TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA MARKETING
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing: asosiy holatlar.
2.Marketing tushunchasi va mohiyati.
3.Xalqaro marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari.
Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga aylanib, turli xil davlat
strukturalarining
siyosiy
integratsiyasi
intensivlik
bo‘yicha
iqtisodiy
integratsiyadan ortda bormoqda.
Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish jarayoni juda xos bo‘lib, ayrim
mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o‘rtasida ob'ektiv, barqaror tijorat
munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan jahon hamjamiyati iqtisodiy
jarayonlarni
baynalminallashtirish
tendensiyasini
kuchaytiradi,
ishlab
chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasiga ko‘maklashadi, savdo va
ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari bilan almashinishga xizmat qiladi. Bu jarayon
sotuv bozorini kengaytirishning barcha omillarini hisobga olish, xalqaro tijorat-
xo‘jalik aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro
auksion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va
nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda
faoliyat ko‘rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo‘linmalaridan
foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi.
Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish
bo‘yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing zaruratini yuzaga
keltiradi. Bu yerda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab
chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular
sho‘ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv,
resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan
tavsiflanadi.
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan
– ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi,
xalqaro
bozor
tadqiqotlari
va
prognozlash
asosida
muayyan
xorijiy
iste'molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish
uchun xizmat ko‘rsatishdan unumli foydalanish zarur.
O‘zbekistonda bozor munoasabatlarining rivojlanishi va u bilan bog‘liq
bo‘lgan ko‘plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o‘zgarishlar tobora o‘z
mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan
tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilolarining paydo bo‘lishi,
mamlakatimizdagi xo‘jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb
etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug‘urta
kompaniyalarining
ishlab
chiqarish,
sotuv
va
boshqaruv
faoliyatini
muvofiqlashtirish sohasida xalqaro marketing funksiyalari va usullarini yaxshi
bilishni talab qiladi.
Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati. Tashqi iqtisodiy faoliyatda
marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib
bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat
xalqaro marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o‘tgan asrning 60-
yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va
turli mamlakatlarda tovar iste'mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab
bo‘ldi. Xalqaro marketing sohasida yevropa marketing jamiyati (yeSOMAR),
Xalqaro marketing federatsiyasi (IFM), shuningdek, ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan
Amerika marketing assotsiatsiyasi (American Marketing Association –AMA) kabi
xalqaro tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro marketing ko‘pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar
va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq
mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan
amalga oshiriluvchi
marketing
sifatida ta'riflanadi.
Xalqaro
marketing
konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo‘nalishlari tovar va xizmatlar
jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo‘lmaydi va xalqaro
mehnat taqsimotining boshqa hyech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet
eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy
qismlar, nou-xauni iste'mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u yetkazib
beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport
qilinadi.
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo‘shma korxona shaklida
xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.
Korxonalarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishiga quyidagilar
sabab bo‘ladi:
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laroqfoydalanishga intilish;
eksport hisobiga ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash uchun o‘z
moliyaviy ahvolini yaxshilash;
mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo‘lishga intilish;
mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lishni ta'minlash;
chet el valyutasini olish imkoniyati;
xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo‘lishini ta'minlash;
chet eldan qimmatli nou-xaularni olish.
Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o‘z motivlarini aniqlash
korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga
turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro‘yxatini ishlab
chiqish va taqsimlash korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish
shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi.
Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro
marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
sotuvni kengaytirish;
resurslarni sotib olish;
ta'minot manbalarini diversifikatsiyalash.
Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok
etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina
kompaniyalarning
milliy
sotuv
bozorlarini
kengaytirishga
qaratilgan
hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni
baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham
xarakterlidir. Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda aks ettirish
mumkin:
1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan
tavsiflanadi.
2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang‘ich bosqichi chet ellik diler va
agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan
aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan
avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan
tavsiflanadi.
4-bosqich. O‘sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo‘lmagan mamlakatlarda
joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo‘lishini nazarja tutadi.
5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko‘p millatli bosqichi 6 dan ortiq
mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi (mazkur
bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir).
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tovar va xizmatlarning
jahon xarakteri ko‘zga tashlanib turibdi. Biroq axborot texnologiyalari va
telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan deyarli barcha bozorlar global
bozorga aylanmoqda. Mamlakatlar o‘z hududlari bilan cheklanib qolmay,
birgalikda jahon bozori segmentlarini tashkil etmoqda. Iqtisodiy agentlar endi faqat
sotuvchi, xaridor yoki savdo vositachisi sifatidagina ishtirok eta olmaydilar. O‘zaro
aloqalar omili xalqaro marketingning muhim jihatlaridan biriga aylanib bormoqda.
«Ichki» (mamlakatning ichki bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi) va xalqaro marketing
o‘rtasida katta farq mavjud emas. Ikkala holda ham marketing faoliyatining bir xil
tamoyillari qo‘llanadi. Shu bilan birga, tashqi bozorlarning faoliyat ko‘rsatishi va
ularda ishlar sharoitlari yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos xususiyatlar xalqaro
marketingga alohida e'tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlarni baxsh etadi.
Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi
vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul
qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni
belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-
xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu
bozorda iste'molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi
yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste'molchilarni
qanday topish va ularga o‘z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga
importchi yoki eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali
hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot yetkazish kerakmi
yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo‘yilgan maqsadlarga
erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish
zarur? Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval korxona
o‘zining xalqaro marketing konsepsiyasining hyech bo‘lmasa umumiy qoidalarini
ishlab chiqishi lozim.
Xalqaro marketing muhiti O‘z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma
xalqaro marketing muhiti xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. Eng muhim
o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – xalqaro savdoning jadal
suratlar bilan o‘sishi, chet elda kapital joylashtirishning o‘sishi;
xalqaro moliya tizimining shakllanishi;
turli mamlakatlarda talab shartlari va iste'mol xususiyatlarini tenglashtirish
tendensiyasining o‘sishi;
jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga
import qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko‘rsatkichlariga
bo‘lgan talabining o‘sishi sababli tashqi bozorga yetkazib beriluvchi tovarlar
sifatida sezilarli o‘zgarishlarning yuz berishi;
XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik
bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish.
Xalqaro marketing muhitini o‘rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi,
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini
o‘rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog‘liq
masalalarni hal qilishni o‘z ichiga kiritadi. Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha
mamlakatlari tashqi savdosi yig‘indisini aks ettiradi – u mamlakatlar o‘rtasidagi
savdo bo‘lib, tovar va xizmatlar importi va eksportidan iborat bo‘ladi.
Mamlakatning tashqi savdosini davlat tartibga solib boradi. Bunda har bir
mamlakat o‘ziga xos tashqi savdo siyosatini yuritadi. Buning uchun tarifli va
notarif tartibga solish vositalaridan foydalaniladi. Masalan, import 7 boji muayyan
mamlakatga nisbatan qaysi tarif qo‘llanishiga (masalan, Kanadada AQSh bilan
savdoda maxsus tariflarning olti xil turi mavjud) bog‘liq bo‘ladi. Boshqa
mamlakatlarda mahsulotni sotishni tashkil etishda firma turli xil cheklovlarga duch
kelishi mumkinligi sababli xalqaro marketing muhitini sinchiklab o‘rganish zarur.
Davlatning tashqi savdo strategiyasining to‘rt turini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
izolyasiya strategiyasi (siyosiy va mafkuraviy qoida-jihatlarga asoslanadi);
proteksionizm strategiyasi (o‘z tovar va xizmatlar bozorini himoya qilishga
asoslanadi);
erkin savdo strategiyasi (tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirishga
asoslanadi);
defitsitli bozorni himoya qilish yoki «teskari proteksionizm» strategiyasi
(defitsit bozorni to‘ldirishga asoslanadi).
Davlatning tashqi savdo siyosati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, jug‘rofiy,
madaniy va boshqa xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing: asosiy holatlar?
2.Marketing tushunchasi va mohiyati?
3.Xalqaro marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari?
4.Tovar va xizmatlarning jahon bozorida raqobat?
5.Tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi?
6. Xalqaro marketing rivojlantirish yo‘nalishlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |