Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha Milliy hamkorlik tashkiloti (YUNIDO). U 1966 yilda tashkil etilgan. YUNIDO rivojlanayotgan mamlakatlarni sanoatlashtiradi va ularning bu taraqqiyot yo‘liga milliy va xalqaro resurslarni safarbar etadi.
Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi (PROON) rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy iqtisodiy sektoriga texnik va investitsiya yordami ko‘rsatadi. PROON 1965 yilda tashkil etildi. U ixtiyoriy badallar va faqat hukumatning aralashuvi va iltimosiga ko‘ra tushadigan mablag‘lar bilan moliyalashtiriladi.
BMTning savdo-sotiq va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO). U hukumat tashkilotlari o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi borasidagi mehnat masalalari bilan ta’minlashda yagona va jamoa mehnati munosabatini muvofiqlashtirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo-sotik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taraqqiyotiga ko‘maklashish, mutaxassislar tayyorlash va talab-takliflarni ishlash FAOning asosiy faoliyatlaridan sanaladi.
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) 1947 yilda tashkil etilgan.Uning faoliyati urushdan keyingi Yevropaning iqtisodiy yuksalishiga ko‘maklashishdan iborat.
Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi (EKA, EKLAK) uchun iqtisodiy komissiya, Osiyo va Tinch okeani (ESKATO) uchun va Parij klubi (1956) uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya va boshqalar.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari o‘rtasida Xalqaro hisob banki (XHB) alohida o‘rin egallaydi. XHB ikkita funksiyani bajaradi:
markaziy banklar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashish va xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Xalqaro hisob ishlarida ishonchli shaxs yoki anketalar rolini bajarish;
XHB aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Halqaro valyuta fondi XVF, 1992 yil 21 sentyabr) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) a’zosi. Bu nufuzli moliya tashqilotlariga ochilgan yo‘l respublikamiz iqtisodiyoti taraqqiyoti va bu boradagi islohatlarni jadallashtirish uchun katta imkoniyat yaratdi. Bu hamkorlik O‘zbekiston uchun valyuta va moliya sohasida yangi tajribalarni o‘zlashtirish imkonini ham berdi.
O‘zbekistonda XVF faoliyati respublika Markaziy banki va hukumatning texnik va konsultativ xizmatlarini yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan. XVF mamlakatlar bank tizimlari taraqqiyotiga statistik ma’lumotlarni yengillashtirish, bank faoliyati nazoratlarini takomillashtirish, moliya tizimida kadrlarni o‘qitish, me’yoriy-huquqiy aktlar ishlanmasini tayyorlash kabi yumushlarda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston uchun MBRR va xalqaro tiklanish uyushmasi (MAR) bilan hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon banki (JB). O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil sentyabr oyida Jahon bankiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirdi. Bugun O‘zbekistonda Jahon bankining moliyaviy institut guruhlari hamda xorij investitsiyalari kafolati bo‘yicha ko‘p yoklama agentlik va xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.
Jahon bankining hamkorlik strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarda belgilab berilgan:
valyuta va savdo tartibini erkinlashtirish sohasida istiqbollarni amalga oshirish uchun tahlilni, siyosiy va institutsion negizlarni tayyorlashga ko‘maklashish;
xususiy sarmoyalar uchun yanada maqbul investitsion muhitni yaratishga ko‘maklashish;
mamlakatning kengaytirilgan drenaj va irrigatsiya infratuzilmasi saqlanishiga ko‘maklashish va uning samaradorligini yaxshilash.
Islom taraqqiyot banki (ITB). O‘zbekiston Respublikasi 2003 yil 27 avgustda ITB ga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMM). 1993 yil oktyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro moliyaviy korporatsiyaga (XMK) a’zo bo‘lib kirdi. XMK ning O‘zbekistondagi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish;
sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmatning barcha tarmoqlarini moliyalashtirish .
Osiyo taraqqiyot banki (OTB). O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 29 iyuldan boshlab OTB bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
O‘zbekistonda OTB moliyalash strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston BMTning va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE) ning tenghuquqli a’zosi. Ularning byurosi Toshkentda ochilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) ga 1992 yil 30 apreldan a’zo. 1993 yildan esa YETTB loyihasi qatoridan joy olgan. YETTBning O‘zbekistonga berayotgan moliyaviy va texnikaviy yordami ustivor sohalar-moliya, ma’danli xomashyo konlarini o‘zlashtirish va ularni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash, energetika majmuasi, agrobiznes, paxtani qayta ishlash, sayyohlik, transport va aloqa tarmoqlariga sarflanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonga jami summasi 550 mln. dollar, YETTB ulushi esa 250 mln. dollar bo‘lgan undan ziyod yirik loyihalar kiritilgan. O‘zbekistonning integratsion taraqqiyoti dinamikasi jahon iqtisodiyotiga jadallik bilan kirib bormoqda.