Uchinchidan, eksport orqali mamlakatimizga valyuta kirib keladi, bu o’z navbatida yangi texnollogiyalarni sotib olish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini oshirishga imkon yaratadi;
To’rtinchidan, eksport qilish ichki ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, bu o’z navbatida yangi ish o’rinlarini yaratishga, shuningdek eksport sohasiga ko’maklashuvchi yangi sohalar paydo bo’lishiga, bir so’z bilan aytganda aholi bandligi va forovonligi oshishiga olib keladi
Mamlakatimizda eksportni rag’batlantirish bilan bir qatorda importni o’rnini bosuvchi sohalarni rivojlantirish siyosati olib borilmoqda. Bundan asosiy maqsad birinchi o’rinda jahon bozoriga qaram bo’lib qolmaslik, mamlakatdan katta miqdorda valyuta chiqib ketishini oldini olish, bu sohalarda aholi bandligini oshirish bu bilan esa barqaror iqtisodiy o’sishga erishishdan iboratdir. Importni o’rnini bosuvchi sohalar rivoji mamlakatda tashqi faktorlarga bog’liqlilik darajasini kamaytiradi, ayniqsa mustaqilliknig dastlabki yillarida O’zbekistonning ochiq tashqi siyosat olib borishi hattoki oziq-ovqat mahsulotlari (g’alla, guruch va hokazo) importini oshishiga olib keldi, bu bilan esa milliy iqtisodiyotimizga katta xavf tug’ildi, shu sababli keyinchalik bu mahsulotlarni o’zimizda yetishtirishni rag’batlantirish siyosati olib borildi. 1996-yilda don mustaqilligiga erishilgani so’zimizning isbotidir.
Tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan yana biri eksport qilinayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish, unda xom-ashyo o’rnini kamaytirishga qaratilgan. Hozirki kunda bu siyosatning naqadar to’g’ri bo’lganligi o’zini oqlamoqda, chunki ayni paytda davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi davomida xom-ashyo narxining pasayishi, bu bilan esa eksporti xom- ashyodan iborat bo’lgan mamlakatlar savdo balansiga salbiy ta’sir qilib, ularning tashqi qarzlari oshishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizda so’ngi yillarda qulay investitsion muhitning yaratilishi, infrastrukturaning yaxshilanishi, shuningdek tashqi faoliyatni olib borishga to’sqinlik qiluvchi to’siqlarning olib tashlanishi yoki yumshatilishi O’zbekistonning eksport salohiyatini oshishiga sabab bo’layotgan asosiy omillardir. Buni hisobga olgan holda so’ngi yillarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy zona tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi, bevosita ekport bilan shugu’llanuvchi sohalar rivoji uchun turli qulayliklar yaratildi, eksportga ko’maklashuvchi institutlar, uyushlamar tuzildi, tijorat bakllarining bu siyosatda faol qatnashishlari uchun zaruriy huquqiy asoslar yaratildi. Bu siyosatning eng asosiy ahamiyati makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasida eksport va import operatsiyalarini tashkil qilishning huquqiy asoslari sifatida bu operatsiyalarni tartibga solib turuvchi barcha qonunlar, president qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlatimizning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama shartnomalarini tushinishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatida ishtirok eruvchi va uni tartibga solib turuvchi asosiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
Mahsulotlarning yurtimizga kirib kelishi va yurtimizdan chiqib ketishi tartibi, ularni boshqarish, litsenziyalash hamda boshqa barcha ishlar qonunlar bilan o’rnatilgan tartibda tashkil qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoilyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |