Ishchi kitobni xotiraga saqlash. Ishchi kitobni xotiraga saqlash uchun Стандартной uskunalar panelining [Сохранить] tugmasi bosiladi. Yoki menyular satrining Файл bo`limining Сохранитьbuyrug`ini ishga tushirish yordamida ham amalga oshirish mumkin. Agar yangi ishchi kitobi birinchi marta xotiraga saqlanayotgan bo`lsa, u holda ekranda muloqat oya hosil bo`ladi. Bu muloqat oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имяфайлаsatrida esa ish kitobining nomi yozilib, oynaning Сохранитьtugmasi bosiladi.
Bir ish kitobida ikkinchisiga tez o`tish. Bir necha ish kitobi bilan ishlayotganda, bir ish kitobidan ikkichi ish kitobiga o`tish to`g`ri kelib qoladi. Buni amalga oshirish uchun klaviaturadan Ctrl+F6 tugmalar kombinatsiyasini bosish kifoya. Yoki menyular satrining Окноbo`limidan kerakli ish kitobining nomini tanlash kerak. Bu bo`limning buyruqlari yordamida quyidagi amallarni ham bajarish mumkin:
Новое окно - tahrirlanayotgan joriy ish kitobi uchun yangi oyana ochish. Bu bir vaqtning o`zida joriy hujjatning bir necha qismlari bilan ishlash imkonini beradi;
Расположить – joriy vaqtda ishlatilayotgan barcha ish kitoblarini tartib bilan ekranda hosil qilish;
Скрыть – oyanani yashirish (bunad ish kitobi yopilmaydi);
Отобразить - yashirilgan oyanlarni hosil qilish;
Разделить– ish kitobini ikki qismga bo`lish, bu ish kitobining turli qismlarini tahrirlashga yordam beradi. Ish tugallangandan so`ng Снять разделение buyrug`ini ishga tushirib ajratish bekor qilish mumkin;
Bir ish kitobidan boshqasi o`tishni masalalar panelida joylashgan ularning piktogarmmalari ishga trushurish bilan ham amalaga oshirish mumkin.
Ish kitobini boshqa nom bilan xotiraga saqlash.
Agar tahrir qilinayotgan hujjatni boshqa nom bilan xotiraga saqlashga to`g`ri kelsa, ya’ni joriy ish kitobining nusxasini tashkil qilish kerak bo`lsa. Bu hollar qachon kerak bo`lishi mumkin, agar joriy hujjatning bir necha variantlari kerak bo`lsa yoki shu hujjat asosida boshqa hujjat tashkil qilish kerak va mavjuda hujjatni asl xotirada saqlanishi kerak bo`lsa va h.k. U holda menyular satrining Файл bo`limidan Сохранить как buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi, bu oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имяфайлаsatrida esa ish kitobining yangi nomi yozilib, oynaning Сохранитьtugmasi bosiladi. Xotiraga saqlanishda asl hujjat yo`qolmaydi. U kerak bo`lsa, uni ishga tushirib ishni davom ettirish mumkin.