2-topshiriq. Biror iltimos yoki o‘tinchingizni yozma shaklda bayon
qiling, undagi leksik va grammatik vositalarga e’tibor bering.
BILIB OLING.
Biror iltimos, so‘rov bilan muayyan
rasmiy shaxs yoki idoraga qilingan yozma murojaat ariza
deyiladi. Ariza so‘zining ma’nosi “iltimos, murojaat, bosh
urish” demakdir. Ariza ish qog‘ozlari orasida eng keng
tarqalgan hujjatdir.
ESDA SAQLANG.
Ariza matni o‘zining doimiy qo-
lipiga ega. Undagi so‘nggi gapning kesimi odatda so‘rayman,
iltimos qilaman kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi.
490-mashq.
Berilgan matnni o‘qing. Uning qanday qismlardan
tarkib topganligiga e’tibor bering.
Uchtepa tumanidagi 1-musiqa maktabining
direktori A.Qosimovga
shu tumandagi 19-umumta’lim maktabining
6-sinf o‘quvchisi R.Azizovdan
Ariza
Menga maktabingizdagi rubob sinfi mashg‘ulotlariga qat-
nashishimga ruxsat berishingizni so‘rayman.
(imzo)
R. Azizov
2017-yil 30-avgust
Do'stlaringiz bilan baham: |