Bog'liq O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO SIYOSATI
1.2 Tashqi savdo siyosatining maqsadi va makroiqtisodiy ahamiyati Tashqi savdo siyosatining qay darajada olib borilishi davlatning iqtisodiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Davlat tanlab olgan tashqi savdo siyosatining maqsadi va undan kelib chiquvchi makroiqtisodiy samaralari bo’ladi.
Aytaylik davlar tashqi savdo siyosatini erkinlashtirdi deylik, bundan asosiy maqsad nima? Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Tashqi savdo siyosatining liberallashtirilishi birinchi o’rinda davlatning tashqi savdo aylanmasini ko’paytiradi, davlatning globallashuv jarayonlarida qatnashuvini tezlashtiradi. Uning jahon bozoriga bog’liqlik darajasi ortadi
Bu davlatdagi samarasiz ishlayotgan, rentabelligi past bo’lgan sohalarning raqobat natijasida o’zgarishiga sabab bo’ladi:, ular ishlab chiqarishni effektiv yo’llarini qidiradilar yoki sohadan chiqib ketadilar. Shuningdek bu siyosat bilan milliy tovarlarning jahon bozorida qay darajada raqobatbardosh ekanligini bilib olishimiz mumkin
Mamlakatga investitsiyalar oqimini kuchaytiradi, chunki investorlar o’z mahsulotlarini eksport qilganda yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyoni import qilganda muammolarga kam duch keladilar
Agar davlat proteksionizm siyosatini olib borsa uning quyidagi maqsad va samaralarini ko’rishimiz mumkin:
Bu siyosatdan asosiy maqsad yangi sohalarni himoya qilish, jahon bozoriga qaram bo’lib qolmaslik, davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan stategik sohalarni asrashdir. Bundan tashqari milliy mentalitetni, madaniyatni va boshqa tartib qoidalarni qo’pol tarzda buzuvchi mahsulotlar importi qat’iy tarzda cheklanadi
Proteksionizm siyosati yuqoridagiga teskari tarzda investitsiyalar hamda import hajmini kamayishiga, shuningdek bu davlatga boshqa davlatlar tomonidan ham xuddi shunday tadbirlar qo’llanilishi natijasida eksport va ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiladi
Tariflardan tushadigan daromad davlat byudjetining bir qismi bo’lib aynan himoyalanayotgan sohalarning rivoji uchun yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga sarflanishi mumkin. Bu keyinchalik davlatda yangi sohalarning tez sur’atlar bilan o’sishiga hamda sekinlik bilan proteksionizm siyosati olib tashlanishiga zamin yaratishi mumkin
Proteksionizm siyosati dunyo miqiyosida ishlab chiqarish va iste’mol hajmini kamayishiga, resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin
Proteksionizm siyosati nafaqat import uchun balki eksport uchun ham ishlatiladi. Agar mamlakat ichkarisidagi mahsulotlarning narxlar darajasi uning jahon narxidan past bo’lsa, u holda mamlakatdan tovar va xizmatlarning chiqib ketishi kuzatilishi mumkin, buni oldini olish maqsadida eksportni turli vositalar orqali cheklanadi. Shuningdek davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar, kashfiyotlar, patentlarni tashqi bozorlarga chiqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi
Tashqi savdo siyosati natijasida to’lov balansi shakllanadi, shu sababli bu siyosatning asosiy makroiqtisodiy ahamiyatidan biri mamlakat oltin-valyuta zahiralarining shakllantirishi, mamlakat tashqi qarzining o’zgarishidan iboratdir.
Agar mamlakatda manfiy to’lov balansi kuzatilayotgan bo’lsa bunda davlat eksportga yo’naltirilgan, shuningdek importni o’rnini bosishga qaratilgan tashqi savdo siyosatini olib borishi mumkin.