko’z – qalb ko’zgusi” deyiladi xalq maqollarining birida. Ko’z murakkab joylardan biri bo’lib, o’ta aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi.
Men sevgan qahramon mavzusida portret ishlashda taniqli musavvirlar yaratgan asarlar portretlari yorqin misol bo`lib xizmat qiladi. Ularning zamirida qandaydir ma`no yotganligi, xarakterini ochib berilishi va buyuk insonnig ichki kechinmalarini ilg`ab olish mumkin. Mashhur o`zbek musavvirlari Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev va ko`pgina boshqa rassomlar bu mavzuda ajoyib portretlar yaratganlar.
Malik Nabiyev ijodidagi buyuk siymolar portretlaridan Abu Rayhon Beruniyning tavalludi munosobati bilan Mutafakkir olim portretini yaratdi.Bu portret ikkinchi marotaba ham ko`rik g`olibi bo`ldi va UNESKOning “Kuryer” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarning ko`pgina jurnal va gazetalarida bir necha bor nashga chiqarildi.
Topshiriq: o`quvchilar oldingi darsda chizilgan portretlarni ranglaydilar.
Mavzuni mustahkamlash:
Portret janrida ijod qilgan rassomlardan kimlarni bilasiz?
Qaysi rassomlar mashhur shaxslarning portretlarini ishlagan?
Amir Temur portreti qanday yaratilgan? Muallifi kim?
Abu Rayhon Beruniy portretini muallifi kim? Uqaysi xorijiy jurnal muqovasida nashrdan
hiqarildi?
Sinfga umumiy savol siz qaysi sevgan qahramonningiz obrazini yaratdingiz? U qahramonni qaysi xislatlari sizga yoqadi?
V.O`quvchilarni baholash:
Guruhlarni rag`bat kartatekalari sanalib, g`olib guruh aniqlanadi.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar alohida rag`batlantiriladi.
Uy ishi:
Dars jarayonidagi rasmlarni yakunlab, inson obrazidagi ertak va badiiy film qahramonlarini (Zumrad va Qimmat, Oppoqoy, Qizil shapkacha, Alpomish, Kenja botir) chizib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |