TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASH Reja: - Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
- Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.
- Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo’llari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik qilish yo’li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o’zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o’zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat.
Jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizlgini ta’minlash uchun quyidagilarni amalgam oshirish loim bo’ladi:
-eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko’rish lozim bo’ladi;
-mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish, ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injenering, lizingni rivojlantirish;
-chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o’zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo tartiblariga erishish;
-mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va Kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko’maklashish;
-kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo’ladigan o’zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo’lib xizmat qiladi. Bu normalar, o’z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehgnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo’nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi.
Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona poshlina (to’lov)lari, yig’imlari, qo’shilga qiymat solig’i, aksizlaridan iborat.
Huquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o’rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o’tib turishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy kapitalning kirib kelishi O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo’jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o’rinlarini yaratishga imkon beradi.
Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital evaziga olish mumkin bo’lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o’z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega:
davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o’z ulushini qo’yishi, ya’ni qo’shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish;
mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni xarid etish;
mustaqil yoki milliy xo’jalik subyektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat obkyektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish.
Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti-harakatlar sodir etilishi mumkin.
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish
rivojlanish strategiyasini shakllantirish, xalqaro marketingni yo’lga qo’yish
tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, xalqaro savdoni tartibga solish va qo’llab quvvatlash
xalqaro savdoni moliyalashtirish va infratuzilmani shakllantirish
malakali kadrlarni tayyorlash
Foydalanilgan adabiyotlar : * arxiv.uz internet tarmog’i * ABDURAHMONOV Q.X.”Mehnat iqtisodiyoti” (Darslik) T-2009. * www.ziyonet.uz E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |