§ 2.2. Xalqaro savdoning klassik nazariyalari Merkantilistik nazariya
Oʻrta asrlar feodalizmining taraqqiyoti davrida dengiz sayyohchili- gi yutuqlariga asoslangan buyuk geografik kashfiyotlar yangi qifalarga borish imkoniyatini berdi. G‘arbiy yarimsharda topilgan oltin, undan pul sifatida foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Milliy davlatlar mustahkamlana bordi, ularning eng kuchlilari esa kuchsizlarini bosib olib o‘zlarining koloniyalariga aylantirdi va o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish uchun kurash olib bordi. Shaharlar iqtisodiy markazlar sifatida yana ham muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi.
San’atdagi Uyg'onish davri ta'lim sohasida ham sifat jihatdan yangi pog‘onaga sakrashga olib keldi. Ana shunday tarixiy vaziyatda o‘z-o‘zini ta’minlashga qaratilgan feodal nazariyalar doirasidan chetga chiqa oladigan va yangi xo'jalik tizimi doirasida tovaming ahamiyatini asoslab beradigan hamda milliy davlatlarning xorijga ekspansiyalarini amalga oshirishi zarurligini isbotlab bemvchi iqtisodiy nazariyaga ehtiyoj tug‘ildi. Merkantilizm ana shunday nazariyaga aylandi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yo‘nalishi bo‘lib, u yev- ropalik olimlar (Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656- 1714) Jan Baptist Colbert (1619-1683), Sir Uilyam Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chiqilgan. Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg‘u berishgan.
Merkantilistlar nuqtayi nazariga ko‘ra, dunyo cheklangan miqdor- dagi boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fa- qatgina boshqa mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning ko‘payishi qayta taqsimlanish orqali mumkin boTganligi bois, har bir mamlakatga kuchli iqtisodiyotdan tashqari armiya, harbiy va savdo flotini o‘z ichiga olgan kuchli «davlat mashinasi» ham kerakki, u mamlakatning boshqa mamlakatlardan ustunligini ta’minlay olsin.
Merkantilistlar iqtisodiy tizimni uch tarmoqdan - ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va xorijiy koloniyalardan tashkil topgan deb hisoblashadi. Savdogarlarga iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur boTgan eng muhim guruh, mehnatga esa asosiy ishlab chiqarish omili sifatida qaralgan.
Mamlakat boyligini bu mamlakatda mavjud boTgan oltin va ku- mush miqdori bilan bogTagan holda, tashqi savdoning merkantilistik maktabi namoyandalari milliy mavqeni mustahkamlash uchun davlat quyidagilami amalga oshirishi kerak deb hisoblaydi:
• ijobiy savdo balansini ushlab turish — tovarlami mamlakatga olib kirishga nisbatan ulami chetga ko‘proq olib chiqish, zero bu mamlakatga oltin kirib kelishini ta’minlaydi? bu esa, o6z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikni oshiradi;
ijobiy savdo qoldig'ini ta’minlash maqsadida eksportni ko‘payti- rish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tariflar, kvotalar va savdo siyosatining boshqa dastaklari yordamida tartibga solish;
chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki taqiq- lash, mamlakatda qazib olinmaydigan xomashyolami chetdan boj- larsiz import qilishga ruxsat berish, bu oltin zaxiralarini jamlash va tayyor mahsulotlarning eksport narxlarini past darajada ushlab turish imkoniyatini beradi;
koloniyalarning metropoliyadan tashqari barcha boshqa mam- lakatlar bilan har qanday savdosini taqiqlash, faqat metropoliyagina koloniyalarda ishlab chiqarilgan tovarlami xorijga sotishi mumkin, shu bilan birgalikda koloniyalarda tayyor tovarlar ishlab chiqarishni taqiqlash orqali ulami metropoliya uchun xomashyo yetkazib bemv- chiga aylantirish.
Merkantilistik qarashlar iqtisodiy tizim to‘la boimagan bandlik sharoitida faoliyat olib borayotganlardan kelib chiqadi, buning natija- sida esa chetdan kirib kelgan qo‘shimcha oltin ortiqcha ishchi kuchi bilan birlashishi va ishlab chiqarishni ko‘paytirishi mumkin. Aks holda esa, ya’ni tupik bandlik nazarda tutilsa, chetdan oltin kirib kelishi inflyatsiyani o‘sishiga olib keladi, bu esa ushbu oltinlardan samarali foydalanish imkoniyatini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |