BILIB OLING.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra
harakat fe’llari va holat fe’llariga bo‘linadi.
Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida
ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar harakat fe’llari
hisoblanadi. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsa-
larning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini
ifodalovchi fe’llar esa holat fe’llari sanaladi.
98-mashq.
Matnni o‘qing, fe’llarni harakat va holat fe’llariga ajra-
tib ko‘chiring. Musiqaning inson hayotidagi o‘rni haqida bahslashing.
U choyxona yonidan o‘tib borarkan, ichkaridan taralayot-
gan kuy tovushlarini eshitib, to‘xtab qoldi.
Bolaning yuragi hapriqib ketdi. Uyi tarafga yugurdi. Bir
bo‘lak yog‘och parchasini topib, uni pichoq bilan yo‘ndi,
tekisladi... Nihoyat, shakli dutorga o‘xshagan bir nima yasadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |