16
YANGI HOVLI
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasida
joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi.
Eshik yonida
mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor.
Hovliga kirishingiz
bilan besh xonali uyga ko‘zingiz tushadi. Uyning tomi to‘q
qizil rangga bo‘yalgan. Oppoq rangdagi
derazalarning yaltirashi
ko‘zingizni oladi. Uyning yerto‘lasi ham bo‘lib,
u yerda sabzavot
va boshqa mahsulotlar saqlanadi.
Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz.
Bizning
xonamizga guldor gilam to‘shalgan. Ikkita karavot qo‘yilgan.
Karavotlarda chiroyli ko‘rpa va yostiqlar bor.
Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko‘zingizni quvnatadi.
Daraxtlar tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida
yoz oylarida miriqib
dam olish mumkin. (
«O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: