39
Keyin unga ot qilidan tor tortdi va barmoqlari
bilan asta chertib
ko‘rdi. Ojizgina vizillagan tovush eshitildi. Yana chertdi... Yana...
Shu kuni ohang tug‘ildi. Bola uchun yangi,
ohangli bir olam
paydo bo‘ldi. (
E. Usmonov)
99-mashq.
Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruhdagilar harakat,
ikkinchi guruhdagilar holat fe’llarini yozsin.
Tasvirlamoq,
kuylamoq, taralmoq, qotmoq, o‘ylamoq,
eshitilmoq, porlamoq, yiqilmoq, jimirlamoq, unmoq, o‘smoq,
fikrlamoq, ikkilanmoq, qaytarmoq.
100-mashq.
Matnni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning ma’nosiga
diqqat qiling, ularning ma’nodoshlarini topib, gaplar tuzing.
Hosildan
bo‘shab ko‘kragiga shamol
tekkan kuzgi
dalalarda
ajoyib fayz bor. Dov-daraxt, o‘t-o‘lan
xuddi yer kabi oltin tus
oladi. Kanallar, ariqlarda hayqirib oqayotgan suvlar kumushdek
toza, tiniq. Yoz
kirguncha endi
ularga hech kim tegmaydi,
yo‘lini
to‘smaydi. (
O‘. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: