Vladimir Sergeevich Gulevich
(1867-1933 yy.) biokimyogar,
mushaklardagi kamozin va kamitin tuzilishi va ta'sir mexanizmini
421
o'rgangan, Bu vitamin ini sintez qilgan, qiyosiy-tadrijiy biokimyo
yonalishining asoschilaridan biri bo'lgan,
Em il German Fisher
(1852-1919 yy.) — nemis
organik kimyogari, oqsillar polipeptid nazariyasining
asoschisi. U glynkoza sintezi, qand moddalari va
purin birikmalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlari uchun
1902-yilda Nobel muicofotini oldi. Otto Dlls, Adolf
Vindaus,
Frits
Pregl,
Otto
Varburg
kabi
mashhur biokimyogarlar ustozi.
Eduard Burner
(1860-1917) - nemis biokimyo-
gari, A.Bayer va K. Negeli shogirdi. 1897-1902 yy.
spirtlaming bijg'ish sababi modda ichidagi hayotiy
kuch emas, balki
fermentlaming ta'siri ekanligini
aniqlaydi. Zimaza fermentini ajratib oldi va uning
to'qimadan tashqarida ham faoliyat ko'rsatishini
aniqlab berganligi uchun, 1907-yiI Nobel mukofctiga
sazovor bo'lgan.
Otto Gertrix Varburg
(1883-1970 yy.) - nemis biokimyogari,
nafas olishni ta'minlovchi: sitoxromoksidaza, flavin-
lar degidrogenazasi kabi fermentlami kashf etgan,
piridin asosidagi nukleotidlarni toza holda ajratdi,
ulaming funksiyalari va tuzilishini o'rgandi. 1923-
yilda
O.Varburg
saraton
kasali
to'qimalarida
oksidlanish jarayoni
6
martagacha tezlashishini
isbotladi.
To'qimalardagi
oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarini mexanizmlarini o'rganish bo'yicha
tadqiqotlari uchun 1931-yilda tibbiyot va fiziologiya
sohasi bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori.
1920-1930-yillarda fermentlami o'rganish sohasida
AQSH
biokimyogarlari: Jeyms Samner 1926-yilda
ureaza
fermentini va Jon
Nortrop 1929-yilda
pepsin
va
tripsin
fermentlarini toza kristallar
ko'rinishida ajratib oldilar va biokimyoviy reaksiyalar mexanizmini
chuqurroq o'rganishga keng yo'l ochildi. J. Samner, J. Nortrop va
viruslami toza holda ajratib olib o'rgangan U.M. Stenliga (AQSH)
1946-yilda kimyo sohasi bo'yicha Nobel mukofoti beriidi.
422
4-hosqich.
1940-1950-yillarda biokimyoviy jarayonlami o’rga-
iiishda fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot
usullarini qo'llash, jonli
organizmlarda biokimyoviy jarayonlar borish mexanizmlarini komp
leks o'rganish biokimyo fanining yuqori saviyada turgan 4-bosqichiga
o'tishga olib keldi. Biokimyo rivojining 4-bosqichi asosiy kashfiyot-
lari bevosita DNK qo'sh spirali xossalarini va organizmdagi xusu
siyatlarini o'rganish bilan bog’liq. 1953-yil 25-aprelda Kembrij
universiteti Kavendish laboratoriyasi xodimlari
Jeyms
Uotson
va Frensis Kriklar DNK qo'sh spiral ko'rinishidagi modelini
“Nature”
jumalida chop etishdi. Bu modelni yaratishda ular London
Qirollik kolleji tibbiyot markazi xodimlari M. Uilkins, R. Gosling
va
R. Franklinlarning DNK strukturasini o'rganish bo'yicha
rentgenogrammalaridan foydalandilar. J.Uotson va F.Kriklammg bu
ilmiy maqolasi DNK yo'nalishi bo'yicha olib borilayotgan
tadqiqotlarga kuchli turtki bo'ldi va ushbu ilmiy yo'nalishda yana bir
qator tadqiqotlar amalga oshirildi.
1962 yil J.Uotson, F.Krik va
M.Uilkins Nobel mukofotiga tavsiya etildilar.
DNK qo'sh
Zararlangan
Yangi xromosoma
spirali
DNK ko'rinishi
hosil bo'lishi
112-rasm. DNK va xromosoma hosil bo’lishining ko’rinishi.
J.Uotson va F. Krik taklif etgan DNK qo'sh spiralli modeli
o'sha davr moiekulyar biologiya fanidagi bir qator noaniqliklar
sabablarini: biomolekulalar katta o'lchamga va massaga ega
ekanliklari, genetik axborotni saqlash va uzatish tartibini, replikatsiya
jarayonida genetik ma'lumotga mos ravishda strukturani aniq
423
qo'chirish va genlar strukturasini o'zgartirish imkoniyatlarini manti-
qan tushuntirishga imkon berdi.
Ingliz biokimyogari
Do'stlaringiz bilan baham: |