Shrift o`lchamini o`zgartirish. Xuddi shu yo`l bilan shrift o`lchamini o`zgartirish mumkin.Lekin buning uchun Форматирование uskunalar panelidan ochiluvchi [Размер] ro`yxatida joylashgan biror o`lcham tanlanadi. Yoki menyular satridan Форматbo`limining Шрифтbuyrug`ini ishga tushurilib, hosil bo`lgan muloqat oynaning [Размер] satridan kerakli o`lcham tanlanadi.
Tekislash. Kataklarda joylashgan ma’lumotlarni katakning chapida, o`ngida va markazida joylashtirish mumkin. Odatda Excel dasturida sonlar katakning o`ng cheti bo`yicha, matnlar esa chap cheti bo`yicha tekislanadi. Bunday holatni o`zgartirish ham mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratiladi va Форматирование uskunalar panelida joylashgan quyidagi tugmalardan keraklisi:
[По левому краю] – katakdagi berilganlarni katakning chap cheti bo`yicha tekislash;
[По центру] – katakdagi berilganlarni katakning markaziga joylash;
[По правому краю] – katakdagi berilganlarni katakning o`ng cheti bo`yicha tekislash.
Bundan tashqari, matnni yoki ma’lumotni bir necha katalarning markaziga joylash ham mumkin.Shu yo`l bilan jadvalning sarlavhasini hosil qilish mumkin.Buning uchun kerakli kataklar ajratilib Форматированиеuskunalar panelidagi [Объединить и поместить в центре] tugmasi bosiladi.
Jadvalda ajratish chiziqlarini qo`yish. Odatda jadvalda ajratish chiziqlari bo`lmaydi (katak chegaralari). Jadvalni qulay va o`qishga oson qilish uchun bu chegaralarni, ya’ni ramkalar qo`yish lozim. Buning uchun Форматированиеuskunalar panelidan [Границы] tugmasidan foydalaniladi. Bu tugma bosilganda, unda 12 ta piktogramma hosil bo`ladi. Belgilangan katak yoki kataklar guruhini “ramka” ga olish (chegaralash) uchun mos piktogrammani bosish lozim.
Satr, ustun va kataklar qo`yish va ularni yo`qotish. Ba’zan jadvallarni tahrirlashda, unga qo`shimcha katak, satr va ustunlar o`yishga to`g`ri keladi. Qo`shimcha katak qo`yish uchun, jadvalning kerakli qismiga kursor joylashtirilib, menyular satrining Вставкаbo`limidan Ячейки buyrug`idan foydalaniladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi. Bu oynada katakni qaysi tomonga siljitishni tanlash lozim (Ячейки со сдвигом вправо – o`ngga siljitish yoki Ячейки со сдвигом вниз – quyiga siljitish).
Agar bu muloqat oyananing Строку yoki Столбец buyruqlaridan biri tanlansa, u holda alohida katak o`rniga mos holda qo`shimcha satr va ustun qo`yiladi. Jadvalga qo`shimcha ustun yoki satr qoyishning yana bir usuli menyular satridan Вставка bo`limining mos holda Столбцы yoki Строки buyruqlaridan birini tanlash etarli. Bundan tashqari kontekst menyuning Добавитьячейкиbuyrug`idan foydalanib jadvalga qo`shimcha katak, satr yoki ustun qo`yish ham mumkin.