18.3. O'zbekiston kimyo ilmiy-tadqiqot muassasalari
1932-yiida Respublikadagi ilmiy tadqiqotlami tartiblashtirish va
xalq xo'jaligi ehtiyojlariga yo'nal-
tirish maqsadida ilmiy kengash
tashkil etildi va 1940- yilda uning
negizida SSSR FA Toshkent filiali
ochildi. 1941-1945-yillarda sobiq
SSSR markaziy shaharlaridan 40
dan ortiq ilmiy muassasalaming
Toshkentga ko'chirilishi va ilmiv-
texnik tadqiqotlar hajmi keskin
oshishi mumosabati bilan 1943-yilning sentyabrida O 'zR FA tashkil
etildi va uning oldiga barcha ilmiy tadqiqotlami boshqarish vazifasi
512
qo'vildi,
O'zR FA Prezidentlari: Qoriniyoziy T.N. (1943-1947 yy.),
Sarimsoqov T.A. (1947-1952),Zohidov T.Z. (1952-1956), Abdullayev
X.M. (1956-1962), Oripov U.O. (1962-1966), Sodiqov O.S. (1966-
1984) Habibullayev P.K. (1984-1988), Salohitdinov M.S. (1988-
1994), Abdullayev J.A, ( 1994-1995.), Jo'rayev T.D. (1995-2000.),
Yuldashev B.S. (2000-2005), Aripov T.F. (2005-2006), 2006-yildan
hozirgacha Solihov Sh.I.
2013-yil 1-aprei holatiga ko'ra
O’zR FA tarkibidagi 34
muassasalarda 5200 xodim, shu jumiadan: 83 akademik, 370 fan
doktori va 900 fan nomzodi, 2070 ilmiy xodimlar va 200 doktorantlar
ilmiy faoliyat olib borishmoqda.
O'zR FA tarkibidagi kimyo ilmiy-tadqiqot institutlari tarixi va
ilmiy yutuqlari haqida qisqacha ma'lumotlar beramiz:
1. O'zR FA umumiy va anorganik kimyo instituti (1933-yil);
2. O'zR FA o'simlik moddalari kimyosi instituti (1956-yil);
3. O'zR FA biokimyo instituti (1957-yil);
4. O'zR FA bioorganik kimyo instituti (1979 yil);
5. O'zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (1979-yil);
O'zR FA umumiy va noorganik kimyo instituti (UNKI)
O'zbekistonda nazariy va amaliy kimyo fanining
shakllanishi va rivojlanishi 1933-yil iyul oyida O'rta
Osiyo davlat universiteti kimyo fakultetining negizida
tashkil
etilgan
umumiy
va
noorganik
kimyo
laboratoriyasi faoliyati bilan chambarclias bog’liq.
UNKI laboratoriyalari asosida keyingi yillarda O'simlik
moddalari kimyosi, Bioorganik kimyo, Polimerlar kimyosi va fizikasi,
O'zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil
etilgan. Bugungi kunda UNKI ko'p tarmoqli ilmiy muassasa bo'lib,
17 ilmiy laboratoriyaiar, ilmiy-tadqiqot va sertifikatlash markazlarida
3 akademik, 13 fan doktori, 32 fan nomzodi, 112 katta va kichik ilmiy
xodimlar faoliyat ko'rsatmoqda. 1991-2012-yillarda UNKI jamoasi
18 ta monografiya, 14 ta ilmiy asarlar to'plami, 1100 dan ziyod ilmiy
maqolalar va 4 ta darslik chop etgan, 117 ta O'zR patentlari olingan,
20 fan doktori va 75 fan nomzodlari tayyorlangan.
UNKI olimlari yaratgan mineral o 'g ’itlar olishning yangi
texnologiyaiari
“Samarqandkimyo”,
Navoiydagi
“Elektrokimyo
zavodi”, “Farg’onaazot” korxooa-larida samarali qo'llanilmoqda.
“Ekokimyobioservis” MCHJ qurilmalarida kam zaharli “Sadaf’
defolianti ishlab chiqarilmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash
korxonasidagi issiqlik almashinish uskunalari yuzalarini tozalash
uchun institutda yaratilgan preparat qo'llanilmoqda. Institut jamoasi
bugungi kunda
bir qator chet el olimlari bilan hamkorlikda
fundamental yo'nalishda
7 loyiha,
amaliyotga yo'naltirilgan 14
loyiha va 40 dan ortiq xo'jalik shartnomalari doirasida ilmiy-amaliy
tadqiqotlar olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |