Mavzu: Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati
Mundarija
I. Tashqi savdo siyosati, uning maqsadi, instrumentlari 4
1. Tashqi savdo siyosati mazmuni va turlari 4
3. Tashqi savdo siyosati instrumentlari va harakteri 7
II. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati va uning iqtisodiy islohotlardagi o’rni 9
1. Tashqi savdo siyosatining iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi o’rni va uni tashkil qilishning huquqiy asoslari 9
2. O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosati holati tahlili va uning natijalari 11
Xulosa 23
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 24
Kirish
Mustaqil O’zbekiston makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yuqori o’sish sur’atlariga erishish, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida islohotlarni olib bormoqda. Bu siyosatning qanchalik to’g’ri va puxta tashkil qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kunini belgilab beradi. Iqtisodiy islohotlarda tashqi iqtisodiy siyosat muhim o’rin tutadi. Shu boisdan mamlakatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini o’rganish, uni atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki aynan samarali tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqib uni hayotga tadbiq qilish mamlakatimiz oldida turgan, hal qilinishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifalar hisoblanadi. Mavjud savdo siyosatini har tomonlama tahlil qilish, uning iqtisodiyotimiz uchun qay darajada mosligini tekshirish, tashqi faoliyatimizga to’siq bo’layotgan muammo va kamchiliklarni topish hamda ularni bartaraf qilish usullarini o’ylab topish zarurati tug’ilmoqda.Mamlakatimizning tashqi savdo siyosatini o’rganish, uni takomillashtirish yo’llarini qidirish, mamlakatimizning globallashuv jarayonida o’z iqtisodiy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda samarali siyosat yuritishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu masala iqtisodiy rivojlanishimizni belgilab beradigan, unga asos bo’lib xizmat qiladigan omil bo’lganligi sababli ham o’rganishga arzigulik hisoblanadi.
Ushbu kurs ishimiz ikki qismdan iborat bo’lib birinhchi qismda tashqi savdo siyosatining nazariy asoslarini ochib berishga harakat qildik. Bunda asosan butun dunyoda tan olingan savdo siyosatini tashkil qilish usullari, bu siyosatning makroiqtisodiy ahamiyati haqida atroflicha to’ztalib o’tdik. Kurs ishimizning ikkinchi qismida esa aynan mustaqillik yillarida mamlakatimiz tomonidan tanlangan tashqi savdo siyosati va uni makroiqtisodiy ahamiyati, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi rolini atroflicha yoritib berdik. Kurs ishimizdan asosiy maqsad biz tanlab olgan tashqi savdo siyosati mohiyatini anglab yetish, uni jahon tajribasi bilan solishtirish, uning o’tgan davr mobaynidagi natijalarini tahlil qilish, bu siyosatning takomillashtirilishi mumkin bo’lgan jihatlarini qidirib topishdan iboratdir,.shuningdek O”zbekiston Respublikasida tashqi faoliyatni olib borish muammolari va ularga yechimlar keltirib o’tishni asosiy maqsad qilib oldik.
Kurs ishini yozishda turli xil adabiyotlar, darsliklar, jahon banki va moliya tashkilotlarining statistikalari, internet resurslar, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tadqiqot markazlari izlanishlaridan foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |