Familiyasi, ismi
|
Bo’yi (sm)
|
Og’irl.(kg)
|
Ko’z rangi
|
Saidova Shaxlo
|
168
|
74
|
Ko’k
|
Kompyuterda aksariyat xollarda matnli fayllar (tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Turlixat, referat, she’rvax.k)ni yaratishda foydalaniladi foydalanuvchining tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn faylichi daturli xil sonly belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvali, kartotekali varaqalari, telefon nomerlari va boshqa ma’lumotlarini jamlovchi ombor sifatida foydalanish mumkin. Bunday omborlar axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o’zi belgilaydi.
Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko’rib chiqaylik. Masalan, O’zbekistonda tug’ilgan va fundamental fanlar (fizika, matematika biologiya kimyo va x. k.) soxasida faoliyat ko’rsatayotgan yirik mutaxasislarning “Fanlar ekspertlari ombori“ deb nomlanadigan kartatekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartatekadan foydalanish ancha qulay.
Xar bir olim (ombor atamasida - ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to’ldiradi. Xar bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan NA-ekspertining famiyasi, ismi, sharifi, DA-uy manzili, ED -ma’lumoti, FT - chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashga ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.
Operator xar bir anketani matnli faylga kiritadi .
Masalan:
NA-Soxibov Anvar Tuychievich
DA- 700019, Toshkent shaxar G’.Gulom kuchasi 34 uy
ED-oliy
FT -1998 yilda Angliyaga borgan.
Eng asosiysi shundaki Ma’lumotlar omborini yaratishdan maqsad xosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko’ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan, ixtiyoriy belgilariga ko’ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.
Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko’rinishdagi ma’lumotlar qulay xisoblanadi. Komputerning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni “tanitdi”. Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File) bo’lgan fayllardir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi (MOBT).
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning qo’yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan kat’i nazar unga qulay ko’rinishda javob berish;
ma’lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish;
ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati;
ma’lumotlarni ximoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi;
ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.
Komputerda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z kundalik turmushida ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Turli kasb egalari o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi. Odatda, xar qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli etarlidir, chunki foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo’lgan barcha axborot raqamlar yoki so’zlardan iborat bo’ladi.
Ma’lumotlarning turlari: Belgili ma’lumot, sonli ma’lumot, mantiqiy ma’lumotlar (Masalan, “lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa uchirilgan” (FALCE).
Ma’lumotlarni uch xil kurinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokli va relyasion (jadvalli).
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda “ko’rib” chiqiladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik modeliga xos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi.
Qo’yidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |