13-MAVZU. XALQARO IQTISODIY VA VALYUTA-MOLIYAVIY TASHKILOTLARI
1.BMT tizimida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
2.Xalqaro valyuta fondi.
3.Jahon banki guruhlari.
4.Xalqaro tashkilotlarning boshqa turlari va formalari.
Xalqaro valyuta fondi (XVF). Xalqaro valyuta fondi 1944 yil iyulida AQSH ning Bretton-Vudse shahrida o‘tkazilgan BMT ning konferensiyasida tashkil etilgan. XVF ning nizomi esa 1945 yil dekabrda 29 ta mamlakat imzosi bilan tasdiqlangan. U 1947 yil mart oyida faoliyat boshladi va bosh binosi Vashingtondan joy oldi.
Bu davrda XVF ning asosiy yo‘nalishi (Nizom bo‘yicha) quyidagilardan iborat edi:
Xalqaro valyuta hamkorligiga ko‘maklashish, dunyo savdo taraqqiyotiga yordam berish;
valyuta kurslarini boshqarish;
to‘lovlarning ko‘p xilli tizimining amal qilinishiga ko‘maklashish;
valyuta cheklovlaridan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish.
XVF ga a’zo mamlakatlarning xorijiy valyutadan foydalangan chog‘ida to‘lov balanslarning har bir kvotalar uchun to‘lagan a’zolik badallari tashkil etadi. Kvotalar o‘lchami esa mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyoti darajasini (YAIM hajmida) hamda ularning jahon xo‘jaligi va xalqaro savdodagi rolini belgilaydi.
A’zolik badallar-kvota ovozlari soni va hajmi XVF organida rahbarlik qilish o‘rnini belgilaydi. Ayni vaqtda AQSH ning XVF kapitalidagi ulushi-17,7 % ni tashkil etadi va shu bois u shu organga rahbarlik qiladi. Germaniya va Yaponiya ulushi – 5,5 % dan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariniki esa – 26 % dan ziyod. Bu fondda O‘zbekiston ulushi qariyb 296 mln. dollarini tashkil etadi.
XVF yuqori rahbarlik organi barcha a’zo davlatlarning moliya vazirlari yoki markaziy banklari rahbarlaridan tarkib topgan maslahat boshqaruvchilaridir. XVF–dunyodagi eng yirik kreditor tashkilot bo‘lib hisoblanadi. Hozirda u dunyodagi mavjud 200 dan ortiq mamlakatlarga kreditlar, ko‘maklashuvchi mablag‘lar ajratadi.
XVF kreditlari asosan mamlakatlarning chet el valyutalaridan foydalanganlarida to‘lov balanslarini barqaror holda turishi uchun beriladi. Kreditni olish uchun mamlakat avvalo o‘z hududida siyosiy va iqtisodiy qulay sharoitlarni saqlashi talab etiladi. XVF hozirda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
xalqaro valyuta tizimini nazoratga olishni;
valyuta kurslarini barqarorligi va fondga a’zo mamlakatlarning valyuta munosabatlarini tartibga solishni;
o‘zining barcha a’zolariga ko‘maklashishni, to‘lov balanslari borasida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni, ularga qisqa va uzoq muddatli kreditlar berishni;
a’zo mamlakatlaridan valyuta zahiralarini to‘ldirishni va SDR ni taqsimlashni;
kvotalar badali hisobidan o‘zining moliyaviy resursini tashkil etishni.
Ayni paytda XVF oldida bir qator operativ masalalarni hal etish muammosi ko‘ndalang turibdi. Chunki xalqaro valyuta fondi - bu valyuta–moliya munosabatlari sohasida ancha obro‘li xalqaro tashkilot sanaladi.
Jahon banki (JB). Jahon banki XVF dan tashqari xalqaro valyuta-moliya munosabatlarida asosiy boshqaruvchi institutlardan biri sanaladi. U bir necha moliyaviy tashkilotlardan tashkil topgan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki MBRR-XTTB);
XTTB ning 1945 yilda tashkil etilgan uchta filiali;
1956 yilda tuzilgan xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU; 1960 yilda tashkil etilgan);
1988 yilda asos solingan Investitsiyalarni kafolatlash Xalqaro agentligi (IKXA);
shuningdek, MBRR- XTTB ning Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropadagi kontinental filiallari. Vashington sh.- Jahon bankining shtab-kvartirasi.
Jahon banki tizimida ya’ni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) asosiy tashkiliy qismi hisoblanadi. MBRR a’zosi-xalqaro valyuta fondiga a’zo bo‘lgan mamlakat hamdir. MBRR ni boshqaruvchi yuqori-maslahat rahbariyati va direktoratdir. Uni AQSH hukumati – MBRR prezidenti boshqardi.
MBRRda ham XVF dagi singari kvotalar ovozi – a’zolik badallari muhim rol o‘ynaydi. Faqat farqi shundaki, MBRR a’zo mamlakatlar badallaridan tashqari xususiy kompaniyalar, turli moliya uyushmalari, jamoat va hukumat tashkilotlarining obligatsiyalari vositalarini ham qabul qiladi. Bu nufuzli bankda AQSH bilan birga, «kuchli yettilik» - Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Italiya liderlik qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki XVF singari BMTning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. U mustaqil moliya tashkilotidir. Bu o‘zida xususiy maxsus yo‘nalish va vazifalarni bajarishni aks ettiradi.
MBRRning asosiy faoliyati-davlat kafolati bilan hukumatlarga uzoq muddatli kreditlar ajratish va bankka a’zo mamlakatlarning xususiy kompaniyalariga muddatli qarz berishdan iborat.
Jahon savdosi faoliyatidagi xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi boshqaruvni Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim (GATT) tartibga soladi. U 1948 yilda tashkil etilgan. Dastlab unga 23 ta davlat a’zo edi. 1949 yildan 1995 yilgacha GAAT dunyodagi savdo qoidalarini joriy etuvchi, siyosiy savdoni tashkil etuvchi va unga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib turuvchi yagona xalqaro targ‘ibot organi hisoblanadi.
GAATning asosiy faoliyat shakli esa raund deb nomlanuvchi konsultatsiyalar berish, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish yo‘nalishidir. GAAT faoliyat boshlagandan buyon sakkizta raundni o‘tadi. Shulardan eng so‘nggisi 1986 yilda amalga oshirilgan Urugvay raundidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |